• 5.3. BOSQON ULOQTIRISH TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYOTI
  • Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




    Download 24,48 Mb.
    bet124/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    10.5. BOSQON ULOQTIRISH

    Bosqon metall shardan iborat bo’lib, po’lat sim orqali dastaga biriktirilgandir. Sharni temir, po’lat, cho’yan yoki lutundan yasaladi. U yaxlit qo’yilgan yoki ichiga ancha og’ir metall (qo’rg’oshin, simob) to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Uloqtirish uchun sportchining yoshiga qarab, bosqon turli xil og’irlikda bo’ladi: erkaklar uchun – 7 kg 265 g, katta o’smirlar uchun – 6 kg, kichik o’smirlar uchun – 5 kg, ayollar uchun – 4 kg. Barcha asboblarning uzunligi bir xil (118-122 sm).



    Bosqon uloqtirish musobaqasi 2,135 m diametrga ega bo’lgan stement yoki asfalt doiradan turib, 34,920 sektorda o’tkaziladi. Uloqtirish doirasi balandligi kamida 3,5 m bo’lgan ehtiyot to’ri bilan to’silgan bo’lishi kerak.
    Bosqon uloqtirish, uni dastlabki aylantirish, bir necha marta aylanish va asbobni chiqarib yuborish bilan oxirlanadigan oxirgi kuchlanishdan iborat.
    Uloqtirish vaqtida sportchi bosqonga o’z kuchi bilan ta’sir o’tkazib, uni doiraga yaqin bo’lgan egri chiziq bo’ylab jadal harakatlantira boshlaydi. Bosqonni ufqqa nisbatan optimal burchak ostida (440) uloqtirib tayyorlanish uchun uni qiya yuza bo’ylab aylantiriladi.



    97-rasm. Bosqonni tuzilishi, bosqon uloqtirish joyi



    98-rasm. Bosqon uloqtirish joyi



    99-rasm. Bosqon ushlash



    100-rasm. Bosqon uloqtirishga tayyorlanish



    101-rasm. Bosqon uloqtirishda dastlabki siltashlar



    102-rasm. Bosqon uloqtirishda aylanish



    103-rasm. Bosqonni qo’ldan chiqrish


    5.3. BOSQON ULOQTIRISH TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYOTI
    Bosqon uloqtirishni o’rgana boshlagan yangi shogird birinchi mashg’ulotdayoq, bosqonni unchalik tez bo’lmagan harakatlari natijasida vujudga keladigan 40-50 kg chamasidagi tortish kuchini yengishi kerak. Texnikani o’zlashtirish jarayonida harakat tezligi va kuch yuklamasi ancha oshadi. Demak, bosqon uloqtirish texnikasi muvaffaqiyatli o’rganish uchun bu ishga kirishgan kishi yetarli darajada kuchli va ildam bo’lishi kerak.
    Ayrim mashqlarni va uloqtirishni oldinga sekin sur’atda bajarish kerak. Keyin texnika to’g’ri bo’lishini saqlab, sur’atni asta-sekin oshirib, maksimal darajaga etkazishga harakat qilinadi. Ayrim mashqlarni takrorlash yoki takrorlamaslik ularning qanchalik o’zlashtirilganiga bog’liq. Bir darsda ko’pincha bir necha vazifani hal etadigan mashqlar beriladi. Masalan, bir darsda dastlabki aylanishni (ko’nikmani mutahkamlash uchun) mashq qilish, snaryadsiz aylanishni (oyoqlar harakatini) o’rgatish va yadro (tosh, qadoq tosh, to’ldirma to’p va hokazolar) uloqtirish mashq qilish mumkin. Oxirgi kuch berishni (bir aylanib uloqtirishni qo’shib) o’rgatayotganda, ilgari o’tilgan mashqlar (uloqtiruvchining dastlabki aylanishi va burilishlari) texnikasini takomillashtirishga ham e’tibor bersa bo’ladi.
    Bosqon uloqtirishni o’rgatayotganda ehtiyot choralariga rioya qilish shart. Bosqon uloqtirishni va u bilan mashq bajarishni faqat musobaqa qoidalariga muvofiq jihozlangan joylarda o’tkazish kerak.
    Bosqon uloqtirish texnikasiga o’rgatish vazifalari:

    Download 24,48 Mb.
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

    Download 24,48 Mb.