|
Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
|
bet | 123/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASIUslubiy ko’rsatmalar. Sakrab-sakrab harakat qilishda o’ng oyoqni (tayanch) kuchlanishi doiraga burchak bo’lib qaratilgan bo’lib, yuqoriga qaratilmasligi shart. Sakrab-sakrab harakat qilishda, doiraning ichida ―sirpanib bajarishni harakatiga erishish shart. Sakrab-sakrab harakat qilishni, oldingi vazifalarni yechish bilan parallel olib borsa bo’ladi. Sakrab-sakrab harakat qilishda oyoqlarni bir vaqtdagi harakatiga (chap oyoqni siltash – o’ngini to’g’rilash) e’tibor berish.
5-vazifa. Sakrab-sakrab yadro itg’itish texnikasiga o’rgatish.
Vositalari:
1. Har xil og’irlikdagi yadrolarni sakrab-sakrab itqitish.
2. 2-3 sakrash bilan yadroni itqitish.
3. Yadroni doira ichida, musobaqa qoidalariga rioya qilgan holda bajarish.
4. Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar bajarish.
5. Sakrovchanlikni rivojlantirish mashqlarini bajarish.
Uslubiy ko’rsatmalar.Gavdani engashishini saqlash. Sakrab-sakrab bajarilgan harakatda yadroni doimiy ravishda oldinga va keyinchalik tezlanish bilan bajarilishini kuzatish.
6-vazifa. Yadro itqitish texnikasini takomillashtirish vashaxsiy xususiyatlarini oshirish.
Vositalari:
1. Har xil og’irlikdagi yadroni turgan joydan va sakrab-sakrab itqitish.
2. Yadroni natija uchun itqitish.
3. Og’irlik va tortish mashqlarlaridan (toshlar, qadoqtoshlar, shtangani disklari va h.k.) foydalanish.
4. Egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
5. Nazorat va kalendar musobaqalarda qatnashish.
6. Shug’ullanuvchilar orasida musobaqa tashkil qilish.
Uslubiy ko’rsatmalar. Jismoniy rivojlanish kamchiliklarini topish va ularni maxsus vositalar va yadro mashqlar bilan bartaraf etish. Final kuchlanishida oyoq, gavda va qo’lni barobar ishlashiga erishish. Texnikani baholash uchun joydan va sakrab itqitilgan natijalar solishtiriladi (yaxshi texnikani egallaganda farq, 1,5-2 m ni tashkil qiladi).
O’z – o’zini nazorat qilish uchun savollar.
Yadro itqitishning sport turi sifatida shakllanishi va rivojlanishi qaysi davrlardan boshlangan?
Yadro itqitishbo’yicha musobaqalarni kim boshqaradi?
Yadro itqitish bo’yichа dаstlаbki musоbаqаlаr nechinchi yildа o’tkаzilgаn.
Yadro itqitish bo’yicha musobaqalarida nechta hakam bo’ladi?
Yadro itqitish nechta ketma – ketlikda bajriluvchi elementlardan iborat?
Agar, yadro itqitishchi qanday ko’rinishdagi harakatlarni amalga oshirsa, u holatda uloqtirishga urinish hisobga olinmaydi?
Yadro itqitish uzoqligi nimaga bog’liq bo’ladi?
Yadro itqitishtezligi qanday bo’lishi kerak?
Erkaklar o’rtasida yadro itqitish bo’yicha dunyo rekordi qaysi davlat vakiliga tegishli?
Ayollar o’rtasida yadro itqitish bo’yicha dunyo rekordi qaysi davlat vakiliga tegishli?
Yadroning uzоqqа uchishigа tа’sir ko’rsаtuvchi оmillаr?
Xalqaro yengil atletika federatsiyasi nechanchi yildan boshlab jahon yengil atletikachilari erishgan eng oliy yutuqlarni rekord sifatida tan ola boshladi.
|
| |