|
-vazifa. Estafeta tayoqchasini qabul qiluvchi yuguruchini startga o’rgatish.
Vositalari
|
bet | 59/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI3-vazifa. Estafeta tayoqchasini qabul qiluvchi yuguruchini startga o’rgatish.
Vositalari:
1. Bir qo’l bilan tayangan holdan to’g’riga start berish.
2. Bir qo’lda tayangan holda, alohida yo’lakchani burilishida (to’g’ri yo’lakka chiqishda) start berish.
3. Alohida yo’lakchadan to’g’riga (burilishga kirish bilan) start berish.
4. Masofani boshlanish zonasidan to nazorat belgisigacha aniqlash.
5. Alohida yo’lakchadan, uzatuvchining nazorat belgisiga etgan vaqtida start berish.
Uslubiy ko’rsatmalar. Start olishni o’rganishda yo’lakcha zonasida tayoqchani oluvchi 2 va 4 bosqichlarda yo’lakchani tashqi chizig’i bo’ylab, 3-bosqichda esa, yo’lakchani ichki chizig’i bo’ylab yugurishi kerak (21-rasm).
21-rasm. Estafeta tayoqchasini qabul qiluvchilarning start holati
4-vazifa. 20 metrlik zona ichida maksimal tezlikda tayoqchani uzatishga erishish.
Vositalari:
1. Zonada estafeta tayoqchasini maksimal tezlikda berish.
2. Ikki va undan ko’proq jamoalar to’liq masofada estafetali yugurish. Uslubiy ko’rsatmalar. Tayoqchani uzatish har xil tezlikdagi yugurishda takomillashtiriladi. Takomillashtirish, juft-juft bo’lib, keyin hamma 4 yuguruvchi birgalikda bajarish bilan amalga oshiriladi (22-rasm).
22-rasm Yo’lakchada tezlik olish va estafeta tayoqchasini uzatish joyining yuqoridan ko’rinishi
5-vazifa. Estafetali yugurish texnikasini takomillatiish
Vositalari:
1. Maksimal tezlikda 20 metrli zonada estafeta tayoqchasini uzatish.
2. Har xil etapda shaxsiy belgilarni qo’yish.
3. To’liq masofa bo’ylab musobaqa qoidasiga rioya qilib yugurish.
Uslubiy ko’rsatmalar. Estafeta tayoqchasini uzatgan yuguruvchi tezligini pasaytirib o’z yo’lkasida qolish shart.
O’z – o’zini nazorat qilish uchun savollar.
Estafetali yugurishning masofalari qancha?
Olimpiada o’yinlari dasturiga Estafetali yugurishning qaysi masofalari kiritilgan?
4x100 va 4x400 m masofalarga yugurish qanday yugurishga kiradi?
O’zbekistonda estafetali yugurishning qanday turlari bor?
Estafetali yugurish bo’yicha dunyo rekordi kimga tegishli?
Estafetali yugurishda jamoaning yaxshi natija ko’rsatishida qanday omillar muhim sanaladi?
Estafeta tayoqchasini uzatishning necha xil usuli bor?
Erkaklar o’rtasida 4x100 m masofaga estafetali yugurish boyicha dunyo rekordi qaysi davlat vakillariga tegishli?
Erkaklar o’rtasida 4x400 m masofaga estafetali yugurish boyicha dunyo rekordi qaysi davlat vakillariga tegishli?
Ayollar o’rtasida 4x100 m masofaga estafetali yugurish boyicha dunyo rekordi qaysi davlat vakillariga tegishli?
Ayollar o’rtasida 4x400 m masofaga estafetali yugurish boyicha dunyo rekordi qaysi davlat vakillariga tegishli?
|
| |