• Nazorat savollari
  • 7.4. YENGIL ATLETIKA SEKTОRI, ANJОM VA JIHОZLARI
  • Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




    Download 24,48 Mb.
    bet137/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    SPОRT INSHООTLARINING TURLARI

    Maxsus

    Kompleks

    ochiq

    yopiq

    ochiq

    yopiq

    Sport turlari bo‘yicha maydonlar. Futbol maydoni. Regbi,chim ustida xokkey, ot sporti, kamondan o‘q otish maydonlari.
    Yengil atletika yo‘lagi. Оchiq suzish havzasi, o‘q otish tiri va h.k.

    Sport zallari.
    Suzish havzalari. Manejlar, velodromlar,
    O‘q otish tirlari.
    Shaxmat, shashka klublari. Tennis korti.

    Stadionlar sport yadrosi, komleks maydonlar,
    kompleks suzish havzalari, zamonaviy ko‘p kurash, eshkak eshish kanali, yaxtklublar, suv sporti bazalari.

    Yopiq stadion,
    Sport saroylari, Ko‘p zalli sport majmualari. Kompleks binolarda universal sport zallar. Yopiq va yarim ochiq tirlar.



    Nazorat savollari:

          1. Sport inshootlari tasnifi haqida nimalar bilasiz?

          2. Sport inshootlarining toifalanishi nimalarga asoslanadi?

          3. Sport inshootlari toifalari haqida gapirib bering.



    7.4. YENGIL ATLETIKA SEKTОRI, ANJОM VA JIHОZLARI
    Yengil atletika yugurish yo‘lkasi - asosan turlar bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar tabiiy va sun’iy tartan, rekortan va boshqa qoplamali stadion arenasining aylana yugurish yo‘lkasida o‘tkaziladi. Yugurish yo‘lkasining aylana uzunligi 400 metr, kengligi 7,32 metr, aylana radiusi 36 metr va burilish markazi oralig‘i 86 metr bo‘ladi. Yugurish yo‘lkasining qiyaligi 1:100 dan oshib ketmasligi kerak.
    Yugurish aylana yo‘lkasi alohida-alohida yo‘lkalarga ajratiladi va ularning kengligi 1,22 metrdan ortib ketmasligi kerak. Ushbu ajratilgan yo‘laklar butun uzunligi bo‘yicha qalinligi 5 sm chiziqlar bilan chegaralanadi. Yuguruvchi yugurish yo‘nalishining o‘ng tomonidan chiziq qalinligi u yugurayotgan yo‘lak kengligiga kiradi. Xalqaro musobaqalar o‘tkazish uchun aylana yugurish yo‘lkasining yo‘laklari kamida oltita bo‘lishi kerak.
    Yugurish yo‘lkasining yo‘laklari raqamlanadi. Start va marra chiziqlarining qalinligi 5 sm bo‘ladi.
    Yugurish yo‘lkasining kengiligi quyidagicha bo‘lishi kerak.
    - katta sport maydonlari uchun 3,75 metr, - kichik o‘yingohlar uchun 5,00 metr, - o‘rtacha o‘yingohlar uchun 6,25 metr.
    Yengil atletika aylana bo‘ylab yugurish maydonining g‘arbiy tomonida joylashgan to‘g‘riga yugurish yo‘lkasi, asosiy yugurish yo‘lkasi deb ataladi. Shu bilan birga to‘g‘riga yugurish yo‘lkasininng sharqiy tomoni yordamchi yugurish yo‘lkasi deb ataladi.
    Asosiy to‘g‘riga yugurish yo‘lkasining kengligi quyidagicha bo‘lishi kerak:
    katta sport maydonlari uchun 6,25 metr,
    kichik sport maydonlari uchun 7,50 metr, – o‘rtacha o‘yingohlar uchun 8,75 metr.
    Yordamchi to‘g‘riga yugurish yo‘lkasining kengligi quyidagicha bo‘lishi kerak:
    katta sport maydonlari uchun 5,0 metr,– kichik o‘yingohlar uchun 5,00–7,50 metr, – o‘rtacha o‘yingohlar uchun 6,25–7,50 metr.
    Sport maydonlarining asosiy aylana qismi yugurish yo‘lkasining tashqi tomonida bevosita 1,5 metrli himoya zonasi quriladi.
    Himoya zonasi har xil to‘siqlardan xoli turishi kerak. Himoya zonasining uzunasiga shug‘ullanuvchilarga xavfsiz bo‘lgan har qanday xomashyodan balandligi 0,5–0,8 mm li to‘siq o‘rnatiladi.
    Yugurish yo‘lkasining ustki qoplami barcha atmosfera ta’sirlariga (yomg‘ir, qor, muzlama, shamolga) bardosh bera oladigan elastik va ravon changimaydigan bo‘lishi lozim.
    Yugurish yo‘lkasi chetining ichki va tashqi tomoni balandligi 3 sm gacha va 5–6 sm kenglikda maydon atrofi o‘raladi. Ular shug‘ullanuvchilarga xavfsiz bo‘lgan barcha xomashyodan tayyorlanishi mumkin. Maydon aylana cheti qirralari tuxumsimon shaklda bo‘lishi kerak.
    Sport maydonining shimoliy tomonida yengil atletikaning sakrash va uloqtirish mashg‘ulotlarini olib borish uchun joylar o‘rin olgan.
    Sakrash uchun xandaq – sakrash bo‘yicha musobaqa va mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun xandaq va yugurib kelib sakrash uchun yo‘lak kerak bo‘ladi. Balandlikka yugurib kelib sakrash uchun yo‘lak uzunligi 15 metr, uzunlikka va uch hatlab, shuningdek, langar cho‘p bilan sakrash uchun yo‘lak 40 metr bo‘lishi kerak.
    Langar cho‘p bilan sakrash uchun sektor - xandaq, yugurib kelish uchun yo‘lak, langar cho‘p, ikkita stoyka va bitta plankadan iborat .
    Langar cho‘p – uzunligi, diametri va qanday xomashyodan tayyorlanishi bir to‘xtamga kelinmagan. Lekin langar cho‘p tepa qismi silliq (bambukli langar cho‘pidan tashqari) bo‘lishi kerak. Yaxshi langar cho‘p yengil, mustahkamligi yuqori, egiluvchan bo‘lishi lozim. Asosan bu talablarga sintetik xomashyodan tayyorlangan langar cho‘plar javob beradi. Sakrovchining og‘irligi (45 kg dan 90 kg gacha) va tana uzunligiga qarab langar cho‘plarga buyurtma beriladi. Langar cho‘p ostiga himoya yarim doira shaklidagi rezina tiqin o‘rnatiladi.
    Yengil atletika sektori

