|
KROSS YUGURISH TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYOTI
|
bet | 60/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI5.2. KROSS YUGURISH TEXNIKASINI O’RGATISH USLUBIYOTI
Kross yugurish texnikasini o’rgatishda stadiondan tashqarida bo’lgan har xil sharoitdagi joylarda o’rgatish yaxshi natija beradi, ayniqsa, bog’larda, dehqonchilik ekinlari maydonlari yonlarida hamda transport vositalari kam qatnaydigan yo’llarning chetlarida va katta suv kanallarining yonlarida o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
1-vazifa.Kross yugurish bilan tanishtirish.
Vositalari:
1. To’siqlardan o’tish texnikasini ko’rsatish, kinogramma va kinofilmlarni ko’rsatish.
2. Yugurishni qisqacha tarixi, O’zbekiston, Osiyo, Jahon rekordlari va chempionlar bilan tanishtirish.
3. Klassifikasiya bo’yicha talab va me’yorlari bilan tanishtirish.
Uslubiy ko’rsatmalar.Yuqori malakali sportchi va o’qituvchi tomonidan texnikani ko’rsatish. Talabalarga uyga vazifalar berish. Kross yugurish texnikasini o’rgatish uslubiyotini daftarga yozib kelish.
2-vazifa. Gorizontal to’siqlardan o’tish texnikasini o’rgatish.
Vositalari:
1. Gorizontal to’siqlardan o’tish texnikasini tushuntirish.
2. Yugurib kelib uzunlikka sakrash joyiga sakrab tushish va yugurishni davom ettirish.
3. Yugurib kelib ko’lmak joylardan va gorizontal to’siqlardan o’tish.
4. Shuning o’zi faqat har xil masofalardagi bir nechta to’siqlardan yugurib o’tish.
Uslubiy ko’rsatmalar. Avval yakka holda, so’ng juft va guruh-guruh bo’lib to’siqlardan o’tish.
3-vazifa. Vertikal to’siqlardan o’tib yugurish texnikasini o’rgatish.
Vositalari:
1. Vertikal to’siqlardan o’tishni tayangan va tayanmagan holda o’tish usulini tushuntirish.
2. Qisqa masofadan yugurib kelib qo’l va oyoqlarga tayangan holda o’tish.
3. To’siqlarni bosib o’tishda, to’siqlar osha yuguruvchilarning qo’l harakati va oyoq qadamlari bilan o’rgatish.
Uslubiy ko’rsatmalar. To’siqlar osha yugurishni o’rgatishning boshida shug’ullanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida vertikal to’siq o’rnida har xil balandlikdagi yog’och g’o’lalardan foydalanish, shundan so’ng g’ovlardan hamda to’siqdan foydalanish maqsadga muvofiq.
|
| |