|
-vazifa. Past-baland joylardan yugurish texnikasini o’rgatish
Vositalari
|
bet | 61/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI4-vazifa. Past-baland joylardan yugurish texnikasini o’rgatish
Vositalari:
1. Har xil burchakdagi past va baland joylarda 50-60 m yugurish.
2. Shuning o’zi 80-120 m masofalarda.
3. Har xil burchakdagi tepaliklardan pastga qarab 50-60 m yugurish.
4. Shuning o’zi 80-120 m masofalarda.
5. Pastlikka va balandlikka 300-500 m masofalarga yugurish.
Uslubiy ko’rsatmalar. Balandlikka qarab yugurishda shug’ullanuvchilarga gorizontal to’siqlardan yugurishni o’rgatish. Vaqti vaqti bilan pastlikka qarab yugurishni dam olish sifatida qo’llash mumkin.
5-vazifa. Kross yugurish texnikasini takomillashtirish.
Vositalari:
1. 1200-1500 m har xil qoplamali joylarda yugurish.
2. 1200-1500 m har xil qoplamali va to’siqli joylarda yugurish.
Uslubiy ko’rsatmalar. Kross yugurishdan talab me’yorlarini bajarish Alpomish va Barchinoy test sinovlariga kiritilgan.
O’z – o’zini nazorat qilish uchun savollar.
Kross yugurishning masofasi qancha?
Olimpiada dasturiga kross yugurish kiritilganmi?
O’zbekistonda kross yugurishning qanday turlari bor?
Ilk bor kimlar o’rtasida yengil atletika to’garaklari tuzilgan?
Gorizontal to’siqlardan o’tish texnikasi?
Vertikal to’siqlardan o’tib yugurish texnikasi?
8.6. G’OVLAR OSHA YUGURISH
6.1. G’OVLAR OSHA YUGURISHNING RIVOJLANISHI
G’ovlar osha yugurishning sport turi sifatida shakllanishi va rivojlanishi, garchi aynan “turli g’ovlar ustidan oshib yugurish” haqidagi dastlabki ma’lumotlar 1837 yilgacha tilga olib o’tilgan bo’lsada, 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Ingliz tarixchisi F.Bebsterning eslatishicha, xuddi shu vaqtda Iton kolleji o’qituvchilari g’ovlar osha yugurish bo’yicha o’z kuchlarini sinab ko’ra boshlaganlar. Zamondoshlarning ta’kidlashiga ko’ra, yugurishning bunday hissiyotlarga boy va artistona turi yanada yoshroq sport ixlosmandlarini o’ziga jalb etmasligi mumkin emasdi.
“Belta Life” jurnalida balandligi 3 fut 6 dyuym (106,7 sm) bo’lgan o’zaro teng masofada joylashtirilgan 10 ta g’ovni oshib o’tib yugurish bo’yicha bir-biri bilan musobaqalashgan ikki sport ishqibozi haqidagi maqolacha ko’zga tashlanib qoldi. Jurnal 1853-yilda nashr etilgan edi. Shu sana g’ovlar osha yugurishning rivojlanish tarixi boshlangan kun hisoblanadi. Rekord natijalarning dastlabkisi deb atash mumkin bo’lgan ilk ko’rsatkich Buyuk Britaniyada Kembrij va Oksford universitetlari talabalari uchrashuvi paytida 1864-yilda qayd etilgan. 120 yardlik masofada g’ovlar osha yugurgan g’olibning natijasi 17 ¾ sek ga teng edi. U vaqtlarda g’ovlar maxsus tayyorlanmagan, havaskorlar qo’y qo’tonlari uchun ishlatiladigan balandligi 3 fut 6 dyuymlik g’ovlardan foydalanib qo’ya qolganlar. Oksford bayonnomasida (1864-y.) chop etilgan g’ovlar osha yugurish bo’yicha birinchi qoidalarda ana shu balandlik majburiy deb qayd etilgan. Bir-biridan 10 yard oraliqda joylashtirilgan, aniqrog’i yerga ko’mib mahkamlangan 10 ta g’ov 120 yardlik musobaqalashuv masofasini tashkil qilgan. Ana shu o’lchamlar bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan.
