|
SPОRT INSHООTLARINI TОIFA VA DARAJALARGA BO‘LISH
|
bet | 136/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI7.3. SPОRT INSHООTLARINI TОIFA VA DARAJALARGA BO‘LISH
Dunyo sport qurilishi amaliyotida sport inshootlarining yagona tasnifi yo‘q. Bir qator mamlakatlarda sport inshootlarini tasnifi va toifalarga bo‘lishning o‘z uslublari ishlab chiqilgan.
1996-yil 26-martda sport inshootlarini aniq belgilash uchun qisqacha tavsifnomali tasnifi kiritilib tasdiqlandi. Bu yagona tasniflash yordamida sport inshootlarini tabaqalash, hisoboti va pasportizatsiyasi bajariladi. Bu sinfl ash asosida sport qurilmalari quyi dagilarga bo‘linadi:
me’yoriy-rejalashtirilgan va hajmli-konstruktiv tuzilishli;
hajmli-rejalashtirilgan tuzilishli;
kengligi hisobga olingan holda qurilgan;
ishlatilish holatiga qarab qurilgan;5) shahar tipi rejasiga qarab qurilgan;
6) foydalanish holati va o‘ziga xosligi.
Me’moriy – rejalashtirilgan qiyofali sport inshootlari: a) hajmli (kengligi);
b) tekislikdagi inshootlarga bo‘linadi.
Hajmlilariga hamma yopiq sport inshootlari: sport zallari, sport saroylari, yopiq suv havzalari va manejlar kiradi.
Tekislikdagilarga sport maydonlari va maydonchalar, yengil atletika va konki otish yo‘lkalari, chang‘i va tog‘ chang‘isi trassalari, kross uzunligi kiradi.
Hajmli – rejalashtirilgan qiyofali sport inshootlari: a) yopiq;
b) ochiq sport inshootlari kiradi.
Yopiq inshootlar – bu o‘quv mashqlanish jarayoni va musobaqalari o‘tkaziladigan yopiq zallar, manejlar, basseynlar, sport saroylaridir.
Оchiq sport inshootlariga yuqoridagi aytilgan jarayonlar ochiq havoda, binodan tashqarida o‘tkaziladigan inshootlar kiradi:
Kengligi hisobga olingan holda qurilgan inshootlar: a) alohida inshootlar;
b) kompleks inshootlar.
Alohida inshootlar sportning bir turi uchun mo‘ljallangan inshootlardir (maxsuslashtirilgan zallar, bitta hovuzli suv havzasi, maydon va maydonchalar, yengil atletika va konkida yugurish yo‘laklari, velotreklar).
Kompleks sport inshootlari bir hududda yoki bir binoda joylashgan bir necha alohida va har xil sport turlariga mo‘ljallangan sport inshootlaridir (stadionlar, sport saroylari, bir necha hovuzli suv havzalari, kompleks maydonlar, ko‘p zalli sport korpuslari va boshqalar).
Shahar tipi rejasiga muvofi q qurilgan inshootlar aholi yashash tarkibiga qarab rejalashtiriladi:
mikrotuman (kichik tuman aholisini, yashash uylari va alohida uylari) aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi;
tuman (yashaydigan aholisiga yoki tuman ishlab chiqarish korxonalari) aholisiga xizmat qiluvchi;
tumanlararo xizmat qiluvchi;
umumshahar (shaharni yoki posyolkani hamma aholisini) hududida xizmat qiluvchi sport inshootlari.
Foydalanish holati va maxsus belgilanishiga ko‘ra qurilgan sport inshootlari quyidagilar:
o‘quv-sport, ya’ni faqat o‘quv-mashg‘ulot jarayoni uchun
mo‘ljallangan;
namoyish etish uchun, ya’ni musobaqalarni tomoshabin
ishtirokida o‘tkazishga mo‘ljallangan;
aholining faol dam olishi uchun mo‘ljallangan (bularga sayl-gohlar, tog‘lardagi dam olish bazalari kirib, ularda aholi bilan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari olib boriladi);
maxsuslashtirilgan sport inshootlari (bular davolash, sog‘lomlashtirish va bolalar bilan sport mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun mo‘ljallangan inshootlardir).
Har bir sport inshooti tarkiban 3 bo‘linmadan tuzilgan. Muh im qismi asosiy inshoot bo‘lib, bu – jismoniy tarbiya va sport amaliy mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan inshootdir. Masalan, basketbol uchun o‘yin maydoni, xokkey uchun muzli tekislik, suzish uchun suv havzasi, sport yadrosi va boshqalar.
Qolgan ikkita bo‘lim – yordamchi va tomoshabin uchun inshootlardir. Agar sport inshooti faqat o‘quv mashg‘uloti uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, u yerda tomoshabin uchun maxsus jihozlar bo‘lmasligi kerak.
Yordamchi sport inshooti – shug‘ullanuvchi va musobaqa qatnashchilariga xizmat qiladi. Bu inshootlarga garderob, yechinish-kiyinish xonasi, dush, uqalash xonasi, uslubchilar xonasi, murabbiylar xonasi, tibbiyot xodimlari xonasi, hakamlar xonasi, sportchilar uchun yuvinish xonalari va boshqalar kiradi.
Yordamchi inshootlar tarkibiga yana asosiy sport inshooti ning ishlatilishini ta’minlovchi xonalar: ma’muriy, xo‘jalik (jihozlar saqlanadigan hujraxona) va texnik muhandisi xizmatchi xonalari, suv isitish va elektr ta’minoti, axborot va hisobga olish, radio va televideniye, telefon aloqalari, suvni tozalash-dezinfeksiya, muzlatish va boshqalar kiradi. Tomoshabin uchun inshoot – bunga tribunalar (o‘rnatilgan yoki qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘lgan), skameykalar, stullar, asosiy inshoot oldida turish uchun joylar (sport yadrosi, basseyn, maydon) va xizmat ko‘rsatish xonalari (pavilonlar, foye bufetlar, qahvaxona, tibbiy xizmat xonasi va boshqalar) kiradi.
Bir tipli sport inshootlari o‘zining kattaligi bilan tabaqalarga bo‘linadi. Sport inshootlarinig oltita tabaqasi belgilanib, ular quyidagi ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi:
tribunadagi joylarning soni va ochiq sport maydonlarining soni (stadionlar);
hovuzlarning kengligi va soni;
tribunalardagi o‘tirish joylarining soni, sun’iy ravishda muzlatilgan muz joylarining soni (sport saroylari);
ochiq va yopiq tipdagi sport inshootlari soni va sportchilar uchun yashash xonasining soni (o‘quv-sport bazalari);
chang‘ilar soni (chang‘i bazalarida);
masofali mexanizatsiya bilan ta’minlangan jihozlangan tirlarning mavjudligi (o‘q otish joyi);
aylana shaklidagi oshish uchun devorlar va zovurlar (transheyalar) soni (o‘q-otish ovchilik devorlari);
katta kemalar soni (eshkak eshish bazalari, yaxtklublar va suv-motor bazalari);
alohida inshootlar soni (kompleks maydonlarda);
tramplin kattaligi, hisoblangan sakrash uzunligi (chang‘i tramplinlarida);
alohida sport zallarining tarkibiy soni.
|
| |