VI. Materiallardan nusxa ko’chirish guruhi




Download 24,48 Mb.
bet150/244
Sana21.05.2024
Hajmi24,48 Mb.
#249047
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   244
Bog'liq
portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

VI. Materiallardan nusxa ko’chirish guruhi
- musobaqaning barcha davralariga oid start, ishchi, oraliq va yakuniy bayonnomalarini bosib chiqaradi hamda tekshiradi.
Musobaqalarning ishchi bayonnomalari: dasturning yugurish turlari uchun 10 nusxada, sakrash va uloqtirishlar uchun 9 nusxada bosib chiqariladi.
Musobaqa bayonnomalarida quyidagilar ko’rsatiladi:

  • musobaqalarning to’liq nomi (nizomga muvofiq);

  • o’tkazilish joyi va vaqti, stadionning nomi;

  • har bir ishtirokchining to’liq familiyasi va ismi, raqami, qaysi jamoaga mansubligi;

  • mazkur tur bo’yicha erishgan rekord natijalari;

  • boshlang’ich va keyingi olgan balandliklari (balandlikka hamda langarcho’p bilan sakrash);

  • shaxsiy (sh) yoki tanlovdan tashqari (tt) ishtiroki to’g’risidagi belgi.

Musobaqa bayonnomalari papkalarga quyidagi tartibda joylashtiriladi:

Marraga va sakrash hamda uloqtirishlarning har bir turiga oid papkalarga final musobaqalari blankining 2 nusxasi, nusxa ko’chiruvchi qog’oz, shuningdek, mukofotlash blankining 2 nusxasi solinadi.
Ishchi papkada dastur turi hamda musobaqalarning boshlanish vaqti ko’rsatiladi. Materiallar yo’qotilishining oldini olish va mas’uliyatni oshirish maqsadida materiallarning kimga berilayotganligi, vaqti, hakamlar guruhlaridan kotibiyatga ishchi qaydnomalarning kelib tushish vaqti yozib boriladi.
Materiallardan nusxa ko’chirish guruhi:

  • turli xil hakamlik hujjatlarini bosib chiqaradi;

  • yakuniy hujjatlarni zarur miqdorda ko’paytiradi (yakuniy qaydnomalar shakli ilovada keltirilgan);

  • hujjatlarni taqdim etish guruhiga materiallarni etkazib beradi;

  • ishlov berilgan varaqalarni arxivga jo’natadi.

Materiallardan nusxa ko’chirishda quyidagilarni ko’rsatish zarur:

  1. yengil atletikaning ushbu turi stadionda yoki undan tashqarida o’tkazilgani;

  2. yigitlar va qizlar guruhlari uchun snaryadlarning og’irligi;

  3. barerlarning balandligi va ular orasidagi masofa;

  4. musobaqalar boshlanadigan sana, vaqt, havo namligi, poyganing boshlanishi, final natijalari;

  5. sport jamiyatlarining qisqacha belgisi:

  • DFSOP – P;

  • “Dinamo” – D;

  • (“Mehnat rezervlari” - MR);

  • markaziy harbiy sport klubi – MXSK.




Download 24,48 Mb.
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   244




Download 24,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VI. Materiallardan nusxa ko’chirish guruhi

Download 24,48 Mb.