• IV. Ko’pkurashlarda
  • IV. Jamoaviy natijalar guruhi
  • III. Uloqtirishlar, yadro itqitish, uzunlikka va uch hatlab sakrashlarda




    Download 24,48 Mb.
    bet149/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    III. Uloqtirishlar, yadro itqitish, uzunlikka va uch hatlab sakrashlarda
    1. Dasturdagi mazkur turlarning birortasida maydonga chiqadigan sportchilar orasida o’rinlarning taqsimlanishi asosiy hamda final musobaqalarda 6 ta urinishning barchasida ko’rsatilgan natijalarning eng yuqorisi bo’yicha final ishtirokchilari uchun o’tkaziladi. Qolgan barcha ishtirokchilar uchun asosiy musobaqalardagi uch urinishning eng yaxshi natijasi bo’yicha o’tkaziladi. Agar ikki yoki bir necha ishtirokchi bir xil natija ko’rsatgan bo’lsa, u holda o’rinlar bu ishtirokchilarning (asosiy va final musobaqalarda) qolgan urinishlardagi eng yaxshi natijalari bo’yicha taqsimlanadi.
    Malakaviy musobaqalarning natijalari asosiy musobaqalarda shaxsiy birinchilikni aniqlashda hisobga olinmaydi. Zaruriyat tug’ilganda, asosiy musobaqalarga qo’yilmagan ishtirokchilar orasida o’rinlar malakaviy musobaqa natijalari bo’yicha taqsimlanadi.


    IV. Ko’pkurashlarda
    1. Har bir tur bo’yicha ko’rsatilgan natijalar maxsus jadval asosida ochkolarda baholanadi. Yakuniy natijalar mazkur ko’pkurash tarkibiga kiruvchi barcha turlar uchun olingan ochkolar yig’indisiga ko’ra aniqlanadi.
    2. Yugurish bo’yicha barcha natijalar yo 0,01 sek aniqlikkacha, yoki (agar fotomarra bo’lmasa) 0,1 sek. aniqlikkacha olinadi.
    3. Agar bir necha ko’pkurashchida ochkolar yig’indisi bir xil bo’lsa, ko’pkurashning ko’proq turlari bo’yicha raqibidan oldinda bo’lgan sportchiga ustunlik beriladi. Bu ko’rsatkich ham bir xil bo’lsa, ko’pkurashning biror turi uchun ochkolarda eng yuqori baho olgan sportchi ustunlikka ega bo’ladi.
    4. Ko’pkurashning bir turi bo’yicha musobaqaga kelmagan (uzrsiz sabab bilan) ishtirokchi musobaqalardan chiqarib yuboriladi.
    5. Nol baho olish ishtirokchini musobaqadan chiqarib yuborish uchun sabab bo’la olmaydi.


    IV. Jamoaviy natijalar guruhi

    • jamoaviy hisob natijalarini umumlashtirish bilan shug’ullanadi;

    • vakillar uchun peshlavhadagi jamoaviy bellashuvlarning borishi jadvalini to’ldirib boradi;

    • o’tgan turlardan so’ng jamoalarning holati to’g’risida ma’lumotlar markazi, axborot va tabloga xabar beradi;

    • varaqalarni materiallardan nusxa ko’chirish guruhiga etkazib beradi.




    Download 24,48 Mb.
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Uloqtirishlar, yadro itqitish, uzunlikka va uch hatlab sakrashlarda

    Download 24,48 Mb.