6.4. XOTIN-QIZLARGA YENGIL ATLETIKA TURLARINI O‘RGATISH USLUBIYATI
Yengil atletikachi xotin-qizlarning ko‘p yillik mashg‘ulotlari, erkaklarniki singari, sport texnikasi va taktikasini o‘rganish, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, ma’naviy va irodaviy fazilatlarni tarbiyalash va ilmiy-nazariy tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi. Mashg‘ulotning bunday jarayoni ynqorida ko‘rsatib o‘tilgan umumiy prinsiplar, vazifalar, vositalar va uslubiyatlar asosida amalga osniriladi. Demak, yengil atletikada xotin-qizlar mashg‘u- lotining sistemasi erkaklar mashg‘uloti sistemasining tuzilishiga o‘xshashdir. Lekin uning tarkibi, rejalashtirilishi, shiddati, hajmi xotin-qizlar organizmining biologik xususiyatlari bilan belgilangan ayrim farqlarga ega.
Yengil atletika turlarining texnikasiga o‘rgatish birinchi mashg‘ulotdan boshlanadi. Dastlabki paytlarda xotin-qizlar oddiy mashqlar texnikasini o‘rganadilar. Yugurishda, g‘ovlar osha yugurishda va uloqtirishlarda eng yaxshi yengil atletikachi xotin- qizlarning texnikasi erkaklarnikidan juda oz farq qiladi. Xotin- qizlar o‘rtasida hozirgi zamon “fosbr-flop” usuli bilan balandlikka sakrash keng tarqalgan. Shuning uchun xotin-qizlar awal “hatlab o‘tish” usullarida sakrashni o‘rgangandan keyingina “fosbr-flop” usulini o‘zlashtirishga o‘tishlari kerak. Boshqa usullar xotin-qizlar o‘rtasida unchalik tarqalmagan, chunki ular harakatlarda keng amplituda bilan yuqori tezkorlikni talab qiladi. Ularni asosiy usul sifatida tavsiya qilmaslik kerak, ular xotin-qizlarning aksariyati uchun “fosbr-flop”ga nisbatan qiyin bo‘lib, unchalik foyda bermaydi.
Xotin-qizlarni yengil atletikaning ayrim turiga o‘rgatish prinSiplari erkaklarnimddan farq qilmaydi. Lekin ba’zi xususiyatlari ham bor. Yaxshi egiluvchanlik va xotin-qizlarga mansub bo‘lgan ritm sezgisi, harakatlarning ohistaligi ularning yugurish, sakrash va uloqtirish texnikasini katta amplitudada bajarishni tezroq o‘rganishga yordam beradi. Ammo texnikani egallash, ularni takomillashtirish uchun xotin-qizlarning kuchi zaiflik qiladi. Shuning uchun o‘rgatishning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirish bilan birgalikda olib borish kerak.
Yosh qizlami yengil atletika turlariga o‘rgatayotganda me’yorlarni asta-sekin oshirib borishga e’tibor berish juda muhim. Shu maqsadda yengil atletika turlari ancha soddalashtirib bajariladi. Bunday mashg‘ulotlarda ularning har tomonlama jismoniy tayyorgarligi yaxshilanib, zarur fazilatlar ham rivojlanib boradi. Shunday bo‘lsa ham, mashg‘ulotlarni faqat umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan cheklab qo'ymaslik kerak. Yengil atletika mashg‘ulotiga kelgan yangi sportchilar yugurish, sakrash va uloqtirishni baja- rishlari kerak. Bu ularning istagiga javob beradi, mashg‘ulotga qiziqishini oshiradi va takomiilashtirish uchun intilishga chorlaydi.
U yoki bu jismoniy fazilatni yaxshilash zaruriyati tug'ulib qolsa, oddiygina murakkab mashqlarga izchil o‘tish to‘xtatilishi mumkin. Masalan, yugurib kelib balandlikka sakrashdan oldin sakrovchilikni oshiruvchi turli mashqlar bajarilishi kerak. Yengil atletikaning boshqa turlarida ham shunga o‘xshash holatlar bo‘lishi mumkin.
Xotin-qizlarni yengil atletika mashqlari texnikasiga yaxshiroq o‘rgatish uchun ko‘pincha engillashtirilgan sharoitlardan foyda- laniladi. Masalan, yugurib kelib “qaychi” usulida uzunlikka sakrashni o‘rganishda, uchib o‘tishning qisqaligi sababli “qaychi”ni to‘g‘ri bajarish imkoniyatini tug‘dirib berish maqsadida yuqoridan pastga sakrash qoilaniladi.
Jisinonan yaxshi tayyorlanmagan xotin-qizlar uchun yadro va snaryadlar og‘irligi kamaytiriladi. G‘ovlar osha yugurishda sharoitni engillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi (g‘ovlar balandligi pasaytiriladi va oraliq qisqartiriladi).
