• 6.2. O‘QUV MASHG‘ULOT QISMLARINING VAZIFASI VA MAZMUNI. Mashg‘ulotning tayyorlov qismi
  • O‘QUV-MASHG‘ULOTLARINI REJALASHTIRISH XUSUSIYATLARI




    Download 24,48 Mb.
    bet130/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    6.1. O‘QUV-MASHG‘ULOTLARINI REJALASHTIRISH XUSUSIYATLARI

    O‘quv-mashg‘ulotlarining shakllari va tuzilishi. Hamma yengil atletikachilar uchun mashg‘ulot hajmining asosiy tashkiliy shakli — guruh bo‘lib yoki individual 2 soat yoki undan ko‘proq davom etadigan o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazishdir. Ozroq davom etadigan mashg‘ulotlar ham bo‘lishi mumkin. Asosiy o‘quv-mashg‘ulotlarini to‘ldiruvchi uy vazifalarini esa kunning boshqa vaqtida bajarish mumkin. Yengil atletikachilar yengil atletik mashg'ulotdan tashqari, kross, chang‘ida yurish, basketbol va shunga o‘xshash mashg‘ulotlar o'tkazadilar, sport musobaqalari ham mashg‘ulot shakllaridan biri hisoblanadi.


    Mashg‘ulotlarning hamma shakllarida quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish kerak: mashg‘ulotni asta-sekin boshlab, keyin asosiy ish o‘tkaziladi. Bu qismda kuch berish mashq turiga, kuch berish xususiyatiga va hokazolarga qarab har xil, lekin mashg‘ulot boshidagiga nisbatan ancha yuqori boiadi.
    Mashg‘ulot oxirida kuch berish kamaytiriladi. Kuch kelishini bu tarzda o‘zgartira borish, mashg‘ulot qaysi shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, har qanday o‘quv-mashg‘uloti uchun shartdir.
    O‘quv-mashg‘ulotlari qabul qilingan umumiy struktura bo‘yicha tuzilib, (tayyorlov, asosiy va yakunlovchi) qismdan iborat. Mashg‘ulotning maqsadi va mazmuniga, mashg‘ulot davriga va asosan yengil atletikachilarning tayyorgarlik darajalariga qarab birinchi yoki ikkinchi variant qoMlaniladi. Mashg‘ulot tayyorlov davrida o‘tkaziladigan gruppa mashg‘ulotlari odatda uch qismdan iborat bo'ladi, variantlari, ko‘pincha yuqori razryadli yengil atletikachilar uchun, ayniqsa mashg‘ulotning mazmuni ko‘p jihatdan xotin-qizlarning tayyorlik darajalariga bog‘liq bo‘ladi.