Taxminan o’sha vaqtlarda g’ovlar osha yugurish Amerika qit’asidagi kollej va universitet talabalari orasida ham ommalashib ketdi. Balki yuqorida aytib o’tilgan qo’y qo’tonlarining g’ovlari ularda bo’lmaganligidan, amerikalik sportchilar g’ov sifatida yugurish yo’lakchalariga ko’ndalang tortilgan barcha ishtirokchilar uchun umumiy tizimcha, keyinroq esa plankadan foydalanganlar. Bu “yangilik” ko’pincha rekord ko’rsatkichni hisobga olishda qiyinchilik tug’dirgan, negaki, K.Dogerti bergan ma’lumotlarga qaraganda, “tizimcha kimning aybi bilan osilib qolgan, kim plankani urib tushirib yuborgan”, aniqlash qiyin edi.
U paytlarda g’ovlar osha yugurish bo’yicha musobaqalar uning ishtirokchilari uchun jiddiy imtihon sanalgan. G’ovlar, tizimchalar, plankalar ustidan oshib yugurish sportchilarning jarohatlanishiga olib kelgan. Shunga qaramay, g’ovlar osha yugurish tez ommalashib boraverdi. Asta-sekin g’ovlarning tuzilishi, ulardan oshib o’tish texnikasi ham o’zgarib bordi. Yerga mahkam ko’mib o’rnatilgan g’ovlar o’rnini to’ntarilgan “T” harfiga o’xshash g’ovlar egalladi, u har bir yuguruvchi uchun alohida bo’lganidan so’ng esa yugurish tezligi keskin oshib ketdi. 1895-yil Nyu-Yorkda London atletika klubi jamoasi bilan uchrashuvda S.Cheyz 120 yard masofani 15,4 s da bosib o’tdi. Uch yildan keyin AQSh havaskorlar atletika klubi chempionatida A.Krensleyn bu ko’rsatkichni 15,2 s ga yaxshiladi. Buning ustiga, yugurish vaqtida u g’ov ustidan oshib o’tishning yangi texnikasini namoyish etdi. Oyog’ini siltashni yuguruvchi hamma kabi uni ostiga yig’ishtirib olgan holda emas, balki oyoq kaftini oldinga chiqarib bajardi. U oyog’ini tizzada bukmay, rostlab, ikkinchisini bir oz bukkan holda yon tomonga ko’tardi. Garchand oksfordlik A.Krum rostlangan oyog’ini siltashni bajarib kelgan va buni 1891-yilda A.F. Kopland o’z suratlarida aks ettirgan bo’lsada, A.Krensleyn g’ovlar osha yugurishning zamonaviy texnikaning asoschisi sanaladi. A.Krensleyn oyog’ini tizza bo’g’imida keskin rostlab, siltanuvchi oyoqqa qarama-qarshi qo’lini (muvozanatni saqlash uchun) oldinga chiqargan holda oldinga to’g’ri chiziq bo’ylab yo’nalgan harakatni amalga oshirgan. Bunday usul OMO’ning (og’irlik markazi o’qi) vertikal tebranishlarini kamaytirishga, g’ovlardan eng kam zahira bilan oshib o’tishga, buning uchun oz vaqt sarflab, pirovard natijani ancha yaxshilashga imkon berdi.
1 935-yilda Amerikalik murabbiy “y” simon tuzilishli g’ovlardan foydalanishni taklif qildi, bu esa masofani bosib o’tishda jarohatlanishlar miqdorini kamaytirish uchun sharoit yaratdi. Ushbu yangilik 1937 yildayoq R.Taunega 13,7 sek natija ko’rsatish imkonini berdi, bu bugungi kun nuqtai nazaridan ham yyetarlicha yuqori natija sanaladi. 110 m g’ovlar osha yugurishda ko’rsatkichlarning keyingi o’sishi o’z sur’atining yuqoriligi bilan ajralib turmadi. 1959 yilda M.Lauyer ko’rsatgan rekord natija – 13,2 sek ko’p yillar davomida o’zgarmasdan turdi, u qo’l xronometrajidan foydalanib o’lchangan. Eng yuqori toifali g’ovchilarning zamonaviy ko’rsatkichlari 13 sekundlik chegaradan yaqindagina o’tgan. 1993-yilda Kolen Djekson o’rnatgan jahon rekordi 12,91 s ga teng. Buning obyektiv sabablari, birinchi navbatda, shundaki, masofa XIX asrning o’rtalarida shakllangan bo’lib, hozirgacha o’zgarishsiz saqlangan. Zamonaviy ekipirovkadagi baland bo’yli, baquvvat sportchilar sintetika yugurish yo’lkachalarida o’tgan asrning cheklovlari tufayli o’zlarini juda siqiq va noqulay his etadilar.
