|
-vazifa. Bosqon uloqtirish texnikasi takomillashtirish.
Vositalar
|
bet | 128/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI6-vazifa. Bosqon uloqtirish texnikasi takomillashtirish.
Vositalar:
1. Uloqtirish texnikasini takomillashtirish uchun dastlabki aylantirish, burilishlar va oxirgi zo’r berish mashqlari.
2. Doira ichida turib bosqonni maksimal tezlikda aylantirib, uch burilib uloqtirish.
3. Mashg’ulot vaqtida musobaqa qoidalariga rioya qilgan holda sinash tariqasida bosqon uloqtirish.
4. Bosqon uloqtirish musobaqalarida qatnashish.
Uslubiy ko’rsatmalar. Uloqtirish texnikasini takomil-lashtirayotganda, yuqorida ko’rsatib o’tilgan maxsus mashqlarni mashg’ulotlarga kiritish kerak. Bosqon uloqtirish malakasini mustahkamlash uchun asbobni bir kuch bilan uloqtirish ayniqsa muhim. Bu sportchini musobaqaga yaxshi tayyorlaydi. Ko’pgina trenirovka mashg’ulotlariga, hattoki qishda ham, uloqtirish texnikasini takomillashtiruvchi mashqlarni kiritish lozim.
Texnikani takomillashtirish davrida, uloqtirish texnikasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash uchun o’z texnikasini va boshqa (yetakchi) uloqtiruvchilarning texnikasini kinoanaliz qilish ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
O’z – o’zini nazorat qilish uchun savollar.
Bosqon uloqtirishning sport turi sifatida shakllanishi va rivojlanishi qaysi davrlardan boshlangan?
Bosqon uloqtirish bo’yichа dаstlаbki musоbаqаlаr nechinchi yildа o’tkаzilgаn.
Bosqon uloqtirish bo’yicha musobaqalarida nechta hakam bo’ladi?
Bosqon uloqtirish nechta ketma – ketlikda bajriluvchi elementlardan iborat?
Agar, bosqon uloqtirushchi qanday ko’rinishdagi harakatlarni amalga oshirsa, u holatda uloqtirishga urinish hisobga olinmaydi?
Bosqon uloqtirish uzoqligi nimaga bog’liq bo’ladi?
Yadro itqitishtezligi qanday bo’lishi kerak?
Erkaklar o’rtasida bosqon uloqtirish bo’yicha dunyo rekordi qaysi davlat vakiliga tegishli?
Ayollar o’rtasida bosqon uloqtirish bo’yicha dunyo rekordi qaysi davlat vakiliga tegishli?
Bosqonning uzоqqа uchishigа tа’sir ko’rsаtuvchi оmillаr?
Xalqaro yengil atletika federatsiyasi nechanchi yildan boshlab jahon yengil atletikachilari erishgan eng oliy yutuqlarni rekord sifatida tan ola boshladi.
|
| |