|
Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
|
bet | 56/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASIUslubiy ko’rsatma. Yuqori startdan chiqishni har xil holatdan sportchi o’ziga-o’zi komanda qilib chiqish. O’rgatish jarayonida - Starga komandasini bajarish va - Marsh komandasi bilan chiqishni o’rganish. Yuqori startdan start olgandan so’ng 15-20 m gacha sportchi gavdasi to’g’rilanib boradi. Startdan chiqish texnikasini tuzatish uchun maxsus tayyorlov mashqlaridan foydalanish lozim.
5-vazifa. O’rta va uzoq masofaga yugurish texnikasini shakllantirish.
Vositalar:
1. Maxsus yugurish mashqlarini bajarish.
2. 100-300 m ga takrorlash.
3. 400 m ga tezlikni o’zgartirib yugurish.
4. Yuqori startdan 400-800 m ga yugurib masofa oxirida tezlanish.
5. Musobaqalarda ishtirok etish.
Uslubiy ko’rsatma. O’rta va uzoq masofaga yuguruvchilar masofani bosib o’tishda ko’proq ortiqcha kuch sarflaydilar. Shu bois o’rgatish jarayonida maxsus va umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshiruvchi mashqlar uslubiyotidan foydalanish kerak. Bundan tashqari, maxsus yugurish mashqlarini har bir mashg’ulotda takrorlanib turilsa ham tejamli va chiroyli yugurish texnikasiga ega bo’ladi. Yugurish joyida yon tomonga tebranishga yo’l qo’ymaslik lozim. Qo’l va yelka harakat rejimiga e’tibor berish.
O’z – o’zini nazorat qilish uchun savollar.
Tekis yugurishning nechta turi bor?
O’rta masofalarga yugurish masofasi qancha?
Olimpiada dasturiga o’rta masofalarga yugurishning qaysi masofalari kiritilgan?
800 va 1500 m masofalarga yugurish qanday yugurishga kiradi?
Uzoq masofalarga yugurish masofasi qancha?
Olimpiada dasturiga uzoq masofalarga yugurishning qaysi masofalari kiritilgan?
3000 va 10000 m masofalarga yugurish qanday yugurishga kiradi?
O’zbekistonda o’rta va uzoq masofaga yugurish qachon rivojlangan?
Ilk bor kimlar o’rtasida yengil atletika to’garaklari tuzilgan?
Ushbu to’garaklarga kimlar a’zo bo’lgan?
Ushbu to’garaklarga kim rahbarlik qilgan?
Yengil atletika sport turlarini ommaviy rivojlantirishga e’tibor qachondan qaratilgan?
Toshkent shahrida I O’rta Osiyo Olimpiadasi qachon o’tkazilgan?
|
| |