    Qo‘nish uchun joy sakrovchi qo‘nishi uchun 500 x 500 sm bo‘lishi kerak. Tushish joyi porolon yoki boshqa momiq xomashyodan foydalaniladi.


    Planka – temir yoki yog‘ochdan tayyorlanadi. Uning uzunligi 3,64 – 4,00 metr, og‘irligi 2 kg bo‘ladi. Planka bo‘ylama kesimi doira shakliga ega (diametri 3 sm).
    Uzunlikka sakrash sektori – yugurib kelish uchun yo‘lak, debsinish uchun to‘rt qirrali uzun yog‘och (brusok) va sakrab tushish uchun xandaqdan iborat.
    Yugurib kelish uchun yo‘lak – uzunligi 40 metr, kengligi 1,22 metr, yugurish yo‘nalishiga qarab kamida 1: 1000 qiyalikda bo‘lishi kerak.
    Depsinish uchun to‘rt qirrali uzun yog‘och – kengligi 20 sm li uzun yog‘ochdan depsinish amalga oshiriladi. Uzun yog‘och handaq chetidan 1 metr oraliqda o‘rnatiladi.
    Xandaq – sakrab tushish uchun xandaq minimal kengligi 2, 75 metr bo‘ladi. Depsinish yog‘ochidan, xandaq chetigacha 10 metrdan kam bo‘lmasligi kerak (uch hatlab sakrashda 13 metrdan kam bo‘lmasligi kerak).
    Uloqtirish va irg‘itish sektorlari – uloqtirish va yadro irg‘itish uchun konstruksiya joyi, ularning og‘irligi IAAF qoidalariga binoan aniqlanadi.
    Yadro va bosqon uloqtirish sektori – uloqtirish uchun doira, halqa, yadro va bosqon tushish joyidan iborat.
    Uloqtirish uchun doira – tekis betonli, asfaltli, rezina bitumli, sintetik tipli yoki yerli maydonda quriladi. Balandligi 2 sm, kengligi 5–6 sm temir yoki yog‘och halqa qoziqlar bilan qoqib, mahkamlanadi.
    Halqa – markazining ikki yon tomoniga hoshiya chiziladi.
    Doira ichki diametri 2,135 metr bo‘ladi.
    Sport sektorlari


    27-rasm. Balandlikka sakrash uchun xandaq, ustun va plankalari.

