• Tayanch iboralar
  • – Ma’ruza.YENGIL ATLETIKA BO‘YICHA MUSOBAQALARNI TASHKIL QILISH VA O‘TKAZISH, MUSOBAQALARDAGI HUJJATLAR VA HAKAMLIK ISHI




    Download 24,48 Mb.
    bet138/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    8– Ma’ruza.YENGIL ATLETIKA BO‘YICHA MUSOBAQALARNI TASHKIL QILISH VA O‘TKAZISH, MUSOBAQALARDAGI HUJJATLAR VA HAKAMLIK ISHI
    Reja:
    8.1. Yengil atletika musobaqalarini o’tkazish va tashkil qilish
    8.2. Musobaqalarga tayyorlanish
    8.3. Har bir guruhning ish tartibi
    8.4. Talabnomalarni qabul qilish va ularga ishlov berish
    8.5. Musobaqa hujjatlarini tayyorlash va nashretish
    8.6. Musobaqalarni o’tkazish
    8.7. Yengil atletika musobaqalarini rasmiylashtirish bo’yicha hujjatlar na’munasi


    Tayanch iboralar
    1. Starter - startda buyruq beruvchi
    2. Referi - hakam
    3. Marra
    4. Start
    5. Xronometrist
    6. Snaryad
    7. To’qima
    8. Tayyorgarlik

    Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasi qonuning qoidalariga muvofiq holda yangi o’quv rejalari, dasturlarining zamonaviy didaktik ta’minotini ishlab chiqish Oliy o’quv yurtlari faoliyatida milliy tajribalarning tahlili va jahon miqyosidagi yutuqlar asosida yangi darsliklarni o’quv adabiyotlarini yaratish vazifalari ko’rstib o’tilgan.


    Prezidentimiz I.A.Karimov Tomonidan 2013 yil 25 fevralda O’zbekiston Respublikasi sportchilarini Reo-de-Janeyro (Braziliya) shahrida o’tkaziladigan XXXI yozgi Olimpia va XV Paralimpiya o’yinlariga tayyorgarlik ko’rishi va iqtidorli istiqboli bor o’quvchi yoshlarni izlab topish va tayyorgarlikning ko’p yillik sikllariga yo’naltirish masalalariga qaratilgan.
    Iqtidorli bolalar va o’quvchi yoshlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Sport sohasida iste’dodli o’smir va qizlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini o’stirish bo’yicha ishlarni tashkil etish, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yirik musobaqalarga tayyorlash va xalqaro toifadagi sport ustalariga munosib zahiralarni tayyorashdan iborat bo’ladi.
    Yurtimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to’g’risidagi” Qonunlarning qabul qilinganligi mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash ularni bilim darajasini oshirish masalalarini hal etishda dasturul amal bo’lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa ushbu qonunlarning joylarda ijrosini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish bo’yicha bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining tarkibiy qismi yurtimizda o’tkazib kelinayotgan uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalarida o’quvchi, talaba-yoshlar toblanib ko’p yillik tayyorgarlik bosqichlariga yo’naltirib borilayotganligi xalqaro maydonlarda ushbu sportchilar yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqdalar. Ayniqsa o’quvchi yoshlarni rivojlanganlik darajasi, sog’ligini mustahkamlashda tayyorgarlik darajasini oshirishda va irodaviy fazilatlarini shakllantirishda yengil atletika mashqlaridan keng foydalanib kelinmoqda. Biz bilamizki, yengil atletika mashqlari turli xil bo’lib, Jahon chempionatlari va Olimpia o’yinlari dasturidan ushbu sport turi bo’yicha 47 ta oltin medallar uchun kurash olib boriladi va bu turlarning barchasi “klassik” turlar hisoblanadi.
    Shunday ekan yengil atletika mashqlari nafaqat jismoniy tarbiya va sportda, balki, ta’lim sohalarining barcha tarmoqlarida har bir soha xodimlarining kundalik hayot tarziga aylanib bormoqda.
    Yengil аtlеtikа bo’yichа musоbаqаlаrni tаyyorlаsh vа o’tkаzishdа bоsh kоtib hаmdа kоtibiyat ishlаrini tаshkillаshtirish vа o’tkаzish ko’p vаqt, kuch vа muаyyan hаrаkаtlаrni tаlаb qilаdi.
    Tаyyorlаngаn uslubiy qo’llаnmа tаlаbаlаr hаmdа yosh hаkаmlаrning musоbаqаlаrgа hаkаmlik qilish mаsаlаlаrigа dоir bilimlаrni egаllаshi vа ulаrgа o’z vаqtidа hоzirlik ko’rishi uchun judа qulаy.
    Ma’ruzadа bоsh kоtib fаоliyatining judа muhim hоlаtlаri ko’rsаtilgаn vа ulаr musоbаqа jаrаyonidа ko’p хаtоliklаrni bаrtаrаf etishgа yordаm bеrаdi. Bu dеgаni hаr bir spоrtchi hаkаmlik qilа оlаdi dеgаni emаs. Buning uchun ko’plаb musоbаqаlаrdа ishtirоk etish vа kеrаkli ko’nikmа vа tаjribаlаrni оrttirish zаrur bo’lаdi.



    Download 24,48 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – Ma’ruza.YENGIL ATLETIKA BO‘YICHA MUSOBAQALARNI TASHKIL QILISH VA O‘TKAZISH, MUSOBAQALARDAGI HUJJATLAR VA HAKAMLIK ISHI

    Download 24,48 Mb.