• 1-vazifa.
  • Uslubiy ko’rsatmalar.
  • ESTAFETALI YUGURISH TEXNIKASIGA O’RGATISH USLUBIYOTI




    Download 24,48 Mb.
    bet58/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    ESTAFETALI YUGURISH TEXNIKASIGA O’RGATISH USLUBIYOTI

    Qisqa masofaga yugurish texnikasini o’rgangandan so’ng estafetali yugurish texnikasini o’rganishga o’tish maqsadga muvofiqdir. O’rgatish uslubiyotining asosiy vazifasi yuqori tezlikda yugurib kelayotganda estafeta tayoqchasini aniq uzatish va qabul qilishni bildirishdan iborat. Quyida estafetali yugurish texnikasini o’rganish uslubiyoti tartibi, vazifalari, ularni hal etish uchun vositalar va uslubiy ko’rsatmalar berilgan.


    1-vazifa. Estafetali yugurish texnikasi to’g’risida tushuncha hosil qilish.
    Vositalari:
    1. Estafetali yugurish turlari to’g’risida tushuncha berish.
    2. Maksimal tezlikda, 20 m zonada estafeta tayoqchasini berish texnikasi bilan tanishtirish va ko’rsatish.
    3. Estafeta tayoqchasini berishdagi harakatni aniqligi va uni aniq hisobga olishni tushuntirish.
    4. Estafeta tayoqchasini berishni kinokalsovka va kinogrammalarda namoyish qilish.
    Uslubiy ko’rsatmalar. Estafeta yugurish to’g’risida to’liq ma’lumot berish, jamoalarni tuzish va ularni tezligini hisobga olgan holda zonalarga qo’yish bilan tanishtirish.
    2-vazifa. Estafeta tayoqchasini berish texnikasiga o’rgatish.
    Vositalari:
    1. Estafeta tayoqchasini pastdan berish usulini tushuntirish va namoyish qilish bilan o’rgatish.
    2. Joyida turgan holda, hech narsaga taqlid qilmasdan birbiriga o’ng va chap qo’l bilan uzatish, oldindan kelishilgan belgi bo’yicha yugurishdagi har xil harakat.
    3. Qadam qo’yishda signal bo’yicha tayoqchani uzatish.
    4. Signal bo’yicha oluvchiga sekin, keyin tez yugurishda estafeta tayoqchasini berish (uzatish).
    5. Tez yugurishda ayrim yo’lakchalardan estafeta tayoqchasini berish (uzatish).
    6. Shuning o’zini 20 metrlik dahlizda vaqtni belgilash bilan uzatish.
    Uslubiy ko’rsatmalar. Estafeta tayoqchasini uzatish ikki qatorda doirada turgan holda juft-juft bo’lib bajariladi. Tayoqcha tayoqchani beruvchi qo’l-larining qarshi tomonida bo’lishi kerak (19-20 rasmlar).

    19-rasm. Esrafeta tayoqchasini turgan joydan uzatish



    20-rasm. Estafeta tayoqchasini yugurish vaqtida uzatish

    Download 24,48 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ESTAFETALI YUGURISH TEXNIKASIGA O’RGATISH USLUBIYOTI

    Download 24,48 Mb.