Pedagogik vazifalar:
G’ovlar osha yugurish to’g’risida tasavvur hosil qilish. O’rgatish qisqa g’ovli masofadan boshlanadi, 400 metrli masofani o’zlashtirishga keyinroq kirishiladi.
G’ovlar orasida uchta yugurish qadamini bajarib ularni oshib o’tishga o’rgatish (ritmni o’zlashtirishlar). Bu vazifani amalga oshirish ko’p jihatdan g’ovlarning balandligi va joylashtirilishi, startdan birinchi g’ovgacha hamda g’ovlar orasidagi masofaga bog’liqligi haqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.
G’ovni oshib o’tishda oyoqlar, qo’llar va gavda harakatlarhaqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.
Past start va startdan tezlik olish hamda g’ovlarni oshib o’tish texnikasihaqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.
G’ovlar osha yugurish texnikasi elementlarini takomillashtirishhaqida ma’lumotlar berish, amaliy ko’rsatish hamda o’rgatish.
|
O‘quv faoliyati natijalari:
O’quvchilarning diqqati startdan tezlik olish, g’ovni oshib o’tish, g’ovlar orasida yugurishga jalb etiladi. Imkon bo’lsa, malakali g’ovchining yugurishi takroran namoyish etilganidan so’ng, sportchilarga 3-4 g’ovni oshib o’tish taklif qilinadi. Buni o’ziga xos test deb hisoblash mumkin. Birinchi martadayoq bu topshiriqni yaxshi bajarganlar, odatda, o’rganish sur’atlari va natijalarining o’sishi jihatidan ustunlikka ega bo’lishligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
O’rganish bosqichida dastlab to’siqlar o’rnini g’ov plankasi, to’ldirma to’plar va h.k. bilan belgilab yugurish mumkin, birinchi g’ovgacha bo’lgan masofa avval 4, keyin 6 yugurish qadamida bosib o’tilishi kerak.
7-8 yoshli bolalar uchun birinchi g’ovgacha 6 yugurish qadami qo’yiladigan bo’lsa, masofa 7-7,5 m, g’ovlar orasida – 4-4,5 m, g’ovlar balandligi – 20-40 sm.
10 yoshli bolalar uchun muvofiq ravishda 7,5-8,5 m; 4,5-6 m; 40-60 sm.
13 yoshlilar uchun – 8-9 m; 5,5-6,5 m; 50-76,2 sm.
Bolalarni g’ovlar osha yugurish texnikasiga o’rgatishning eng oqilona usuli – yaxlit usul. O’quvchilar 3-4 g’ovni yetarlicha yuqori tezlikda (nazorat ostida) yugurib o’tadilar, murabbiy esa umumiy va xususiy e’tirozlarini bildiradi. Umumiy e’tiroz yugurish tezligi, ritmi, harakatlarning erkinligiga taalluqli. Xususiy e’tirozlar esa alohida qadamlarning bajarilishi bilan bog’liq bo’ladi. Har bir g’ovga itarilish joyida nazorat belgisi qo’yiladi. U sezilarli bo’lishi kerak. G’ov ortidagi “qo’nish” joyiga ham, zarur bo’lsa, birinchi qadam o’rniga ham belgi qo’yib chiqish lozimligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
Bu harakatlar asosan ikkinchi topshiriqni bajarish vaqtida o’zlashtiriladi. Maxsus mashqlarni o’zlashtirish chog’ida o’rgatish samaradorligi ortadi. Har bir mashq bajarish variantlariga ega. Texnika detallari o’zlashtirib borilgani sayin maxsus mashqlar doirasini kengaytirishga to’g’ri keladi (maxsus mashqlarga q.)
O’rgatishning dastlabki bosqichida eng keng tarqalgan xatolar:
1. Tezlik olish vaqtidagi ishonchsizlik, itarilish joyiga aniq tushmaslik yoki g’ovga itarilish oldidan so’nggi qadamni uzaytirish va oyoqni OMO’ proekstiyasidan ancha oldinga tovon bilan qo’yish. Natijada tezlikning pasayishi hamda g’ovga past holatdan sakrash yuz beradi. Bu nuqsonni bartaraf etish uchun yugurib kelishni belgi qo’yilgan yo’lkachada to’rt, olti, sakkiz qadamdan bajarish, qo’rqmaslik va qat’iyatni rivojlantirish kerak.
2. Siltanuvchi oyoq sonini g’ovga ko’tarishda gavdani vaqtidan avvalroq oldinga egish ko’pincha ayrim mushak guruhlarining (orqa, sonning old sirti, qorin-bel sohasi mushaklari) kuchi yetarli emasligi tufayli yuzaga keladi. Tegishli mushak guruhlarini mustahkamlovchi mashqlar bajarilganidan keyin xato barham topadi.
