• I. Nizomni o’rganish
  • II. Musobaqa o’tkazuvchi tashkilot bilan ishlash
  • Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




    Download 24,48 Mb.
    bet140/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    8.2. MUSOBAQALARGA TAYYORLANISH


    Kotibiyatning musobaqalarga qadar bajaradigan ishlari
    Tayyorgarlik davrida (musobaqalar boshlanguniga qadar) Bosh kotib katta ishlarni amalga oshirishi kerakki, ular musobaqa jarayonida yuz berishi mumkin bo’lgan qator anglashilmovchilik va xatolarning oldini oladi.


    I. Nizomni o’rganish
    1. Musobaqalar dasturi, jamoalar tarkibini, kotibiyatning miqdoriy tarkibi (s) hamda blanklar, qog’oz va boshqa moddiy ta’minot ashyolarining zarur miqdorini aniqlash uchun jamoaviy hisob turlarini tahlil qilish.
    2. Nizomning quyidagilarga nisbatan turlicha talqin etilishi mumkin bo’lgan bandlarini aniqlash:
    - jamoalar joyini belgilash tartibi;
    - ishtirokchilarning navbatdagi musobaqa davrasiga o’tishi tartibi;
    - ishtirokchilarning shaxsiy joylarini belgilash tartibi;
    - parallel hisob imkoniyatlari;
    - ishtirokchilarni joylarga, seriyalarga taqsimlash yo’li;
    - shaxsiy birinchilik va v/k ga qo’yish;
    - qur’a tashlash yo’li va h.k.
    Mazkur masalalar bo’yicha qabul qilingan qarorlar va kiritilgan aniqliklar jamoa vakillariga etkazilishi shart.
    3. Nizomda texnik tur bo’yicha malakaviy me’yorlar, sakrash turida plankani ko’tarish tartibi to’g’risidagi ko’rsatmalarning mavjudligi.


    II. Musobaqa o’tkazuvchi tashkilot bilan ishlash

    Musobaqalar talab darajasida o’tkazilishi uchun ularni o’tkazayotgan tashkilot oldiga bir qator masalalar qo’yilishi va ijobiy hal etilishi zarur:


    1. Oddiy va namoyish etiluvchi qaydnomalar, rekordlarni qayd etish dalolatnomalari blanklarining mavjudligi.
    2. Nusxa ko’chirish uskunalari, qog’oz, devonxona ashyolari bilan ta’minlash imkoniyatlari.
    3. Malakali kompyuterchilar (mashinistkalar), rassomlar, nusxa ko’chirish uskunalarida ishlovchi xodimlarning mavjudligi.
    4. Musobaqa o’tkazish uchun sarflanadigan harajatlar smetasi, kotiblar va texnik xodimlarga haq to’lash toifalari va tartibi.
    5. Hakamlar hay’ati va kotibiyatning miqdoriy tarkibi.
    6. Taklif etiladigan hakamlarning tarkibiy ro’yxati. Boshqa shaharlik hakamlar ro’yxati, zarur kishilarni chaqirish imkoniyatlari.
    7. Rekordlar ro’yxatini olish.
    8. Ishtirokchilarni shaxsiy birinchilik va j/b.ga kiritish tartibi, kim va qancha muddatda kiritadi.
    9. Ko’krak raqamlarining zarur miqdordagi to’plamlari mavjudligi.
    10.Talabnomalarni qabul qilish joyi va vaqti.
    11.Yakuniy materiallarning zarur miqdori.
    12.Musobaqa to’g’risida taqdim etiladigan hisobot shakli.
    13.Qur’a tashlash kimga topshiriladi.
    14.Uzoqda joylashgan sport inshootlaridan musobaqa natijalarini etkazish vositalari.
    15.ABT mavjudligi (avtomatik boshqaruv tizimi).
    16.Kotibiyat materiallari kimga beriladi.
    17.Uzoqda joylashgan startlardan (mas., krossda) start qaydnomalarini etkazish uchun aloqachilarni harakat vositalari bilan ta’minlash.
    18.Xalqaro musobaqa va uchrashuvlar o’tkazilganda:
    - materiallar nashr etiladigan tillar;
    - kotibiyat uchun tarjimonlar;
    - chet tillaridagi atamalarni aniqlashtirish;
    - kotibiyatning jamoa vakillari bilan aloqasi.



    Download 24,48 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

    Download 24,48 Mb.