Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




Download 24,48 Mb.
bet57/244
Sana21.05.2024
Hajmi24,48 Mb.
#249047
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   244
Bog'liq
portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

ESTAFETALI YUGURISH TEXNIKASI

Estafetali yugurish tomoshabinlar orasida katta qiziqish uyg’otadi. Yengil atletikada estafetali yugurishning quyidagi turlari ajratiladi:
- stadionda o’tkaziladigan estafetali yugurish. Bu yerga 4x100 m, 4x400 m musobaqalar kiradi, ular klassik turlar hisoblanadi;
- har qanday masofalarga va har qanday miqdordagi bosqichlar bilan estafetalar, shuningdek, -shved estafetalari, masalan, 800+400+200+100 (yoki teskari tartibda);
- stadiondan tashqarida, masalan, shahar ko’chalarida o’tkaziladigan estafetalar. Ular uzunligi va bosqichlar miqdori, qatnashchilari har xil bo’lishi bilan ajralib turadi (faqat erkaklar yoki aralash, ya’ni erkaklar ham, ayollar ham yugurishlari mumkin).
Oqilona texnika, maxsus mashg’ulot metodikasi, sportchilarni saralash tizimi va psihologik tayyorgarlik – buning hammasi yaxshi estafeta jamoasini yaratish uchun asosiy mezon hisoblanadi. Estafetalarda masofa bo’ylab yugurish texnikasi tegishli turlarning yugurish texnikasidan farq qilmaydi. Estafetali yugurish texnikasining o’ziga xos xususiyati – estafeta turiga mos holda estafeta tayoqchasini yuqori tezlikda uzatish texnikasidir.
Estafeta jamoasining yaxshi natija ko’rsatishida quyidagi omillar muhim sanaladi:
- sportchilarning tegishli masofalardagi individual ko’rsatkichlari;
- estafetali tayoqchasini ishonchli uzatish;
- jamoadagi sheriklarning muvofiq harakatlari;
- yagona jamoaning yaxlitligi.
Estafetali yugurish musobaqa qoidalariga muvofiq tayoqchani 20 m uzunlikdagi yo’lakda uzatish kerak. 4x100 m ga yugurishda II, III va IV bosqichlar yuguruvchilariga yo’lak boshidan boshlab 10 m atrofida qo’shimcha yugurish beriladi, bu estafetali tayoqchasini berish joyigacha yuqori tezlik olishga imkon beradi. Sportchilar yugurish va tayoqchani uzatish zonalarini e’tiborga olgan holda I bosqichda 110 m ni, II bosqichda – 130 m, III da – 130 m, IV da – 120 m masofani bosib o’tadilar. Shuning uchun jamoa a’zolarini bosqichlar bo’yicha joylashtirayotganda ularning individual xususiyatlarini e’tiborga olish zarur. 4x400 m ga estafetali yugurishda va boshqa hamma estafetalarda qo’shimcha yugurish berilmaydi va ishtirokchilar 20 metrli yo’lakda turgan holatlarida start oladilar. Bu estafetalarda yugurish tezligi pastroq va shu sababli qo’shimcha yugurish berilmaydi.
Estafetali yugurish quyidagicha amalga oshirilishi mumkin: 1) estafetali tayoqchasini biror joyga solib qo’ymasdan; 2) estafetali tayoqchasini biror joyga solib qo’yib. Odatda birinchi usul qisqa masofaga estafetalarda sodir bo’ladi, ikkinchi usul qolgan barcha estafetalarda foydalaniladi.

