• Tayanch iboralar.
  • – Ma’ruza. YENGIL ATLETIKADA BO’YICHA SPORT INSHOOTLARI, JIXOZLARI VA ULARNI ISHLATISH




    Download 24,48 Mb.
    bet134/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    7– Ma’ruza. YENGIL ATLETIKADA BO’YICHA SPORT INSHOOTLARI, JIXOZLARI VA ULARNI ISHLATISH
    Reja:
    7.1. Spоrt inshооtlari haqida tushuncha.
    7.2. O’zbekistоn respublikasi spоrt inshооtlarining qurilishi haqida ma’lumоt.
    7.3. Spоrt inshооtlarini tоifa va darajalarga bo‘lish
    7.4. Yengil atletika sektоri, anjоm va jihоzlari


    Tayanch iboralar.

    1. Sektor

    2. Planka

    3. Inshoot

    4. 4-tip

    5. Depsinish taxtasi

    6. Langarcho’p

    7. Disk

    8. Bosqon

    9. Havfsizlik to’sig’i



    7.1. SPОRT INSHООTLARI HAQIDA TUSHUNCHA


    Hozirgi kunda respublikamizda sport va jismoniy madaniyatni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Aholi, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol qilib tarbiyalashda sportning ahamiyati katta. Zero sport va jismoniy tarbiya nafaqat tanani, balki ruhni, irodani tarbiyalaydi.
    Jismoniy tarbiya va sport – aholi salomatligini mustahkamlash, ishchi-xodim, o‘quvchi va talabalarning ishchanlik qobiliyatini, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
    Aynan shuning uchun ham mazkur soha rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid qonun va qarorlar, boshqa me’yoriy hujjatlar va davlat dasturlari qabul qilinib, izchil amalga oshirilmoqda.
    «Jismoniy madaniyat va sport to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 20-yanvardagi PQ-1042 sonli «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining 2009-yil bolalar sport inshootlari, suzish havzalari va musiqa va san’at maktablari qurilish manzilli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori… Bu kabi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ro‘yxatini uzoq davom ettirish mumkin.
    Bu kabi hujjatlar ijrosini ta’minlash, muhimi, aholi o‘rtasida jismoniy madaniyat va sportni, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda sport inshootlari ham katta ahamiyat kasb etadi. Zamon talablari darajasida jihozlangan sport inshooti har bir insonda sport bilan shug‘ullanishga ishtiyoq uyg‘ota oladi.
    Sport inshootlari bu maxsus faoliyatga mo‘ljallangan ko‘p qirrali madaniy sog‘lomlashtiruvchi sport majmuasi bo‘lib, respublikamizda sport maydonlari, suzish havzalari, manejlar va boshqa inshootlar o‘quv mashqlar hamda ommaviy tadbirlarni o‘tkazish joylariga aylangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida sport inshootlarini barpo etish umumxalq dasturiga kiritilgan.
    Sport inshootlarini qurishda sport talablari e’tiborga olinadi. Inshoot, eng avvalo, o‘quv jarayoniga moslashtirilgan, maxsus ventilatsiya, isitish, yoritish tizimlari, mashg‘ulot jarayonida ishlatiladigan jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Sport inshootining yechimi funksional, konstruktiv, me’moriy jihatdan uyg‘unlashgan bo‘lishi muhim.
    Yangi sport inshootlarini barpo etishda fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalaniladi. Bu inshootlarda salomatlikka zarar yetkazmaydigan, aksincha, uni ta’minlashga xizmat qiladigan konstruktiv, qurilish materiallaridan foydalaniladi.
    Yangi qurilgan inshootlardan to‘g‘ri, samarali foydalanish uchun jismoniy tarbiya va sport muammolarini yaxshi biladigan yosh mutaxassislarga ehtiyoj ko‘paymoqda. Shuning uchun sport inshootlarini rejalashtirish, ularni qurishga oid talablarni mukammal egallagan kadrlarni tayyorlash zamon talabidir. Sport obyektlari va inshootlarini qurish hamda ulardan ratsional foydalanish qoidalarini sport instruktorlari, murabbiylar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, yangi sport inshootlari qurilish boshliqlari bilishi shart. Shuning uchun jismoniy tarbiya ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar tayyorgarligida «Sport inshootlari» faniga alohida e’tibor berilgan.



    Download 24,48 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – Ma’ruza. YENGIL ATLETIKADA BO’YICHA SPORT INSHOOTLARI, JIXOZLARI VA ULARNI ISHLATISH

    Download 24,48 Mb.