    6.2. O‘QUV MASHG‘ULOT QISMLARINING VAZIFASI VA MAZMUNI.


    Mashg‘ulotning tayyorlov qismi. Bu qismning vazifasi o‘quvchilarning uyushtirishdan, ya’ni gruppani saflash, raport qabul qilish, davomatni tekshirish, dars vazifasi va mazmunini tushuntirish, gruppani mashq bajartirish uchun qayta saflashdan iborat. Shuningdek, saf mashqlari, burilishlar, yurish va boshqalar ham kirish qismiga qo‘shiladi, chunki uyushtirish va intizom o‘rnatishda bularning ham ahamiyati bor. Bu qism 10-15 minut davom etadi.
    Tayyorlov qismining vazifasi: shug‘ullanuvchilarda umuman badanni qizdirib olish va ularni bo'ladigan kuch kelishiga tayyor­lash—chigil yozdi mashqlari, muskul kuchini va egiluvchanligini rivojlantirish, bo‘g‘imda harakatchanlikni oshirish, harakatni boshqara olish qobiliyatini yaxshilash va yengil atletik turlar, texnika elementlari bilan tanishtirish. Tayyorlov qismining boshqa vazifalari snaryadlarda, snaryadlar bilan va ularsiz bajariladigan umumiy rivojlantiruvchi va maxsus tayyorlov mashqlari bilan hal etiladi. Yana basketbol, voleybol elementlari kabi mashqlarni ham qo'llash mumkin. Bu mashqlar vositasida ham keyingi ishga yanada jadalroq tayyorlansa boladi.
    Yangi boshlayotganlar bilan o‘tkaziladigan mashg'ulotlarning tayyorlov qismiga oddiy umumiy rivojlantiruvchi mashqlar kiritiladi. Yengil atletikachilarning tayyorgarlik darajalari o‘sgan sari bu mashqlar murakkablasha boradi. Tayyorlik darajasi yuqori yengil atletikachilar mashg‘ulotining tayyorlov qismiga umumiy rivojlanuvchi va maxsus mashqlar teng miqdorda kiritiladi.
    O‘quv-mashg‘ulotning tayyorlov qismiga mashg‘ulotning tayyorlov davrida ko‘proq va musobaqalashuv maxsumiga ozroq vaqt ajratiladi. Mashg‘ulotning tayyorlov qismi qancha davom etishi yengil atletika turining xususiyatiga atletlarning tayyorlov darajasiga va boshqalariga qarab o'zgaradi. Tayyorgarlik darajasi yuqori yengil atletikachi xotin-qizlarda xususan ularning individual mashg‘ulotlarida kirish va tayyorlov qismlari badantarbiya mashq­lari bilan almashtiriladi.
    Yakunlov qismida mashg‘ulotlar asosan xotin-qizlar organizmini o‘z holatiga keltirish uchun beriladigan mashqlar to'plamini o‘z ichiga oladi.
    Xotin-qizlar sport mashg'ulotida (jismoniy mashqlarni tanlashda va me’yorlarni belgilashda) jinsiy sohada sodir bo‘ladigan jarayonlarning siklik xususiyatini e’tiborga olish juda muhim. Menstrual sikl davrida mashq qilishni davom ettiradigan sportchi xotin-qizlarda morfologik va funksional buzilishlar me’yorga nisbatan, odatda, bo‘lmaydi, ularning menstruasiya oldi va men­strual sikl fazalarida musobaqalarda qatnashishi odatdagi va ba’zan rekord yutuqlarga olib keladi. Tadqiqotlarga ko£ra, 81,6% xotin- qizlarda natijalar yaxshilanadi va faqat 18,4% qizlarda yomon- lashadi; bu fazalarda shug‘ullanmaydigan sportchilarda musoba­qalarda erishiladigan natijalar 56,5 % sportchi qizlarda odatdagi darajada qoladi, 43,5 % qizlarda esa pasayadi.
    Xotin-qizlarning kuchli va tezkor harakatlarga bo‘lgan qobiliyatlari kamroq bo‘ladi, bu yengil atletika mashqlari texnikasini o‘zlashtirishda qiyinchiliklarning yuzaga kelishiga va musoba­qalarda muvaffaqiyatsiz qatnashishga sabab bo‘lishi mumkin. Bu kamchilikni bartaraf etish uchun ularning tezlik-kuch tayyorgarligini yaxshilash ustida maxsus shug‘ullanish zarur. Biroq, xotin-qizlarning tezlik-kuch mashqlarida kam imkoniyatlarga ega ekanliklariga qaramasdan, ular erkaklarga nisbatan chidamsizroq deb aytish mumkin emas. Ayollarda chidamlilik ko‘proq shiddatli zo‘riqishlarni talab qilmayigan mashqlarda yaxshiroq namoyon bo‘ladi va katta hajmdagi ish dam olish bilan galma-galdan amalga oshirilgan paytda ortib boradi. Yana shuni e’tirof etish joizki, xotin-qizlar organizmi sarflangan energiyani tezroq qoplay olish qobiliyatiga ega.