12-rasm. Estafeta tayoqchasi

Tayoqchaning samarali uzatilishini ta’minlash maqsadida yuguruvchilar estafeta tayoqchasini qabul qilib olishda start yugurishini aniq va o’z vaqtida boshlashlari uchun makonni his qilishlari, shuningdek, estafetani uzatishda tayoqchani berish zonasida mumkin bo’lgan maksimal tezlikni saqlab qolish, qabul qilib olishda esa uzatish zonasining 15-metrida yugurish tezligini maksimal tez va barqaror tarzda oshirish uchun tezlikni his qilish sezgilariga ega bo’lishlari juda muhim. Estafeta tayoqchasining yo’lakda (koridorda) bo’lgan vaqti uni uzatish texnikasi samaradorligi mezoni bo’lib hisoblanadi. Yuqori malakali sportchilar uchun bu ko’rsatkichlar erkaklarda o’rtacha 1,80-1,90 s ni va ayollarda 2,05-2,15 s ni tashkil etadi. Sportchilar uzatish zonasini 15-16-chi metrlarida eng yuqori tezlikka erishadilar. Estafeda tayoqchasini uzatish texnikasi nooqilona bajarilgan bosqichida vaqt yo’qotish o’rtacha 0,1-0,3 s ni tashkil qiladi. 4x100 m ga estafetali yugurish texnikasini ko’rib chiqamiz. I bosqichda yuguruvchi past startdan turib 200 m ga yugurishdagi singari aylana yo’lga start oladi. Estafeta tayoqchasi o’ng qo’lning uchta barmog’ida ushlanadi, ko’rsatkich va bosh barmoqlar tekislangan va start chizig’i yonida yo’lkaga tayanib turadi (13-rasm).


I bosqichda yuguruvchi yo’lka ketidan yugurish uchun u tayoqchani har doim o’ng qo’lida tutib turishi, o’z sherigining esa chap qo’liga uzatishi kerak. Masofa bo’ylab yugurish maksimal tezlik bilan amalga oshiriladi. Qiyinligi shundaki, estafeta tayoqchasini yuqori tezlikda chegaralangan zonada uzatish lozim.

13-rasm. Pastki startdaestafeta tayoqchasini ushlash
Estafeta tayoqchasini uzatishning ikki xil usuli mavjud: pastdan-yuqoriga va yuqoridan-pastga. Birinchi usulda estafeta tayoqchasini qabul qilib olayotgan yuguruvchi qo’lini (tayoqchani uzatayotgan yuguruvchining qo’liga qarama-qarshi bo’lgan qo’lini) orqaga bir oz yon tomonga uzatadi, bosh barmoq kaft yuzasi tomoniga uzatiladi, to’rtta barmoq qisilgan, kaft to’g’ri orqaga qaratiladi.
Tayoqchani uzatayotgan yuguruvchi estafeta tayoqchasini pastdan yuqoriga harakat qilib bosh barmoq va kaft orasiga qo’yadi. Estafeta tayoqchasini qabul qilib olayotgan yuguruvchi tayoqchaning tegishini his qilgan zahoti uni ushlab, panjasiga qisib oladi (14- rasm).
Ikkinchi usulda ham qo’l orqaga bir oz yon tomonga uzatiladi, lekin kaft yuzasi yuqoriga qarab turadi. Tayoqchani uzatayotgan yuguruvchi estafeta tayoqchasini yuqoridan-pastga harakat qilish bilan uni kaftga qo’yadi. Tayoqcha qabul qilib olayotgan yuguruvchining qo’liga tegishi bilan u tayoqchani ushalab, panjasini qisib oladi (15-rasm).
Estafeta topshirayotgan yuguruvchi nazorat chizig’iga etib kelgan paytda qabul qilib olayotgan yuguruvchi start tezlanishini boshlaydi. Estafeta uzatish zonasiga yugurib kirgan holda ikkala yuguruvchi yaqinlashadi, birinchisi ikkinchisiga etib oladi, tayoqchani uzatayotgan yuguruvchi 2 ta yugurish qadamida qabul qilib olayotgan yuguruvchi estafetani uzatish maqsadida qo’lini tekislab, orqaga uzatishi uchun ovoz chiqarib qisqa buyruq berishi kerak.


14-rasm. Estafeta tayoqchasini pastdan uzatish

15-rasm. Estafeta tayoqchasini yuqoridan uzatish

Uzatish bajarilgandan so’ng estafetani qabul qilib olgan yuguruvchi o’z bosqichida tez yugurishni bajaradi, estafetani uzatgan yuguruvchi esa asta-sekin yugurishni sekinlatib, to’xtaydi, biroq o’z yo’lkasining yon chegarasidan chiqib ketmaydi. Boshqa jamoalar ham uzatish zonasidan yugurib o’tganlaridan keyingina u yo’lkani tark etadi. II bosqichda yuguruvchi estafeta tayoqchasini chap qo’lida ushlab boradi va III bosqichdagi yuguruvchining o’ng qo’liga uzatishni amalga oshiradi. III bosqichda yuguruvchi aylana bo’ylab mumkin qadar chetiga yaqin yuguradi va IV bosqichda estafeta tayoqchasini o’ng qo’ldan chap qo’lga uzatadi. Estafeta tayoqchasini uzatish yuqorida aytib o’tilgan usullarda amalga oshiriladi.



