|
XOTIN-QIZLAR ORGANIZMINING XUSUSIYATLARI
|
bet | 131/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI6.3. XOTIN-QIZLAR ORGANIZMINING XUSUSIYATLARI
Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol xotin-qizlarni tarbiyalash, ulaming ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mamlakatimiz xotin-qizlarini XXI asr talablariga javob beradigan, har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga etkazish uchun zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratish bo‘yicha keng ko’lamda aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va mutasaddi rahbarlar tomonidan keng miqyosda ishlar olib borilmoqda.
Mustaqillikka erishish sharofati bilan mamlakatimizda xotin- qizlar sportiga bo‘lgan e’tibor yengil atletikada olib boralayotgan islohotlar rivoji uchun katta ahamiyatga ega. Sog‘lom avlod tarbiyasida sog‘lom muhitni yaratishda xotin-qizlarning o‘ziga xos o‘rni mavjud. Respublikamizdagi jismoniy tarbiya jamoalari, sport klublari va turli tashkilotlar bugungi kunda xotin-qizlar o‘rtasida qiziqarli sport musobaqalarini uyushtirish, yuqori natijalarga erishishda alohida o‘rin tutadi va yengil atletika bo‘yicha mahoratli sportchi xotin-qizlarni tarbiyalash va ularning ko‘payishi uchun katta hissa qo‘shdi.
Xotin-qizlar salomatligi bu — eng avvalo ulaming ruhiy va jismoniy sifatlarini rivojlantirish, uzoq umr ko‘rish, ish qobiliyatini yuqori darajada davomiyligini saqlab qolishda yengil atletika mashqlarining o‘rni beqiyosdir. Ko‘pincha olimlar D.J. Sharipova, K.T. Shakirjanova, M.T. Toirovalarning fikricha, xotin-qizlar organizmining funksional imkoniyatlari va uning tashqi muhitdan bo‘ladigan noxush omillarga barqarorligi butun umr davomida o‘zgarib turadi, negaki xotin-qizlar salomatligini saqlash jo‘shqin jarayon bo‘lib, u yoshi va kasbiy faoliyati, yashash muhitiga bog‘liq hoi da yaxshilanib boradi.
Bugungi kunda mamlakatimizni Jahon, Osiyo miqyoslaridagi musobaqalarda G.Xubbiyeva, S.Munkova, O.Yarigina, L.Pere- plova, L.Dmitriadi, A.Kazakova, N.Dusanova va Yu.Tarasova, S.Razdevel, A.Katelova, A.Jo‘ravleva, E.Smolyanova, N.Asanovalar kabi sportchi ayollar marnlakatimiz sharafini yuqori ko‘tarmoqdalar.
Xotin-qizlar hayoti, sog‘lig‘i — eng katta ijtimoiy boylikdir. Bu oila, maktab, lisey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida yosh avlod tarbiyasi, kamoloti bilan shug‘ullanuvchi boshqa maskanlar oldida mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalani ko‘ndalang qo‘yadi. Millat sog‘lig‘i hamtabiiy ravishda, sog‘lom turmush tarzi orqali hal etiladi.
Inson organizmining biologik, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatlarining muvozanatlashgan birligidir. Sihat-salomatlik har bir xotin-qiz uchun baxt-saodatdir. Ularning mehnat unumdorligini, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning shartidir. Umumxalq mulki bo‘lmish sihat-salomatlikka nisbatan ongli va mas’uliyat bilan yondashish jamiyat va lining barcha a’zolarining turmush, axloq normasi bo‘lmog‘i lozim.
Xotin-qizlar salomatligini saqlash va mustahkamlash uchun, awalo ularning o‘z tanasining tuzilishi barcha to‘qima va a’zolarining normal ish faoliyati, o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payish qonu- niyatlarini bilishi zarur, shuningdek, barcha tirik mavjudotlar kabi xotin-qizlarga xos bo‘lgan ushbu biologik xususiyatlarni asrash va uni tobora takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan shart- sharoitni mukammal bilishi va yaratilishini talab etiladi.
Xotin-qizlarni jismoniy tarbiyalash tizimida yengil atletika sporti katta o‘rin tutadi. Sport mashg‘ulotining umumiy asoslari barcha sportchilar uchun yagonadir, lekin ayollar organizmining o‘ziga xos xususiyatlarini hamda yengil atletika sporti bilan shug‘ullanuvchi xotin-qizlarning jismoniy imkoniyatlarini yodda tutish lozim.
|
| |