    28-rasm. 29-rasm.
    Yengil atletika nayzalari. Yengil atletika uchun disklar.

    30-rasm. Yengil atletika uchun yadrolar.
    10 ± 2 sm, kengligi 12 sm va ichki aylanasi bo‘ylab uzunligi 1,22 metrli bir-biriga mahkamlangan yog‘och doira bilan chegaralanadi.
    Yog‘och doira va doira ikki tomonidagi hoshiyalar oq bo‘yoq bilan bo‘yaladi. 45 o doira burchagi markazidan yadro tushish sektori chegaralanadi.
    Yadro – temirdan tayyorlangan bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan shar shaklida, og‘irligi 3 - 4 - 5 - 6 kg, diametri 95 - 125 mm bo‘ladi.
    Bosqon (molot) – yengil atletikada – otish uchun snaryad. dastakli po‘lat trosga birlashtirilgan dumaloq po‘lat shar, umumiy uzunligi 1,18-1,20 m, og‘irligi 7,257 kg, diametri 10,2-12 sm.
    Nayza uloqtirish sektori – burchagi 280 taxtagacha (planka) – qalinligi 2 - 3 mm va kengligi 7 sm, ichki tomonga 8 metr, 29 radiusga yoysimon bukilgan yog‘och, faneradan yoki tunukadan yasaladi. Taxtacha yon tomoni yugurish yo‘lkasi bilan bir tekislikda mahkamlanib oq rangga bo‘yaladi. Yugurish yo‘lkasi uzunligi 30 metr bo‘lishi kerak.
    Nayza – og‘irligi, erkaklar uchun 800 g, ayollar uchun 600 g, o‘smirlar uchun 400 g og‘irlikda bo‘ladi, uzunligi 2,6–2,7 m va 2,2–2,3 m (mos ravishda).
    Disk uloqtirish sektori – disk uloqtirish uchun doira betonli yoki asfalt yerli maydonda quriladi va balandligi 2 sm, kengligi 4 - 6 sm, temir yoki yog‘och halqani, qoziqlar bilan qoqib, atrofi o‘raladi. Halqa oq rangga bo‘yaladi. Doira ichidagi qoplama tekis va qiya bo‘lishi kerak. Doira ichki diametri 2,50 sm bo‘ladi. Halqa markazining ikki yon tomoniga oq rangda hoshiya chiziladi.
    Disk – yuqori sifatli rezinadan tayyorlangan bo‘lib, erkaklar uchun disk og‘irligi 2 kg, tashqi temir qosqonining diametri 44– 46 mm, ayollar uchun disk og‘irligi 1 kg, tashqi temir qosqonning diametri 180–182 mm bo‘ladi.
    3000 metr masofaga to‘siqlar osha yugurish sektori (sport maydonining shimoliy sektorida joylashgan) - yugurish yo‘lagi, ikkita suv to‘ldirilgan xandaq va to‘siqdan iborat.
    (to‘siqning yuqori xarisining kengligi) – 3,96 metr. Yuqorid agi si to‘rtburchak shaklida 12,7 x 12,7 sm bo‘lishi kerak. To‘siqlarning har biri 80–100 kg og‘irlikda bo‘ladi. To‘siqlar yugurish yo‘lagiga ketma-ket bir qator qilib qo‘yiladi.
    Suv to‘ldirilgan xandaq – uzunligi va eni 3,66 metr,chuqurligi 0 sm dan asta-sekin to 76 sm gacha suv bilan to‘ldiriladi va to‘siqning orqa tomoniga o‘rnatiladi. Xandaq biron-bir sektor yoki yo‘lkadan tashqari joyda o‘rnatiladi.
    Yuguruvchi chuqurga sakrab tushganda sirpanib ketmasligi uchun chuqurning ost qismi kengligiga to‘shak qoplama, mat yoki shunga o‘xshash yumshoq matodan tayyorlangan qoplama mahkamlanadi. Qoplama to‘shak qalinligi kamida 25 mm, uzunligi 2,5 metrdan oshmasligi lozim. Chuqurning tubi nishablangan bo‘lib, cheti (yuguruvchining yo‘nalishiga qarab) yo‘lka bilan bir tekisda bo‘ladi. To‘siq xari mustahkam mahkamlangan bo‘lib, uning balandligi qolgan to‘siqlar balandligiga mos kelishi kerak.