    Yugurishning har xil turlari, sakrashlar va uloqtirishlar, shu­ningdek, sportcha yurish bilan shug‘ullanish gavda tuzilishida organlar va tizimlarning funksional imkoniyatlarida harakat sifatlarining rivojlanishida farqlar yuzaga keladi. Bu esa, o‘z navbatida, kuch, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik, koordinasion qobiliyatlarning namoyon bo‘lishiga; tashqi muhitning turli sharoitlariga moslashishga, ish qobiliyatiga, tiklanish va salomatlikka, shuningdek, sport natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. Bu hamma farqlar, birinchi tomondan, tanlangan sport turida saralash tizimiga, boshqa tomondan har bir yengil atletika mashqi turining ayollar organizmiga o‘ziga xos ta’sir qilishiga bog‘liq.
    Yengil atletikaning har bir turida erkaklar va ayoliarda antropometrik ko'rsatkichlar muhim darajada farq qilmaydi. Bunday farq 100 m ga yuguruvchilarda vaznda 22,2 kg ga, bo‘y ko‘rsat- kichida 13,3 sm ga; yadro itqituvchilarda — mos ravishda 37,2 kg va 18,6 sm ga etadi.
    Yengil atletikachi xotin-qizlardagi farqlar qator fiziologik ko'rsatkichlarda ham kuzatiladi. Ayoliarda qisqa masofalarga yugurish katta shiddatli ish bilan, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish esa kislorod tanqisligining maksimal darajada oshishi bilan tavsiflanadi. Sprintda ayollarning energiya sarfi erkaklarga qaraganda 15-20 %ga kamroq; o‘rta va uzoq masofalarga yuguruv­chilarda esa kislorodni maksimal iste’mol qilish kattaligi yengil atletikaning bitta turining o‘zida erkaklarda va ayoliarda odatda kamroq bo‘ladi. Erkaklar va ayollar o‘rnatgan jahon rekordlarini taqqoslab, shuni aniqlash mumkinki, ayol yengil atletikachilar kuch, tezlik, chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasida, shuningdek, texnik mahoratni egallash darajasida erkaklardan ortda qoladilar.
    Sport natijalarining o‘sishi, ayoliarda ham, erkaklarda ham ko‘p jihatdan tanlangan yengil atletika turida ko‘p yillik tayyorgarlikning turli bosqichlaridagi mashg‘ulot hamda musobaqa yuklamalarini samarali me’yorlashga bog‘liq.
    Yuklamalar, bir tomondan, ayollarning jismoniy imkoniyatlariga mos bo‘lishi, ikkinchi tomondan, natijalarning, sport mahoratining muntazam o‘sib borishini ta’minlashi zarur. Eng asosiysi, ayollar mashg'ulotlarda kuchlari etmaydigan jismoniy yuklamalarni bajarmasliklari lozim. Tayyorgarlikka ega bo‘lmagan ayollar uchun maksimal mashg‘ulot yuklamalari salbiy oqibatlarga olib keladi, birinchi navbatda, ichki organlarga yomon ta’sir qiladi. Endi shug‘ullanayotgan ayol yengil atletikachilarni keskin chayqalishlardan, erga tushish, siltanishlar og'irlik yoki o‘z vaznini snaryadga ko‘tarish paytida tez zo‘riqishlardan hamda kuchla- nishlardan himoya qilish lozim.
    Ayollar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirishda sportda qabul qilingan umumiy tamoyillardan foydalanish zarur (jumladan, ketma-ketlik, asta- sekinlik, sikllilik, yuklamalar dinamikasining to‘lqinsimonligi). Sportchi qizlar mashg‘ulotlarida jismoniy sifatlar va harakat ma- lakalarini rivojlantirishda hamda takomillashtirishda quyidagi uslublar qo‘llaniladi: bir tekis, o‘zgaruvchan, takroriy, oraliqli, aylanma, musobaqa va h.k.
