|
-vazifa. Shug’ullanuvchilarni bosqon uloqtirish texnikasi bilan tanishtirish.
Vositalari
|
bet | 125/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI1-vazifa. Shug’ullanuvchilarni bosqon uloqtirish texnikasi bilan tanishtirish.
Vositalari:
1. Bosqonning tuzilishini tushuntirish, uloqtirish joyi va musobaqa qoidalari to’g’risida so’zlab berish.
2. Ko’rgazmali qurollar (plakatlar, rasmlar, kinogrammalar) yordamida uch marta aylanib bosqon uloqtirish texnikasini va texnikaning asosiy momentlarini ko’rsatish va tushuntirish. Uloqtirish texnikasini kinoekranda ko’rsatish.
2-vazifa. Bosqon to’g’ri ushlash dastlabki aylantirishga o’rgatishni boshlash to’g’risida tasavvur hosil qilish.
Vositalar:
1. Bosqon dastasini to’g’ri ushlashni mashq qilish.
2. Bosqonni ikki qo’llab ushlab tezlantirmay aylantirish.
3. Normal turish holatida bosqonni tezlantirib aylantirish. Shug’ullanuvchilar faqat «bosqon olinsin» degan komanda berilgandan keyingina bosqonni olib kelish uchun maydonchaga chiqishlari mumkin.
Uslubiy ko’rsatmalar. Dastlabki aylantirishni yarim o’tirgan holatda, gavda og’irligini bosqonga qarama-qarshi yo’nalgan oyoqdan-oyoqqa o’tkazib turib bajarish kerak.
Dastlabki aylantirish vaqtida bosqonning to’g’ri aylanish yuzasini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Dastlabki aylantirishni avval tekis sur’atda bajarish kerak. Uni bajarishni yetarli darajada o’rganib olgandan keyin, 3-4 aylanishni tezlashtirilib bajariladi va bosqonni yerga urish bilan bu harakatni to’xtatiladi yoki uni inertsiya bo’yicha chapga-orqaga yuqoriga uloqtirish mumkin.
Barqaror muvozanatni tarbiyalash uchun yuqoridagi mashqlarni ko’zni yumib bajarish tavsiya qilinadi.
Bosqon va boshqa og’ir buyumlar bilan mashq qilish: bosqonni bir qo’llab (chap va o’ng qo’lda) va o’tirib-turib aylantirish; boshqa asboblarni (tasmali to’ldirma to’p, qadoq tosh, qumli halta, og’irlashtirilgan bosqon yoki ikki bosqonni, yengillashtirilgan va qisqartirilgan bosqonni) aylantirish dastlabki aylantirish texnikasini egallash uchun muhim ahamiyatga ega.
3-vazifa. Burilish texnikasini o’rgatishda muvozanatni saqlab qolish bosqonni tortilish kuchiga qarshi turish.
Vositalar:
1. Bosqonsiz burilish: a) sanoq bilan («bir» deganda – burilishning birinchi yarmi, «ikki» deganda – ikkinchi yarmi;) b) sanoqsiz bir xil tezlikda.
2. Qo’lda tayoq bilan oldinga-pastga burilish.
3. Bosqonni gorizontal sath bo’ylab tezlanishsiz («to’lqinlatmay») aylantirib burilish.
4. Shuning o’zini har bir keyingi burilishni tezlashtirib bajarish.
5. Bosqonni qiya yuza bo’ylab, harakatlarni tezlashtirmay («to’lqinlatib») aylantirgan holda burilish.
6. Shuning o’zini, har bir keyingi burilishni tezlashtirib bajarish.
|
| |