|
XOTIN-QIZLAR ORGANIZMIGA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINING TA’SIRI
|
bet | 133/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI6.5. XOTIN-QIZLAR ORGANIZMIGA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINING TA’SIRI
Xotin-qizlarning jismoniy rivojlanishi va funksional imkoniyatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichi erkaklarga nisbatan pastroq. Ulaming bo‘yi pastroq va vazni engilroq, gavdasi uzunga moyil, qo‘l-oyoqlari esa kaltaroq. Xotin-qizlar tosi erkaklarnikidan kengroq, elkasi esa kichikroqdir. Xotin-qizlar tosining yonbosh suyaklari ancha keng.
Xotin- qizlar qon aylanishi va nafas olish organlarining funksional qobiliyatlari erkaklarnikiga nisbatan ancha past. Ayol yuragining kichikligi qisqarish hajmining kamligidan darak beradi. Shu sababli yurakning minutlik hajmi uning tez-tez qisqarishi bilan ta’minlanadi. Ayollarning tinch holatda yurak qisqarishi va nafas olishi erkaklarnikiga nisbatan tezroq bo‘ladi. Shuningdek, ularda o‘pkaning hayotiy sig£imi, o‘pkaning minutlik ventilya- siyasi va bir minutda kislorod iste’mol qilinishi ham oz.Umuman, Xotin-qizlarning jismoniy rivojlanishidagi birmuncha zaiflikka ularning organ va sistemalarining ancha kuchsiz funk- siyalari sabab bo‘ladi.
Xotin-qizlar mushaklar tizimi erkaklarga nisbatan kamroq rivojlangan va butun tana og‘irligining 35 % dan oshmaydi, erkak- larda esa 40-50 %. Xotin- qizlarda yog‘ to‘qimalarining to‘planishi erkaklarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi — 18%ga nisbatan 28%. Mushak massasi va tana vazni orasida foydasi kam bo‘lgan nisbatlarga olib keladi. Biroq muntazam mashg‘ulotlar bu nisbatlarga jiddiy tuzatishlar kiritadi va jahonning eng kuchli ayol yengil atletikachilari yuqori darajadagi jismoniy rivojlanishga shu tariqa erishganlar.
Xotin-qizlar erkaklarga nisbatan ancha egiluvchanroq bo‘ladi, chunki ularda boylam apparati qayishqoqroq va mushaklarning cho‘zilishiga bo‘lgan qobiliyati yaxshiroq va ular katta amplituda bilan harakatlarni nisbatan yengil bajara oladilar.
Oy ko‘rish davrida mashg'ulot qilishni davom ettirgach, sportchi xotin-qizlarning jinsiy muhitida, odatda, morfologik va funksional o‘zgarishlar bo'lmaydi. Bunday sportchi xotin-qizlarni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, oy ko'rish vaqtidagi o‘quv-mashg‘ulotlari va musobaqalarga qatnashish juda kam holda 1,2 foiz davrning o‘zgarishi biian o‘tadi. Shunday paytlarda musobaqalarga qatnashish, jinsiy organlarda shamollash jarayonini o‘tkazgan sportchi xotin-qizlarning 78 foizi sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Oy ko‘rish davrida jismoniy tayyorgarlik va salomatlik holatidan tashqari, xotin-qizlar organizmi reaksiyasining holatini ham nazarda tutish kerak. Bu davrning o‘tish holatini va ularga nisbatan organizm reaksiyasiga qarab, xotin-qizlarni 4 gruppaga bo‘lish mumkinligini ko‘rsatib berdilar.
Birinchi gruppaga 55,6 foiz oy ko‘rishning hamma davrida yaxshi kayfiyatga ega bo‘lib, yuksak sport natijasini ko'rsatuvchi sportchi xotin-qizlar kiritilgan.
Ikkinchi gruppada 34,5 foiz sportchi xotin-qizlar oy ko‘rish vaqtida umumiy darmonsizlik, tez charchash, uyqu bosishi, mashg‘ulot qilishning yoqmasligi bilan ifodalanuvchi gipotonik sindrom ustun keladi.
Uchinchi gruppadagi 5 foiz sportchi xotin-qizlarning oy ko‘rish vaqtida tasodifiy ta’sirchanlik, harakat tangligi (siqiqligi) bilan ifodalanuvchi gipertonik sindrom belgilari ustun keladi, ayrim sportchilarda qorin ostida (ozroq bel qismida) og‘riq, bosh og‘rig‘i, notinch uyqu paydo bo'ladi.
To‘rtinchi gruppadagi 4,9 foiz sportchi xotin-qizlarning oy ko‘rish vaqtida, umumiy toliqish, ishtahaning yo‘qolishi, ko‘ngil aynash, bo‘g‘in va mushaidarda og‘riq paydo Do‘lib, uyqu notinch paydo boladi va yurak urishi, nafas olish tezlashadi.
