• G’ovni oshib o’tish.
  • m ga G’OVLAR OSHA YUGURISH TEXNIKASI




    Download 24,48 Mb.
    bet67/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    6.3. 100 m ga G’OVLAR OSHA YUGURISH TEXNIKASI
    Start va startdan tezlik olish. Erkaklar yugurishida ko’rib chiqilgan barcha masalalar ayollarning 100 m lik g’ovli masofasiga ham taalluqlidir. Birinchi g’ovgacha bo’lgan oraliq ayollarda 72 sm ga qisqaroq. Deyarli barcha eng kuchli g’ovchi ayollar 8 qadamlik start yugurishini qo’llaydilar (2-jadval). Bunda ular qadamlarini kamroq qisqartirishlariga to’g’ri keladi, shuning uchun ham yugurib kelish tabiiyroq chiqadi. Ayollarda to’siqlarning balandligi ancha kam. Buni hisobga olgan holda startda tezlik olish vaqtida gavdaning egilgan vaziyatini uzoqroq saqlab turish va birinchi g’ovni oshib o’tgandan keyingina yugurish vaziyatini egallash mumkin.
    G’ovni oshib o’tish. Ayollar qo’l va oyoqlarining faolligi hisobiga g’ovni oshib o’tish vaqtida gavdalarini kamroq egish imkoniyatiga egalar. G’ovga hujum chog’ida gavdani kamroq egish tufayli bu xuddi sprinterlik yugurishiga o’xshab ketadi. G’ovli va g’ovsiz (tekis) masofalarni yugurib o’tishdagi farq shundan dalolat beradi. Yuqori toifali sportchi ayollarda bu 1 s ni tashkil etadi. Ayollarda g’ovni oshib o’tishda oyoqlarning faolligi darajasi ham, sonlar orasidagi burchak kattaligi va itarilish burchagi singari kichikroqdir. Siltanuvchi oyoq tizzasini erkaklar kabi baland ko’tarishga ehtiyoj ham yo’q. Siltanuvchi oyoq g’ov ortiga ertaroq tusha boshlaydi, lekin itariluvchi oyoqni qat’iy rostlangan holatda oldinga ko’tarish, albatta, zarur.

    28-rasm. 100 m ga yugurishda g’ovni oshib o’tish kinogrammasi
    Ayollarda g’ov ustidan uchib o’tish traektoriyasi erkaklarnikiga nisbatan birmuncha qiyaroq. Ko’pincha to’la rostlanmagan oyoqqa tushish holatini kuzatish mumkin. Itariluvchi oyoq harakati erkaklar bajaradigan harakatdan farq qilmaydi.
    Qo’llar harakati, oyoqlar harakatining ritmi va amplitudasi ancha yig’inchoqlik kasb etadi. Itariluvchi oyoq tomonidagi qo’l oldinga kamroq, pastga ko’proq uzatiladi, ikkinchi qo’lning tirsagi erkaklarnikiga nisbatan orqaga qisqaroq siljiydi.
    G’ovlar orasida yugurish.G’ovlar orasidan yugurib o’tish erkaklarning yugurishidan kam farq qiladi. Asosiy harakat hozirligi xuddi o’shanday – erga “qo’nish” paytida barcha harakatlarning faolligini oshirish lozim. Bunda ayollar ancha manfaat-liroq holatda bo’ladilar, chunki g’ovlar orasidagi masofa sprinterlik yugurishi uchun ko’proq mos keladi – g’ovlar orasida tanglik hissi paydo bo’lmaydi.
    G’ovlar orasida yugurish g’ovsiz yugurishdagi o’lchamlar bo’yicha, tabiiyroq va kuchliroqdir. Qadamlar nisbati quyidagicha: erga “qo’nish” – 120 sm; 1-qadam – 150 sm; 2-qadam – 197 sm; 3-qadam – 183 sm; itarilish – 200 sm, ya’ni erkaklarning qadamlaridan jiddiy farqlanmaydi. Biroq dastlabki qadamning uzunligi uni sun’iy uzaytirish hisobiga emas, balki g’ovni oshib o’tish paytida tezlikning kamroq yo’qotilishi natijasida hosil bo’ladi. Ayollarda g’ovlar orasidagi siklda tezlik kattaligi kamroq tebranadi, shuning uchun qadamlar uzunligida ham tafovut kamroq. Shunday qilib, birinchi qadamning uzunligini oshirishga alohida e’tibor qaratmagan holda, itariluvchi oyoq tizzasini harakat yo’nalishi chizig’iga tezlik bilan yaqinlashtirish va oyoqni yuqoridan harakatlantirib, boldirni ko’tarmagan holda erga qo’yish kerak.



    Download 24,48 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    m ga G’OVLAR OSHA YUGURISH TEXNIKASI

    Download 24,48 Mb.