16-rasm. Uzatishzonasidagiuzatuvchivaqabulqiluvchiningyo’nalishlari

Uzatish zonasida yuguruvchilar bir-birlariga halal bermasdan, ya’ni uzatishni bajarayotgan qo’lga qarab, yugurish yo’lkasining cheti bo’ylab yugurishlari kerak.


Estafeta tayoqchasini oqilona uzatish texnikasiga ega bo’lgan yuguruvchi, tayoqchani qabul qilayotib, orqaga qaramasdan yuqori tezlikni saqlab qolgan holda yugurishni hamda estafetani qabul qilib olishni boshlashi kerak. Odatda, estafetani qabul qilib olayotgan yuguruvchi bir qo’liga tayangan holda yoki yuqori startdan, yoki past startdan start oladi. Yuqori startda yuguruvchi nazorat belgisini va unga yugurib kelayotgan yuguruvchini ko’rish uchun boshini bir oz orqaga buradi. Bir qo’lga tayanib start olishda yuguruvchi tayanib turmagan qo’l elkasi ustidan orqaga qaraydi yoki boshini tushirgan holda tayanib turmagan qo’li tagidan orqaga qaraydi (17-rasm)

17-rasm. Estafeta tayoqchasini qabul qiluvchiyuguruvchining holati

Tayoqchani uzatish paytida eng muhim element – bir maromda yugurish, ya’ni oyoqqa mos holda yugurish zarur. Shuningdek, yugurishni boshlash uchun optimal ―fora»ni topish zarur, ya’ni yugurishni ―fora»ning shunday uzunligida boshlash kerakki, ayoqchani uzatayotgan va qabul qilayotgan yuguruvchilarning tezliklari uzatish zonasi o’rtasiga to’g’ri kelishi zarur.



18-rasm. Estafeta tayoqchasini uzatish va qabul qilishda yuguruvchilaroralig’idagi masofa

Boshqa estafeta turlarida, lekin estafeta tayoqchasini maksimalga nisbatan kichikroq tezlik bilan uzatiladigan estafetalarda xuddi shunday usulda uzatish usuli qo’llaniladi, biroq estafeta tayoqchasini qabul qilib olgan yuguruvchi masofada yugurish paytida uni o’zi uchun qulay bo’lgan qo’liga o’tkazib olishi mumkin. Amalga oshiriladigan uzatish tezligi qancha kam bo’lsa, sportchi tayyorgarligi shuncha yomon hisoblanadi. Estafeta tayoqchasini uzatishda asosiy vazifa – tayoqchani uzatishni o’ziga vaqt yo’qotmasdan imkon qadar uni tezroq berishdan iborat.


Uzatish paytida yuguruvchilar orasidagi masofa estafetani qabul qilib olayotgan yuguruvchining orqaga uzatilgan qo’li uzunligiga va estafetani uzatayotgan yuguruvchining oldinga cho’zilgan qo’li uzunligiga teng bo’ladi. Bu masofa estafeta tayoqchasini uzatayotgan yuguruvchining uzatish paytida oldinga egilishi hisobiga bir oz oshishi mumkin (18-rasm). Tegishli yugurish tezligida estafetani uzatish texnikasi oqilona qo’llanilganda shunday masofani ushlab turish mumkin bo’ladi. Agar masofa qisqarsa, uzatayotgan yuguruvchi qabul qilayotgan yuguruvchidan o’zib ketishi mumkin va, aksincha, yuguruvchilar o’rtasidagi masofa ortib ketsa, tayoqchani uzatish amalga oshirilmay qolishi mumkin va u yo’lak tashqarisida bajariladi.




    1. Download 24,48 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   244




Download 24,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

Download 24,48 Mb.