    31-rasm. To‘siq va yon tomondan ko‘rinishi (o‘lchamlari mm).
    Yugurish yo‘lkasi - suv to‘ldirilgan chuqur 400 metr yugurush yo‘lkasi qatorining (sektor) tashqi tomoniga o‘rnatiladi. Agar suv to‘ldirilgan chuqur yugurish yo‘lkasi qatorida joylashtirilgan bo‘lsa odatdagi yugurish yo‘lkasi masofasi qisqartiriladi. Bunday hollarda 3000 metr start chizig‘i birdek ortga suriladi. Agarda suv to‘ldirilgan chuqur yugurish yo‘lkasidan tashqi tomonda bo‘lsa, start chizig‘i oldinga o‘tkaziladi. Suv to‘ldirilgan chuqur yugurish yo‘lkasining har qaysi aylanasida to‘rtinchi to‘siq sifatida takrorlanadi.



    32-rasm. Suv to‘ldirilgan chuqur (o‘lchamlari mm).

    Sport maydoni sektorlarining birida og‘irlik ko‘tarish, kurash tushish joyi, shu bilan birga voleybol va basketbol uchun universal maydon jihozlanishi mumkin.


    Yozda maysazorni sug‘orish va qishda esa yugurish yo‘lkalarida konkida uchish uchun yugurish yo‘lkasi chetida diagonal joylashgan ikkita suv oqizuvchi jo‘mrak o‘rnatiladi.
    To‘siq (baryer) – og‘irligi kamida 10 kg, ikkita tik oyoqli ustunlarning keyingi ikkita plankaga birlashtirilgan, tepa qismi plankadan tashkil topgan to‘rtburchak shaklga ega bo‘lgan, temir yoki boshqa yaroqli xomashyodan tayyorlanadi. To‘siq plankasi uzunligi 120 sm va balandligini 60, 76,2, 84, 91,4, 106,7 sm balandlikkacha moslash mumkin. Planka oq va qora ranglarga bo‘yaladi. To‘siqlar osha yugurish yo‘lkasida yuguruvchi sportchi, qaysi tomondan yugurib kelishiga qarab, to‘siq oyoqlari shu tomonga qaratib qo‘yiladi. To‘siq yasashda, to‘siq tepa qismi plankasining o‘rta va yon qismiga salkam 3,6 kg kuch tushgandagina ag‘darilish sodir bo‘lishiga e’tibor berish kerak.
    Estafeta tayoqchasi – bo‘ylama kesimi doira shakldagi, quvur ko‘rinishini eslatuvchi va ust qoplamasi silliq tayoqcha. U yo g‘och, temir yoki har qanday qattiq xomashyodan tayyorlanadi.
    Estafeta tayoqchasining uzunligi 28–30 sm, diametri 120 mm, og‘irligi 50 g dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
    Poyabzal – yuguruvchi yaxshi depsinishni amalga oshirish uchun «shipovka» deb nomlanadigan maxsus yugurish poyabzalidan foydalanadi. U yengil, qulay, yaxshi bukiluvchan va uchki qismiga kamida to‘rtta, ko‘pi bilan oltitagacha temir tishli taqa (ship) o‘rnatiladi. IAAF musobaqa qoidalariga binoan temir tishli taqa uzunligi 25 mm, diametri 4 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Agar musobaqalar sun’iy qoplamali yo‘lakda o‘tkazilsa, temir tishli taqalar uzunligi qancha bo‘lishligini musobaqa tashkilotchilari belgilaydilar.
    Xronometrlash – har bir qatnashuvchi bosib o‘tgan masofa vaqti avtomatik yoki qo‘l sekundomeri bilan o‘lchanadi.
    Nazorat savollari:
    1. Yengil atletika sektori maydoni o‘lchamlari qanday? 2. Yugurish yo‘laklari qoplamalari haqida nima bilasiz?
    Uzunlikka sakrash chuqurligi o‘lchamlari qanday?
    To‘siqlar osha yugurishda to‘siq balandligi qanday?

    Download 24,48 Mb.
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

    Download 24,48 Mb.