• 1-vazifa.
  • Uslubiy ko’rsatmalar.
  • YADRO ITQITISH TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYOTI




    Download 24,48 Mb.
    bet121/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    YADRO ITQITISH TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYOTI

    Yadro itqitish texnikasini endi boshlayotgan shug’ullanuvchilarga, ularning jismoniy va irodaviy tayyorgarlik darajasi qandayligidan qat’i nazar, o’rgatish mumkin. Dastlabki mashg’ulotlarda, ayniqsa jismoniy tayyorgarligi past bo’lgan shug’ullana boshlaganlar uchun ancha yengil yadrolar (ayollar uchun 2-3 kg va erkaklar uchun 4-5 kg) qo’llanishi maqsadga muvofiqdir. Endi boshlayotganlar bilan yadro itqitish mashg’uloti o’tkazish joyi tekis va qattiq yerda bo’lib, albatta itqitish doirasi ham bo’lishi shart. Baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun shug’ullanuvchilarmaydonchaning bir tomonida bir-birlaridan 4-6 metr oraliqda turishadi, yadroni esa bir tomonga itqitishlari lozim. Shug’ullanuvchilarning barchasi har bir mashqni bajarganlaridanso’ng yadroni olib kelish uchun imkoniyat berish kerak. Quyida o’rgatish vazifalari, vositalari va uslubiy ko’rsatmalar berilgan.
    1-vazifa. Shug’ullanuvchilarning yadroni itqitish texnikasi bilan tanishtirish.
    Vositalari:
    1. Yadro itqitish va uni bajarish qoidalari bilantanishtirish.
    2. Doira ichida yadro itqitishni tushuntirish va ko’rsatish.
    3. Ko’rgazmali qurollardan (kinogrammalar, o’quv filmlari va kinokolstovkalar) foydalanib ko’rsatish.
    4. Normativ talablar: razryad, o’quv va h.k. bilan tanishtirish.
    5. Rekordlar va ularni bajarilishi bilan tanishtirish.
    6. Yadro itqitishda sport natijalarini ko’rsatish uchun bog’liq bo’ladigan omillar bilan tanishtirish.
    Uslubiy ko’rsatmalar. Birinchi mashg’ulotlarda yengillashtirilgan yadrodan foydalaniladi, baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun shug’ullanuvchilarni oralig’i 3-4 m qilinib, bir tomonga qarab itqitiladi.
    2-vazifa. Shug’ullanuvchilarni yadroni ushlash va itarishga o’rgatish.
    Vositalari:
    1. Yadroni qo’ldan va bo’yin yonida ushlanishni tekshirish, ko’rsatish va tanishtirish.
    2. D.H. asosiy turish, yadro balandda, cho’zilgan qo’llardagi barmoqlar bilan itqitish ushlab olinadi.
    3. Yadroni itqitishni yo’nalishiga qarab yuqoriga, oldingayuqoriga qarab itg’itish.
    4. Xuddi shuning o’zi, yo’nalishiga qarab yarim yon tomondan itqitiladi.
    5. Yadroni goh chap, goh o’ng qo’l bilan yoki ikki qo’l bilan o’zidan oshirib otib ilib olish.
    6. Yadroni pastdan oldinga-balandga, ikki qo’llab orqadanoldinga boshdan oshirib otish.
    7. Gavda to’g’ri ushlangan, o’ng oyoq tizzadan buklangan, chap oyoq oldinga qo’yilgan holatdan, yadroni ko’krak oldidan ikki qo’llab, oldinga balandga qarab itg’itish.
    8. Xuddi shuning o’zi, lekin bir qo’lda bajarish.
    9. D.H. asosiy, yadro yuqoriga cho’zilgan, o’ng qo’lda. Oyoqni ozroq egib, yadroni panjalar bilan itg’itish. Yadroni ushlab olish.
    10. 3, 4, 5-mashqlarni to’ldirma to’plar bilan bajarish.

    Download 24,48 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    YADRO ITQITISH TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYOTI

    Download 24,48 Mb.