    Yengil atletikachilarni tayyorlashda ularning sport ixtisosliklariga 'oog'liq bo‘lgan mashqlar asosiy vositalar hisoblanadi. Ayol sprinterlarning yillik mashg‘ulotida tezkorlikni va portlovchan kuchni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yugurish va sakrash mashqlari katta o‘rin egallaydi. Ularning umumiy hajmi qizlarda o‘rtacha 15 km dan ayoliarda 40 km gacha atrofida bo‘ladi. Bunda har xil sakrash mashqlarini yumshoq erda bajarish kerak, chunki ular kichik tos organlarining kichik siljishlarini keltirib chiqaradi va ularni ushlab turuvchi mushaklar va boylamlarning mustah- kamlanishiga yordam beradi.
    Ko‘p sonli yugurish va sakrash mashqlarini bajarishda oyoq mushaklarini birinchi galda oyoq kaftlarini mustahkamlashga va rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Shu sababli yassioyoqlik- ningdan ehtiyot bo‘lish kerak, oyoqlar uchun mo‘ljallangan mashqlar ichki mushaklarni rivojlantirishini nazarda tutish lozim.
    O‘rta masofaga yugurishda ayoliarda aralash aerob-anaerob xususiyatga ega yuklamalar ko‘proq qo‘llanilishi kerak, ularning yillik hajmi qizlarda 1000 km dan, ayoliarda 3000-4000 km gacha atrofida bo‘lishi zarur. Yengil atletikaning bu turida ayoliarda yillik siklda yugurish hajmining asosiy o‘sishi 14-15 yosh davriga to‘g‘ri keladi va 16 yosh atrofida barqarorlashadi. Bu ayniqsa antropometrik belgilar: tana uzunligi va og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi va boshqalar ancha o‘sib borishi kuzatiladigan qizlarga xosdir.
    Uzoq masofalarga yugurishda yuguruvchilar yuklamasi asosan aerob xususiyatga ega va asosiy vositalarning yillik hajmi o‘rta masofalarga yuguruvchilar yuklamalaridan 1,5-2 barobar ortiq bo‘ladi. Ikkala turdagi yuguruvchilarni tayyorlashda chidamlilikning har xil turlarini umumiy, maxsus, kuch va boshqa rivojlantirishiga yo‘naltirilgan vositalar asosiy hisoblanadi.
    Sakrashlar va uloqtirishlarda yuklamalarning yo‘nalishi boshqacha xususiyatga ega. Mashg‘ulotlarda asosan sport — kuch xususiyatiga ega mashqlar qo‘llaniladi.
    Yuklamalar oson bo‘lishi uchun yengil atletikachilarga mashq- larni asta-sekin qiyinlashtirib borish hamda ularning bajarilish qiyinchiligini oshirib borish zarur. Bunda sakrovchanliKni va harakatlar tezkorligini yaxshilovchi mashqlarga alohida e’tibor berish kerak.
    Uloqtiruvchilarni tayyorligida elka kamari, qo‘llar, oyoqlar, tana mushaklarini rivojlantiruvchi mashqlarni qo‘llash zarur, ular yuqori koordinasiyaga va harakat tezligiga, katta kuchga ega bo‘lishlari zarur. Shuning uchun ularning mashg‘ulotlariga ko‘p miqdorda shtanga, tosh, sherik bilan mashqlar kiritiladi, lekin ayollar mashg‘ulotlarida ulardan ehtiyot bo‘lib, ularning yoshi, tayyorgarligi va individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda foydalanish lozim. Yadro itqitishda kuch mashqlarining yillik hajmi qizlarda 300 / dan, ayoliarda 1000 / gacha atrofida bo‘ladi.
    Yengil atletikachilarni tayyorlash jarayonida murabbiy mashqlanganlik holatini chuqur pedagogik nazorat qilishi lozim, bunda sportchining o‘z-o‘zini nazorat qilishi kundaligi murabbiyga yordam berishi kerak. Buning uchun sportchi kundalikda o‘zining sub’ektiv hissiyotlarini qayd qilib borishi lozim. Bu o‘z-o‘zini nazorat qilish kundaligi shifokorga sportchi organizmi holatini har tomonlama tahlil qilishga va keyingi mashg‘ulotlar uchun tegishli tavsiyalar berishga inikon yaratadi.



    Download 24,48 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘QUV-MASHG‘ULOTLARINI REJALASHTIRISH XUSUSIYATLARI

    Download 24,48 Mb.