• 2 – vazifa
  • 3 – vazifa
  • QISQA MASOFAGA YUGURISH TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYOTI




    Download 24,48 Mb.
    bet50/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    QISQA MASOFAGA YUGURISH TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYOTI

    Qisqa masofaga yugurish texnikasini o’rgatish uslubiyotini o’rta masofaga va kross yugurishdan bir necha mashg’ulot o’tkazilgandan so’ng boshlansa maqsadga muvofiq bo’ladi.


    1 – vazifa: Shug’ullanuvchilarni yugurishning xususiyatlari bilan tanishtirish.
    Vositalari:
    1. O’rtacha tezlikda 60-80 m ga qayta-qayta yugurish.
    2. Shug’ullanuvchilar bilan yugurish texnikasi to’g’risidagi tushunchani aniqlash maqsadida suhbat o’tkazish.
    3. Musobaqa o’tkazish joyi va uning qoidalari bilan tanishtirish.
    4. Ko’rgazmali qurollardan foydalanib, uning texnikasini tushuntirish.
    5. Maxsus mashqlarni ko’rsatish va tasavvur hosil qilish. Uslubiy ko’rsatmalar. Yugurish mashqlarini o’rgatishda shug’ullanuvchilarga bajarib ko’rishga imkoniyat yaratish zarur.
    2 – vazifa: Shug’ullanuvchilarda yugurish texnikasi to’g’risida to’g’ri tushuncha hosil qildirish.
    Vositalari:
    1. Yugurish masofalari to’g’risida so’zlab berish.
    2. Yugurish texnikasi asosi, elementlari to’g’risida so’zlab berish.
    3. Yugurish texnikasini ko’rsatish.
    4. Yugurishning taraqqiyot yo’li to’g’risida gapirib berish.
    5. Kuchli yuguruvchilar va rekordlar to’g’risida suhbatlashish.
    6. Shug’ullanuvchilarni razryad normalari bilan tanishtirish. Uslubiy ko’rsatmalar. Oyoq chiziqqa parallel ravishda qo’yiladi. Sonni chaqqon ko’tarilishiga diqqatni qaratish (tizza oldinga-yuqoriga).
    3 – vazifa: To’g’ri masofada yugurish texnikasiga o’rgatish.
    Vositalari:
    1. Ko’rsatish va tushuntirish.
    2. Tezlanish bilan 50-80 m yugurish.
    3. Sonni yuqori ko’tarib yugurish va oyoqni «eshkak eshgandek» yo’lakka qo’yish.
    4. Sonni orqaga olib yugurish va boldirni siltab yugurish.
    5. Sakrash qadamlari bilan yugurish – depsinayotgan oyoq to’g’rilanadi, siltanayotgan oyoq tizzadan buklanib, oldinga va yuqoriga qarab faol harakatlantiriladi.
    6. Sonni yuqoriga ko’tarib yugurish va boldirni orqaga siltab («Koleso») yugurish.
    7. Qo’llar harakati (joyda yugurgandek) d.h. asosiy. Tirsakdan buklangan qo’llar bilan yugurishdagidek harakat qilish.
    8. Predmetdan oshib yugurish (to’plar, skameykalar va h.k.).
    9. Masofani yaqin uzoqligiga qarab, sonni balandga ko’tarilishi, qadamlarni uzunligi va chastotasi o’zgartiriladi.
    10. Depsinishni siltab yugurish: bunda son, boldir, oyoq to’g’ri chiziq hosil qiladi. 50-60 m tezlanish bilan yugurish, bunda bajarayotgan mashq texnika elementlarini, «Koleso» va sonni yuqori ko’tarib yugurish.

    Download 24,48 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    QISQA MASOFAGA YUGURISH TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYOTI

    Download 24,48 Mb.