• Uslubiyko’rsatmalar.
  • -vazifa. G’ovni oshib o’tishda oyoqlar, qo’llar va gavda harakatlarini o’rgatish. Vositalar




    Download 24,48 Mb.
    bet74/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    3-vazifa. G’ovni oshib o’tishda oyoqlar, qo’llar va gavda harakatlarini o’rgatish.
    Vositalar.
    1. Siltanuvchi oyoqning vertikal tayanchga hujum harakatlarini taqlidan bajarish.
    2. Baland tayanchda turgan siltanuvchi oyoqqa egilish.
    3. Itariluvchi oyoqni g’ov ustidan olib o’tish.
    4. Og’ma planka bo’ylab sirg’alish bilan xuddi shuning o’zini bajarish.
    5. G’ov yonida yurish. Siltanuvchi oyoq g’ov yonidan, itariluvchi oyoq esa uning ustidan o’tkaziladi. G’ovlar orasida 2-2,5 m, 3 qadam bajariladi. G’ovlar miqdori – 3-5.
    Uslubiyko’rsatmalar. Bu harakatlar asosan ikkinchi topshiriqni bajarish vaqtida o’zlashtiriladi. Maxsus mashqlarni o’zlashtirish chog’ida o’rgatish samaradorligi ortadi. Har bir mashq bajarish variantlariga ega. Texnika detallari o’zlashtirib borilgani sayin maxsus mashqlar doirasini kengaytirishga to’g’ri keladi (maxsus mashqlarga q.)
    O’rgatishning dastlabki bosqichida eng keng tarqalgan xatolar:
    1. Tezlik olish vaqtidagi ishonchsizlik, itarilish joyiga aniq tushmaslik yoki g’ovga itarilish oldidan so’nggi qadamni uzaytirish va oyoqni OMO’ proekstiyasidan ancha oldinga tovon bilan qo’yish. Natijada tezlikning pasayishi hamda g’ovga past holatdan sakrash yuz beradi. Bu nuqsonni bartaraf etish uchun yugurib kelishni belgi qo’yilgan yo’lkachada to’rt, olti, sakkiz qadamdan bajarish, qo’rqmaslik va qat’iyatni rivojlantirish kerak.
    2. Siltanuvchi oyoq sonini g’ovga ko’tarishda gavdani vaqtidan avvalroq oldinga egish ko’pincha ayrim mushak guruhlarining (orqa, sonning old sirti, qorin-bel sohasi mushaklari) kuchi yetarli emasligi tufayli yuzaga keladi. Tegishli mushak guruhlarini mustahkamlovchi mashqlar bajarilganidan keyin xato barham topadi.
    3. G’ovga sakrashda siltanuvchi oyoqni tizza bo’g’imida vaqtidan ilgari rostlash: g’ovga yakuniy tezlanishning yo’qligi va itarilish burchagining katta bo’lishi 1, 2-mashqlarni bajarish orqali yo’qotiladi (3-topshiriq).
    4. G’ovga sakrash vaqtida oyoqlar orasidagi burchakning yetarli kattalikda emasligi egiluvchanlik bo’lmagani tufayli yuz beradi.
    5. Itariluvchi oyoqni g’ov ustidan oshirib o’tkazishda xatolar yuz beradi, ular siltanuvchi oyoq tizzasining haddan ortiq ko’tarilishi yoki yetarlicha ko’tarilmasligida ifodalanadi. Natijada g’ov oyoq uchi yoki tizza bilan urib yuboriladi va yugurish ritmi buziladi. Xatoni bartaraf etish uchun g’ov yonida turib qo’llar bilan tayangan holda, bir oz egilgan vaziyatda itariluvchi oyoqni olib o’tish mashqlari bajariladi.
    6. Itariluvchi oyoqni g’ovdan tushish vaqtida keragidan avvalroq o’ziga tortish hamda gavdani rostlash xato hisoblanib, buni bartaraf etish uchun sportchi g’ovdan 30-40 sm uzoqlikda, uning yonida itariluvchi oyoqda turib, siltanuvchi oyoq sonini g’ov plankasi sathida ko’taradi, bu paytda boldir pastga erkin tushib turadi, siltanuvchi oyoq rostlanib, g’ov ortiga tushirilgach, itariluvchi oyoq tezgina to’siq ustidan oshirib o’tkaziladi. Mashq joyida turib ham, harakatda ham bajariladi.

    Download 24,48 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -vazifa. G’ovni oshib o’tishda oyoqlar, qo’llar va gavda harakatlarini o’rgatish. Vositalar

    Download 24,48 Mb.