Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




Download 24,48 Mb.
bet76/244
Sana21.05.2024
Hajmi24,48 Mb.
#249047
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   244
Bog'liq
portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

5-vazifa.G’ovlar osha yugurish texnikasi elementlarini takomillashtirish.
O’rgatishning takomillashtirishga doir vazifalari har bir mashg’ulotda takrorlanadi va asta-sekin o’z ichiga qator vazifalar yig’indisini, vositalar orqali usuliy ko’rsatmalar asosida takomillashtirish jarayoniga aylana boradi.
Start tezligini olish. Har bir mashg’ulotda uni o’rganishga e’tibor qaratish kerak. Qadamlarni aniq mo’ljallash zarurati katta murakkablik tug’dirib, tinimsiz mashq qilishni talab etadi. Lekin bu faoliyatning faqat tashqi tomonidir. Uning asosiy qiyinchiligi tezlik dinamikasi va ritmni o’zlashtirishidadir.
Start tezligini olishni o’rganishda bir g’ovni yugurib o’tish yetarli bo’ladi. Lekin itariluvchi oyoq g’ov ortiga faollik bilan tushirilgach, ya’ni g’ovlar orasidagi birinchi qadam yakunlanganidan keyingina mashq tugashi mumkin. Faqat shu holdagina dastlabki g’ovning oshib o’tilishi start tezligini olishni o’rganish vazifasini muvaffaqiyatli hal etadi va g’ovlar orasida yugurishda hech qanday qo’shimcha hodisalarga sabab bo’lmaydi. Sportchi mashqni yana ko’p marta takrorlash uchun kuchini saqlab qoladi. Malakali sportchilar har bir maxsus mashg’ulotda badan qizdirish mashqlarining davomi sifatida bittadan g’ovni 4-8 marta yugurib o’tadilar. Vaqt-vaqti bilan mazkur mashqqa butun mashg’ulotni bag’ishlab, unda bu mashqni 50 martagacha takrorlay-dilar. Ayniqsa, 7 va 8-qadamni bajarishga ko’p vaqt ajratadilar.
O’rgatishda dastlabki mashg’ulotlarning boshida yugurishga ko’p kuch sarflamaslik maqsadga muvofiq. Tezlik ritmik tarzda oshirib borilishi, so’nggi ikki qadam va g’ovdan oshib o’tish esa eng faol ravishda bajarilishi lozim. Keyinchalik barcha sportchilar uchun 1-2 g’ovni oshib o’tish muayyan qiyinchilik tug’diradi, chunki g’ov tomon maksimal tezlik, g’ovni ishonch bilan oshib o’tish hamda g’ovlar orasidagi yugurishni o’zaro birlashtirish zarur.
Startdan yugurib kelishni yaxshi o’zlashtirib olishning asosiy vositasi pastki startdan 2-4 g’ovdan oshib yugurish hisoblanib, g’ovlarni joylashtirishning turli variantlaridan foydalanish mumkin: 1) bir xil balandlikdagi g’ovlar; 2) har bir keyingi g’ov avvalgisidan balandroq; 3) startdan tezlik olish 10 qadamga yetkazilgan (yigitlarda – 17-18 m; qizlarda 16-16,5 m).

Download 24,48 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   244




Download 24,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

Download 24,48 Mb.