23-rasm. G’ovlarning tuzilishi va yillar bo’yicha o’zgarishi
G’ovlar osha yugurishning boshqa masofalari 200 va 400 m. Agar II va III Olimpia o’yinlari dasturiga kirgan 200 m li masofa bugungi vaqtda deyarli yoddan chiqib ketgan bo’lsa, 400 m g’ovlar osha yugurish erkaklar musobaqalarida ham, ayollarnikida ham mavjud.
Ayollarda g’ovlar osha yugurish sporti tarixi ancha qisqa. 1926-yildagina Xalqaro havaskorlik yengil atletika federatsiyasi (IAAF) ayollar g’ovlar osha yugurish masofasi haqidagi qarorlarni qabul qildi – 80 m, g’ovlar balandligi – 2,5 fut (76,2 sm), g’ovlar miqdori – 8 ta.
1969-yildan g’ovlar osha yugurish bo’yicha ayollar musobaqalarini o’tkazishda masofalar o’zgardi. Masofa – 100 m gacha, g’ovlar balandligi 84 sm gacha, birinchi g’ovgacha oraliq uzunligi 13 m, g’ovlar orasidagi masofa 8,50 sm gacha o’zgardi. So’nggi rekord bolgariyalik sportchi Iordanka Donkovaga tegishli – 12,21 sek.
1970 yilda IAAF qarori bilan ayollar uchun 400 m masofa kiritildi, ularda g’ovlarning joylashuvi xuddi erkaklarnikidek, g’ovlar balandligi – 76,2 sm. Bu masofada jahon rekordchilari Kim Batten – 52,61 sek va Kevin Yang (AQSh) – 46,78 s.
Hozirgi vaqtda g’ovlar osha yugurish yugurish bo’yicha erkaklar o’rtasida dunyo rekordi 110 metr masofada AQShlik Aris Merrittga tegishli bo’lib, 2012 yil, 12,80 s natija qayd etgan bo’lsa, 400 metrlik masofa bo’yicha AQShlik (Kevin Yang) 1992 yil, 46,78 s natijani qayd etdi, ayollar o’rtasida dunyo rekordi 100 metr masofada Bolgariyalik Yordanka Donkovaga tegishli bo’lib, 1998 yil, 12,21 s natijani qayd etgan bo’lsa, 400 metrlik masofada Rossiyalik Yuliya Pechyonkina 2003 yil, 52,34 s natijani qayd etgan.
Yengil atletikaning bu turida O’zbekiston sportchilarining muvaffaqiyatlari, birinchi galda, ikki nom bilan bog’liq – Sergey Popov va Aleksandr Harlov. O’zbekiston sportchilaridan ilk marta XV Olimpiada o’yinlarida (1952-y., Xelsinki – Finlyandiya) qatnashgan g’ovchi S.Popov bo’lib, u 110 m yugurishda 14,7 sek natija ko’rsatdi. 110 m g’ovlar osha yugurishda yana bir sportchi Sergey Usov 1980 yilgacha eng kuchli sportchilar guruhidan joy olgan, 110 m masofada u 1987-yilda 13.39 sek natija ko’rsatgan edi. Bu natija 110 m masofada hozirgacha O’zbekiston rekordi bo’lib turibdi. 1980-y. Moskva Olimpiada o’yinlarining yana bir ishtirokchisi A.Harlov 400 m g’ovlar osha yugurishda 50,64 sek ko’rsatkichni namoyish etdi va yarim finalda 5-o’rinni egalladi. A.Harlov 1983-yilda o’z natijasini 48,78 sek gacha yaxshiladi va bu natija hozirgacha (2010-y.) O’zbekiston rekordi hisoblanadi.
Ayollar orasida 200 m ga g’ovlar osha yugurishda Roza Babich eng kuchli bo’lgan. U 1967-yilda 200 m ni 27,1 s da yugurib o’tib, jahon rekordini o’rnatdi. 400 m g’ovlar osha yugurishda Svetlana Shatalina oldinga chiqdi – 1.00.04 sek. U o’z natijasini 58,8 sek ga yetkazdi, 1984- yilda esa 400 m g’ovlar osha yugurishda Tatyana Zubova 54,48 sek natijaga erishdi. O’sha yilning o’zida u mazkur masofani 54,43 sek da bosib o’tib, ko’rsatkichini yaxshiladi. Bu natija hozirda O’zbekiston rekordidir (2010 y.).
1988-yilda 100 m go’vlar osha yugurishda M.Suxoreva 13,06 sek natija ko’rsatib, Respublika rekordini o’rnatdi, bu natija hozir 22 yoshda.
|
| |