• Uslubiy ko’rsatmalar.
  • Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




    Download 24,48 Mb.
    bet73/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    1-vazifa.G’ovlar osha yugurish to’g’risida tasavvur hosil qilish. O’rgatish qisqa g’ovli masofadan boshlanadi, 400 metrli masofani o’zlashtirishga keyinroq kirishiladi.
    Vositalar.
    1. Malakali g’ovchining 3-4 g’ov osha yugurish texnikasi namoyish qilinadi, videoyozuvlar, kinomateriallar ko’rsatiladi.
    Uslubiy ko’rsatmalar. O’quvchilarning diqqati startdan tezlik olish, g’ovni oshib o’tish, g’ovlar orasida yugurishga jalb etiladi. Imkon bo’lsa, malakali g’ovchining yugurishi takroran namoyish etilganidan so’ng, sportchilarga 3-4 g’ovni oshib o’tish taklif qilinadi. Buni o’ziga xos test deb hisoblash mumkin. Birinchi martadayoq bu topshiriqni yaxshi bajarganlar, odatda, o’rganish sur’atlari va natijalarining o’sishi jihatidan ustunlikka ega bo’ladilar.
    2-vazifa. G’ovlar orasida uchta yugurish qadamini bajarib ularni oshib o’tishga o’rgatish (ritmni o’zlashtirishlar). Bu vazifani amalga oshirish ko’p jihatdan g’ovlarning balandligi va joylashtirilishi, startdan birinchi g’ovgacha hamda g’ovlar orasidagi masofaga bog’liq.
    Vositalar.
    1. Yo’lkacha bo’ylab belgilarga qarab yugurib o’tish, bunda birinchi belgiga qadar 4, 6 qadam, belgilar orasida 3 qadam, belgi ustidan o’tayotganda esa uzaytirilgan yugurish qadamini bajarib, oyoqni tez tayanchga qo’yish.
    2. 30-40-50 sm balandlikdagi o’quv g’ovlarini oshib o’tish.
    Uslubiy ko’rsatmalar. O’rganish bosqichida dastlab to’siqlar o’rnini g’ov plankasi, to’ldirma to’plar va h.k. bilan belgilab yugurish mumkin, birinchi g’ovgacha bo’lgan masofa avval 4, keyin 6 yugurish qadamida bosib o’tilishi kerak.
    7-8 yoshli bolalar uchun birinchi g’ovgacha 6 yugurish qadami qo’yiladigan bo’lsa, masofa 7-7,5 m, g’ovlar orasida – 4-4,5 m, g’ovlar balandligi – 20-40 sm.
    10 yoshli bolalar uchun muvofiq ravishda 7,5-8,5 m; 4,5-6 m; 40-60 sm.
    13 yoshlilar uchun – 8-9 m; 5,5-6,5 m; 50-76,2 sm.
    Bolalarni g’ovlar osha yugurish texnikasiga o’rgatishning eng oqilona usuli – yaxlit usul. O’quvchilar 3-4 g’ovni yetarlicha yuqori tezlikda (nazorat ostida) yugurib o’tadilar, murabbiy esa umumiy va xususiy e’tirozlarini bildiradi. Umumiy e’tiroz yugurish tezligi, ritmi, harakatlarning erkinligiga taalluqli. Xususiy e’tirozlar esa alohida qadamlarning bajarilishi bilan bog’liq bo’ladi.
    Har bir g’ovga itarilish joyida nazorat belgisi qo’yiladi. U sezilarli bo’lishi kerak. G’ov ortidagi “qo’nish” joyiga ham, zarur bo’lsa, birinchi qadam o’rniga ham belgi qo’yib chiqish mumkin.

    Download 24,48 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

    Download 24,48 Mb.