|
Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
|
bet | 55/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASIUslubiy ko’rsatma. Yugurish texnikasi haqida to’g’ri tasavvur hosil qilish uchun ko’rgazmali qurollaridan foydalaniladi. O’rta va uzoq masofaga yugurish texnikasini ko’rsatganda, shug’ullanuvchilar yon tomonda bo’lishlari maqsadga muvofiqdir. Yugurishni avval to’g’ri yo’lkada, so’ngra burilishda yugurib ko’rsatish kerak.
2-vazifa. To’g’ri yo’lkada yugurish texnikasini o’rgatish
Vositalar:
1. To’g’ri yo’lkada yugurish texnikasini ko’rsatish va tushuntirish.
2. 80-100 m masofalarda takror-takror yugurish.
3. Tizzani baland-baland ko’tarib yugurish.
4. Sakrab-sakrab yugurish.
5. Bedana qadam bilan yugurish.
6. Boldirni orqaga siltab yugurish.
7. Joyda turib qo’l harakatlariga taqlid qilib yugurish.
Uslubiy ko’rsatma. O’qituvchi oyoq tagini erga to’g’ri qo’yishni, depsinishni, qo’llarni to’g’ri harakatlariga e’tibor berishi lozim. Yugurishda avval tezlik kam, keyin esa o’rtacha tezlikda bo’lishi kerak. Bunda guruh-guruh bo’lib ham yakka-yakka yugurish mumkin. O’qituvchi har bir sportchi kamchiliklarini ko’rsatib berish lozim.
3-vazifa.Yo’lkaning burilishida yugurish texnikasini o’rgatish.
Vositalar:
1. Burilishda yugurish texnikasini ko’rsatish va tushuntirish.
2. 80-100 m masofani takror-takror yugurish.
3. Maxsus yugurish mashqlarini avval katta radiusli yo’lkada, so’ngra sekin-sekin kichik radiusli yo’lkada bajarish.
4. To’g’ri yo’lkadan burilishga kirib borishda va aksincha, burilishdan to’g’ri yo’lkaga chiqishda yugurish
Uslubiy ko’rsatma. Burilishda shug’ullanuvchining harakati erkin bo’lish kerak. Aylana radiusini kichraytirib, 10-15 m gacha keltirish mumkin. Gavdaning aylana ichkarisi tomon engilish darajasi burilish radiusi qanchalik keskin ekan va yugurish tezligiga bog’liq. Burilish radiusiga qarab yugurish tezligi yuqori bo’lsa, gavda shuncha ko’p egiladi.
4-vazifa. Yuqori start texnikasini va start tezlanishini o’rgatish.
Vositalar:
1. Yuqori startdan yugurishni ko’rsatish.
2.-Startga! komandalarini bajarish.
3. -Diqqat komandalarini bajarish.
4.-Marsh! komandasidan keyin 20-30 m ga yugurish.
5. Startdan keyin start tezlanishiga, undan keyin esa erkin yugurishga o’tish.
6. Burilish boshlanishida yukori startdan chiqishni bajarish.
|
| |