|
Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
|
bet | 42/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASIYUGURISH
Yugurish – yengil atletikachilarning mustaqil turini va ko’pgina boshqa sport turlarining tarkibiy qismini tashkil qiladi. Yugurishning to’rtta turi bor: tekis yugurish 60 m dan – 400 m gacha qisqa masofalar; o’rta masofalardagi – 800 va 1500 m; uzun masofadagi – 10000 m; o’ta uzoq masofadagi va marofoncha yugurish – 42 km 195 m. Tabiiy va sun’iy to’siqlardan oshib yugurish – 100 m (ayollar), 110 m (erkaklar), 400 m (erkaklar va ayollar), 3000 m (erkaklar va ayollar). Joylarda yugurish – krosslar; estafetali yugurish 4x100 m, 4x200 m, 4x400 m, 4x1500 m.
Sportchi yugurish texnikasini o’rganishda, yurishni tuzilishiga oyoqlarning harakati va ularni qo’yish usuli, gavda, qo’lning holati va harakati, yugurish ritmi va nafas olish to’g’risidagi aniq tushunchaga ega bo’lishlari zarur. Yugurish start va startdan chiqib tezlanish, masofadagi harakatlarni (to’g’ri yoki qayrilishdagi) va marradan o’tishni o’z ichiga oladi. Qisqa va o’rta masofalardagi yugurishlar texnikasining umumiy tuzilishi o’xshash bo’lsa ham ayrim vaqtlarda farqlanadi. Masalan, qisqa masofadagi yugurishni hamma harakatlari, stardan finishgacha o’rta masofadagidan ko’ra tezroq bajariladi. Gavdani oldinga engashishi ko’proq bo’lib, qadamlar kengligi va qo’llarning amplitudasi kengayadi. Har qanday kishi ham yugurish texnikasining u yoki bu bosqichda bajara oladi, shuning uchun mashg’ulotlarda yugurish malakasini yanada takomillashtiradi va texnikaning kamchiliklari tuzatiladi. Yugurish texnikasida aniqlangan kamchiliklar maxsus yugurish mashqlari orqali yo’qotiladi.
Quyidagi ketma-ketlik tavsiya qilinadi:
1. Har bir shug’ullanuvchini yugurish xususiyatlari bilan tanishib, asosiy kamchiliklarini aniqlash.
2. Shug’ullanuvchilarda yugurish texnikasi haqida to’g’ri tushuncha hosil qilish. Buning uchun yugurish texnikasining asoslari bilan tanishish, harakatlarining davrlari va fazalarini farqlash, yugurib ketayotgandagi xatosini aniqlashga o’rgatish.
3. To’g’ri masofada yugurish texnikasini o’rgatish. Bu maqsadda maxsus yugurish mashqlarini o’rgatish.
4. Qayrilishdagi yugurish texnikasini o’rgatish: doira bo’yicha yugurish, masofa bo’laklarini to’g’ri, keyin qayrilishga kirish bilan yugurish, qayrilishdan to’g’ri masofaga chiqish bilan yugurish.
5. Yuqori startga va startdan chiqib tezlanish texnikasiga o’rgatish.
6. Past startga va startdan chiqib tezlanish texnikasini o’rgatish.
7. Start tezlanishidan masofaga yugurishga o’tishni o’rgatish.
8. Qayrilishdan chiqib, masofani to’g’ri qismiga o’tishda to’g’ri yugurishga o’rgatish.
9. Finish kuchlanishiga (lentochkaga) o’rgatish.
10. Yugurish texnikasini butunligicha takomillashtirish.
Yugurish texnikasini o’zlashtirishda qo’llaniladigan mashqlar: bir tekisda tezlanish bilan yugurish; 15-20 m bo’lak masofani qayta tezlanish va ular o’rtasida erkin yugurish; qayrilishdagi yo’lakchada bir tekisda yugurish; to’g’ri yo’lakchani oxirida yugurishni boshlab, qayrilishdagi yo’lakchadan bir tekis tezlikda yugurish; qayrilishni oxiridan yugurishni boshlab 20–30 m to’g’ri yo’lakchada yugurish. Maxsus yugurish mashqlari: sonni yuqori ko’tarib yugurish va yo’lakchaga oyoqni - eshkak eshgandek» qo’yish; sonni orqaga qoldirish va boldirni siltash bilan yugurish; yon tomonga oyoqlarni chalishtirmasdan yugurish; sonni yuqori ko’tarib yugurish va boldirni orqasini siltash bilan; yugurishdagidek turgan joydan qo’llar harakati.
Yengil atletika yugurishlarda tezkor-kuchlilik, chidamlilik va harakat texnikasini rivojlanish bosqichini hal qiluvchi omillardan hisoblanadi. Shuning uchun, yuguruvchi doimiy ravishda bu qobiliyatlarni oshirishi shart.
|
| |