Oy ko‘rish davrida jinsiy a’zolarda o‘zgarishlar bo‘lmagan sog‘lom xotin-qizlarning organizmi ham oy ko'rish vaqtida har xil reaksiyaga ega boiishi mumkin. Ma’lumki, bu davrda mashg‘ulot va musobaqalarga organizm reaksiyasi o‘zgarishi mumkin. Sportchi xotin-qizlarning qariyb yarmida jismoniy va psixik reaksiyaga ko‘ngilsiz bo‘lish mumkin. Shuning uchun o‘quv- mashg‘ulotlarini ularning noqulay ta’siridan mutlaqo xoli bo‘ladigan qilib rejalashtirish kerak. Buning uchun tibbiy xodim nazorati va o‘zini-o‘zi nazorat qilish, murabbiyning kuzatishi va nazorat mashqlari ko‘rsatkichi orqali yengil atletikachi xotin- qizlarning organizmidagi reaksiya ta’sirini aniqlash lozim. Sport mashg‘ulotlari katta sog‘lomlantirish ahamiyatiga ega bo‘lib, oy ko‘rish vaqtida normadan chetga chiqadigan o‘zgarishlarni yo‘qotadi va yengil atletikachi xotin-qizlarning organizmining funksional imkoniyatlarini oshiradi.
Homiladorlik vaqtida mashg‘ulot qilish va musobaqalarga qatnashish mumkin emas. Odatda tug‘ish jarayonini sportchi xotin-qizlar jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanmaganlarga nisbatan yengil o‘tkazadilar. Ko‘zi yorigan sportchi ayol kamida 9-10 oydan so'ng maxsus mashg‘ulot boshlashi mumkin. Dastlabki 1-2 oy davomida davolash gimnastikasi mashqlarini bajarish kerak. Sekin-asta chigil yozish mashqlarini bajarish mumkin. Tug‘ishdan 6 oy o‘tgandan so‘ng, yengil atletikachi ayol, o‘z dasturiga asoslanib, kichik-kichik hajmda o‘quv-mashg‘ulotlarini boshlashi mumkin.
Homiladorlik munosabati bilan maxsus mashg‘ulot to‘xtatib qo‘yilgandan to uni boshlanguncha odatda 1,5-2 yil vaqt o‘tadi. Lekin ikki yilgi tanaffusdan keyin ham maxsus va umumiy tayyorgarlik tez tiklanadi, oldingi darajagacha va ba’zan 6-8 oydan keyin undan orta borishi ham mumkin.
Nazorat savollari
Xotin-qizlar о ‘quv mashqulotlari xususiyatini ta ’riflab bering.
Yosh yengil atletikachilarni qizlar orasidan tanlab olish xususiyatlarini izohlab bering.
Tanlab olish xususiyatini ta ’riflang.
Xotin-qizlar o‘quv-mashg‘ulotlari asosan necha qismga bo ‘linadi?
Xotin-qizlarning umumiy-jismoniy rivojlanishini tariflang.
Xotin-qizlarning maxsus jismoniy rivojlanishini tariflang.
Mustaqillik davrida о ‘zbek xotin-qiz yengil atletikachilarning muvaffaqiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
Xotin-qizlar bilan ishlashda ularning organizmida bo ‘layotgan tibbiy o‘zgarishlarga qanday e’tibor berish lozim?
O‘zbekiston xotin-qizlari orasida qaysi sportchi olimlar va sportchilarini bilasiz?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Алабин В.Г. 2000 упражнений для легкоатлетов. Вып. 4. Харьков, Осноза,1996.72 с.
Andris E.R., Qudratov R.Q. Yengil atletika// 0‘quv qo‘llanma. 'Г., 0‘zDJTI, 1998. 126 b.
Aripov Yu.Yu. Kichik yoshdagi o‘quvchilarda uloqtirish harakatlari texnikasini takomillashtirishning zamonaviy uslub va shakllari. P.f. n. diss. avtoreferati.Т., 2007
Озолин Н.Г. Настольная книга тренера // Наука побеждать. М., 2002.
Платонов В.Н. Общая теория подготовки спортсменов в олимпийском спорте. К., Олимпийская литература, 1997. 584 с.
Полищук В.Д. Использование социальных и подводящих упражнений в тренировочном процессе легкоатлетов. К., Олимпийская литература, 2009. 142 с.
Талалаев Г.Г., Рахимжанова К.Т. Тренерам о женском семиборье. Методическое пособие. Т., Медицина, 1984. 133 с.
Usmonxo‘jayev T.S., Rahimov М.М., Qudratov R.Q., Meliyev Х.А., Rasulova T.R., Qurbonov S. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari. Т., 0‘qituvchi, 2005, 350 b.
Шакиржанова К.Т. Итош Олимпийских игр в Атланте, Сиднее и Афинах и задачи по подготовке к 0лимпиаде-2008 (на примере легкой атлетики // «Фан - спортга», № 2, 2005. 38 с.
Shokirjonova К.Т. Yengil atletika (musobaqa qoidalari). 0‘quv qollanma. Т., 2007.
Qudratov R.Q. Sakrash texnikasi asoslari. Studentlarning mustaqil ishi uchun problematik ma’ruza. Т., Q‘zDJTI, 1989. 26 b.
Qudratov R.Q. Sportcha yurish va yugurish texnikasining asoslari. Talabalarning mustaqil ishlari uchun qo‘llanma. T 0‘zDJTI, 1992. 18 s.
|
| |