|
Turli masofalardagi g’ovlar soni va ular orasidagi masofalar
|
bet | 72/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASITurli masofalardagi g’ovlar soni va ular orasidagi masofalar
Masofalar tengligi
|
G’ovlar masofasi
|
110 m
|
100 m
|
400 m (erkak)
|
400 m (ayol)
|
G’ovlar balandligi
|
106,7sm
|
84 sm
|
91,4 sm
|
76,2 sm
|
Startdan birinchi g’ovgacha bo’lgan masofa va qadamlar soni
|
13 m 72 sm / 7-8
|
13 m
/ 7-8
|
45 m / 21-22
|
45 m / 23-24
|
G’ovlar va ular ustidagi qadamlar soni
|
10 /
10
|
10 /
10
|
10 /
10
|
10 / 10
|
G’ovlar orasidagi masofa va ular soni
|
9 m 14 sm /9
|
8 m 50 sm /9
|
35 m /
9
|
35 m /
9
|
Bitta g’ov orasidagi qadam va barcha g’ovlar orasidagi qadamlar soni
|
3 / 27
|
3 / 27
|
13-17 / 117-153
|
15-19 / 135-171
|
Oxirgi g’ovdan marra chizig’igacha bo’lgan masofa va qadamlar soni
|
14 m 02 sm / 6-7
|
10 m 50 sm / 5
|
40 /
15-17
|
40 /
20-21
|
G’ovlar orasidan o’tishda umumiy qadamlar soni
|
50-52
|
49-50
|
163-202
|
188-226
|
Ayollarning g’ovlar osha yugurishida “etakchi omillar” tuzilishining shakli mutlaqo boshqa. Bu yerda faqat uchta o’lcham mavjudligi kuzatildi, bular to’siqlarni oshib o’tish texnikasi samaradorligini belgilaydi:
itarilish joyidan g’ovgacha bo’lgan masofa;
g’ovdan yerga tushish joyigacha bo’lgan masofa;
g’ovlar orasida dastlabki qadamni bajarayotganda itarilish burchagi.
Bunday o’ziga xoslik g’ovlar orasidagi masofa bilan (8,5 m) g’ovchi qizlarning morfofunksional ko’rsatkichlari hamda g’ovlar osha yugurish texnikasiga o’rgatishning nisbati eng maqbul ekanligidan dalolat beradi.
G’ovlar osha yugurish texnikasiga o’rgatishdan avval yangi shug’ullana boshlaganlarni tez yugurish, uzunlik va balandlikka sakrash, bel va qorin pressi mushaklarini mustahkamlashga o’rgatish zarur.
G’ovlar osha yugurish texnikasiga o’rgatish umuman, va ayniqsa, tos-son bo’g’imlaridagi egiluvchanlik, harakatchanlik darajasiga jiddiy talablarni ilgari suradi. Zarur egiluvchanlikni badan qizdirish mashqlarini bajarish chog’ida maxsus “g’ov” mashqlari ko’magida rivojlantirish maqsadga muvofiq.
O’rgatish an’anaviy sxema bo’yicha o’tkaziladi: vazifalar, ularni hal etish vositalari, usuliy ko’rsatmalar.
|
| |