Yengil atletikachi xotin-qizlar tabiatan jismoniy etuk bo‘lsa, o‘qituvchi kerak bo‘lmagan mashqlarga to‘xtalmasdan, yakka mashqlar, xususiyatini e’tiborga olib, shunga muvofiq eng foydali uslubiyatni qo‘llashi lozim. Kuchliroqlar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazgan ma’qul.
Yengil atletikachi xotin-qizlarning o‘quv-mashg‘ulotida juda ehtiyot bo‘lib shtanga bilan o‘tkaziladigan mashqlar qollash kerak. Mashg‘ulot vaqtida shtanga mashqlari boshqa mashqlar qatori kiritiladi, lekin bunga alohida mashg‘ulot ajratish o‘rinsiz. Hatto uloqtiruvchi xotin-qizlar uchun ham shtanga kuchni oshirishda vosita hisoblanadi, xolos. Bundan tashqari, kuchni rivojlantirish uchun turli xil og‘irliklar bilan bajariladigan mashqlarni qo‘llash kerak.
Uloqtirish turlar bilan shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlariga turlicha og‘irlikdagi yadro va boshqa snaryadlarni otish va uloqtirish mashqlari ko‘proq kiritilishi lozim. Ularga yotgan holatda shtangani jim qilish, turgan holatda jimni tez takrorlash, shtanga ko‘tarib o‘tirib-turish mashqlari tavsiya etiladi.
Chidamkorlik ayniqsa o‘quv-mashg‘ulot mashqi oxirlarida charchaganlik ko‘proq sezila borganligi sayin, chidamlilik ko‘rinishi bilan sportchi organizmiga zo‘r keladi. Mashg‘ulot vaqtida 400 va 800 m ga kross o‘tkazayotib, mashq oxirlarida qiyinchilik oshi- shini hisobga olishi kerak. Ayniqsa qayta va almashlab yugurishda buni unutmaslik kerak. Hajmi va shiddatiga ko‘ra to‘g‘ri keladigan hajmlarni aniqlashdagi barcha hollarda yengil atletikachi xotin-qizlarning jismoniy tayyorgarligida muhim ahamiyatga ega.
Mashg‘ulotlarni rejalashtirishda oy ko‘rish davridan oldingi va keyingi kunlarni ham hisobga olish kerak. Boshlovchi va etarlicha jismonan tayyor bo‘lmagan yengil atletikachi xotin-qizlar oy ko‘rish va undan oldingi davrda musobaqaga qo‘yilmasligi kerak. Bu paytda mashg‘ulotlar ham ancha cheklangan holda o'tkazilib, uning umumiy hajmi va shiddati maksimalga nisbatan 50-60 foizgacha pasayadi.
Ish qobiliyatining pasayish davrida bir haftani kichik hajm bilan rejalashtirish tavsiya qilinadi. Yengil atletikachi xotin-qizning organizmi oy ko‘rish va undan oldingi davrda jismoniy hajmga o‘zining salbiy reaksiyasini ko‘rsatadigan bo‘lsa, bu paytda ertalabki gigiyenik gimnastiku, sayrlar va dam olish bilan chegaralanish kerak.
Oxirida shuni aytib o‘tish kerakki, o‘z-o‘zini nazorat qilish, pedagog va vrach nazorati katta ahamiyatga ega. Biror xil patologik hodisa yuz berganini o‘z vaqtida aniqlash va mashg‘ulotlar to‘g‘ri rejalashtirib o‘tkazilayotganini bilish uchun har bir yengil atletikachi xotin-qiz muttasil ravishda ginekolog shifokor ko‘rigidan o‘tishi shartdir. Hech qanday jiddiy o‘zgarish va shikoyat bo‘lmasa, shug‘ullanuvchi o‘zini yaxshi sezib, texnika va natija yaxshilanib borayotgan bo'Isa, demak, mashg‘ulot to‘g‘ri o’tkazilmoqda ekan.
Murabbiyning yengil atletikachi xotin-qizning tayyorgarligi jarayonini kuzatib borishi ham foydali. Oy ko‘rish vaqtida mashqni olganlikning turli xil ko‘rsatkichlar dinamikasi, sportchi xotin-qizning yurish-turishi va mashq bajarishini kuzatish, nagruzkalarga bardosh bera olish to‘g‘risidagi suhbatlar va boshqalar shifokor va murabbiyga mashg‘ulot hamda musobaqalarda qatnashishi masalasini to‘g‘ri hal qilishga yordam beradi. Odatdagi ma’lumotlardan tashqari, yengil atletikachi xotin-qiz o‘z kundaligiga yengil atletika bilan shug‘ullanish natijasida kichik tos atrofida hosil bo‘lgan sub’ektivsezgilarni, shuningdek, oy ko‘rish davridagi o‘zgarishlarni yozib borishi kerak. O‘z-o‘zini nazorat qilish ma’lumotlari, shifokorga yengil atletikachi xotin-qiz organizmidagi jarayonni atroflicha tahlil qilish va to‘g‘ri xulosa chiqarishga yordam beradi. Ana shu asosda mashg‘ulotni to‘g‘ri tashkil etish mumkin.
|