3. G’ovga sakrashda siltanuvchi oyoqni tizza bo’g’imida vaqtidan ilgari rostlash: g’ovga yakuniy tezlanishning yo’qligi va itarilish burchagining katta bo’lishi 1, 2-mashqlarni bajarish orqali yo’qotiladi (3-topshiriq).
4. G’ovga sakrash vaqtida oyoqlar orasidagi burchakning yetarli kattalikda emasligi egiluvchanlik bo’lmagani tufayli yuz beradi.
5. Itariluvchi oyoqni g’ov ustidan oshirib o’tkazishda xatolar yuz beradi, ular siltanuvchi oyoq tizzasining haddan ortiq ko’tarilishi yoki yetarlicha ko’tarilmasligida ifodalanadi. Natijada g’ov oyoq uchi yoki tizza bilan urib yuboriladi va yugurish ritmi buziladi. Xatoni bartaraf etish uchun g’ov yonida turib qo’llar bilan tayangan holda, bir oz egilgan vaziyatda itariluvchi oyoqni olib o’tish mashqlari bajariladi.
6. Itariluvchi oyoqni g’ovdan tushish vaqtida keragidan avvalroq o’ziga tortish hamda gavdani rostlash xato hisoblanib, buni bartaraf etish uchun sportchi g’ovdan 30-40 sm uzoqlikda, uning yonida itariluvchi oyoqda turib, siltanuvchi oyoq sonini g’ov plankasi sathida ko’taradi, bu paytda boldir pastga erkin tushib turadi, siltanuvchi oyoq rostlanib, g’ov ortiga tushirilgach, itariluvchi oyoq tezgina to’siq ustidan oshirib o’tkaziladi. Mashq joyida turib ham, harakatda ham bajarish haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
Avval yuqori start qo’llaniladi. Shu tariqa startdan yugurib kelish ritmini egallab olish osonroq. Dastlabki yugurish mashqlarida 4 qadam bajariladi. Itariluvchi oyoq oldinga chiqariladi. Boshida 3 ta qadam bir me’yorda, to’rtinchisi tezlashtirib tashlanadi. Bunday ritm ovoz va zarbalar bilan hosil qilinadi. U g’ovlar orasidagi yugurish va g’ovni tez oshib o’tish ritmiga o’xshaydi. Keyin startdan yugurib kelish ikki yugurish qadamiga yuqorida keltirilgan metr kattaliklariga qadar uzaytiriladi. 6 qadamli yugurib kelishda oxirgi ikki qadamni tezlashtirish imkoni bor, ularni belgilar bilan shunday ajratish kerakki, 6-qadam 5-sidan 10-15 smga qisqaroq bo’lsin. Keyin butun startdan yugurib kelish kesmasi belgilab chiqiladi, bunda har bir keyingi qadamning bir xil kattalikda uzayishiga (10-15 sm) e’tibor qaratiladi. Qadamlarning uzunligi va vaqti jihatidan to’g’ri bajarilishi startdan yugurib kelishning chiroyli chiqishiga yordam beradi.
Dastlab sakkiz qadamli yugurib kelishga o’tish uchun shoshilishga ehtiyoj yo’q. G’ovdan oshib o’tish hamda g’ovlar orasida yugurish texnikasini olti qadamli usul bilan ham samarali egallab olish mumkin. Bu amallar qo’pol xatolarsiz, g’ov ustida va undan oshib o’tib erga “qo’nish” paytida muvozanatni to’g’ri saqlagan holda bajariladigan bo’lgach, sportchi 8 qadamli yugurib kelish usuliga o’tishi mumkin.
Bu davrda g’ovlarni joylashtirish nuqtai nazaridan va o’rgatish usuliyatiga ko’ra o’g’il va qiz bolalar bilan ishlashda deyarli hech qanday farq yo’q. Birinchi g’ovgacha bo’lgan masofa 8 yugurish qadamini tashkil etadi. Startdan yugurib kelish tezligi jiddiy ortib boradi, u bilan birga qiyinchiliklar va xatolar soni ham oshaveradi.
Qadamlar uzunligini 7 tagacha oshirish hamda parvoz vaqtida sonlarni tezlik bilan birlashtirish va itariluvchi oyoqni itarilish joyiga yuqoridan faollik bilan joylashtirish hisobiga 8-qadamni qisqartirish talablariga rioya qilish zarur. Bu vaqtgacha g’ovchi past start va g’ovlarsiz startdan yugurib kelish texnikasini o’zlashtirib olgan bo’lishi zarur. Start va startdan yugurib kelish g’ovlar osha yugurishda yuqorida ko’rib chiqilgan bir qator xususiyatlarga ega bo’ladi. Bu xususiyatlarni bilib olish g’ovlar osha yugurish texnikasida ko’proq takomillashtirish bosqichihaqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
O’rgatishning takomillashtirishga doir vazifalari har bir mashg’ulotda takrorlanadi va asta-sekin o’z ichiga qator vazifalar yig’indisini, vositalar orqali usuliy ko’rsatmalar asosida takomillashtirish jarayonihaqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
|