• 1-vazifa.
  • 2-vazifa.
  • Uslubiy ko’rsatmalar.
  • m ga G’OVLAR OSHA YUGURISHGA O’RGATISH




    Download 24,48 Mb.
    bet70/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    6.5. 400 m ga G’OVLAR OSHA YUGURISHGA O’RGATISH
    Qisqa masofaga g’ovlar osha yugurish texnikasi egallab olingach, 400 m masofaga g’ovlar osha yugurish texnikasini o’rgatishga o’tiladi. 110 m yoki ayollarda 100 mg’ovlar osha yugurish bo’yicha chiroyli tayyorgarlik ko’rgan sportchilargina yugurish texnikasini o’zlashtirishda tez rivojlanishga erishishi hamda uzoq g’ovli masofalarda sport natijalarini oshirib borishi mumkin.
    400 m masofaga g’ovlar osha yugurishni o’rgatish izchilligi
    1-vazifa. Birinchi g’ovgacha va g’ovlar orasida yugurish ritmini o’rgatish.
    Vositalar.
    1. Birinchi g’ovga qadar burilish bo’ylab masofani (45 m) yo’lkadagi belgilar bo’yicha 22 qadamda yugurib o’tish.
    2. To’g’ri yo’lkachadan 2-3-g’ovlarni yugurib o’tish. G’ovlar orasidagi masofa 35 m, baholar bo’yicha itariluvchi oyoqqa mo’ljallab 15-17 qadam bajarish.
    3. Yugurish yo’lkachasidagi belgilarsiz xuddi shuning o’zi.
    4. Burilish bo’ylab xuddi shuning o’zi.
    2-vazifa. Yugurish ritmi va g’ovlarni oshib o’tish texnikasini takomillashtirishga yordam berish.
    Vositalar.
    1. Start chizig’idan birinchi g’ovgacha masofani burilish bo’ylab to’la kuch bilan yugurib o’tish.
    2. Birinchi burilish bo’ylab yugurib, 2 ta g’ovdan oshib o’tish.
    3. 200 m yugurib, 5 ta g’ovdan oshib o’tish.
    4. 300 m yugurib, 8 ta g’ovdan oshib o’tish.
    5. Mashg’ulotlarda to’la masofani yugurib o’tish va musoba-qalarda ishtirok etish.
    Uslubiy ko’rsatmalar. Yangi masofani yugurib o’tishga endi kirishgan sportchilarga quyidagilarni tavsiya etish mumkin: g’ovlar orasida 15 qadam (ayollar uchun 17 qadam) bajarib, dastlabki 5 g’ovni oshib o’tish, beshinchisidan so’ng 17 (ayollarda – 19)qadamli ritmga o’tish.
    G’ovlarni oshib o’tish texnikasini o’rgatishda burilish bo’ylab yugurish paytida o’ng oyoq bilan itarilishga ustuvorlikni bergan holda g’ovni har ikkala oyoq bilan oshib o’tish ko’nikmasini hosil qilish juda muhim, chunki bunday itarilish burilish markazi tomon og’gan holda yo’lkachaning ichki chekkasidan yugurishga imkon beradi.



    Download 24,48 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    m ga G’OVLAR OSHA YUGURISHGA O’RGATISH

    Download 24,48 Mb.