|
Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
|
bet | 122/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASIUslubiy ko’rsatmalar. Qo’lni shikastlantirmaslik maqsadida, albatta panjalar bilan tayyorgarlik mashqlarini bajarish kerak. Yadro bilan o’tkaziladigan mashqlar yondashtiruvchi mashqlar bilan almashlab turiladi. Oyoq, gavda, qo’l ketma-ket ishlashini kuzatish kerak.
3-vazifa.Shug’ullanuvchilarni final kuchlanishiga o’rgatish.
Vositalari:
1. Yadroni turgan joydan, d.h. itqitish, yo’nalishiga qarab yontomon bilan turish.
2. Shuning o’zini itqitish yo’nalishiga orqa bilan turib bajarish.
3. Xuddi shuning o’zi turgan holatda o’ng oyoqda turgan holda, chap oyoqni yerga qo’yish bilan bajarish.
4. Asosiy holatda turgan holda yadro itqitishga taqlid qilib bajarish.
5. Yadroni turgan joydan, daraxtni shoxchasidan oshirib uloqtirish.
6. O’ng oyoq bukilgan holda turib, gavda chap tomonga burilgan holdagi d.h. O’ng panja belni pastki qismiga. Oyoqni keyinchalik ishlatish bilan tosni oldinga burish.
7. D.h. asosiy turish. Yadro bo’yinni yonida. Tos holatini ushlagan holda, yelkani o’ngga burib, keyinchalik oyoqqa o’tirish bilan itqitishni taqlid qilish.
8. Shuning o’zi – darhol yadroni chiqarib yuborish.
9. Yadroni itqitish uchun d.h. (itqitish yo’nalishiga qarab yon tomon bilan turish, chap oyoq tayanchiga turib (10-15 sm) – yadroni itqitish.
10. Sherigining qo’lini pastdan balandga qarab itarib yuborish.
Uslubiy ko’rsatmalar. Mashqlar quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: 1) chap oyoqni tayanch uchun tushirish; 2) tosni aylantirish; 3) tovonni o’ngga burish; 4) ko’krak bilan oldingayuqoriga harakat qilib, qo’ldagi yadroni itqitish. Mashqlarni bajarishda keraklilari: 1) ikki oyoqda yaxshi tayanch hosil qilish; 2) itqitishda harakatni o’ng oyoqdan boshlab, tosni aylantirish bilan uni oldinga-yuqoriga harakatlantirish. Itqitishni yo’nalishini nazorat qilish uchun ma’lum predmetni ustidan oshirib itqitish.
4-vazifa. Shug’ullanuvchilarni sakrab-sakrab harakat qilishga o’rgatish.
Vositalari:
1. Start grupirovkasiga o’rgatish.
2. Chap oyoq bilan vipad qilib, bukilgan o’ng oyoqni o’zini joyiga qo’yish.
3. Xuddi shuning o’zi, qo’l bilan yoki sherikka tayanish.
4. Yadro bilan sakrab-sakrab harakat qilish.
5. Sakrashni keyinchalik ikki oyoq bilan balandga bajarish.
6. Sakrab-sakrab harakat qilishni butunligicha, doirani ichida yadroni itqitmasdan va itqitib bajarish.
7. Sakrab-sakrab harakat qilishni katta tayanchdan baland sakrash. Keyin yana sakrash bilan bajarish.
8. Shuning o’zi, lekin final kuchlanishni tahlil qilish bilan bajarish.
|
| |