SAKRASH TURLARIDA YERGA TUSHISH (qo’nish)




Download 24,48 Mb.
bet84/244
Sana21.05.2024
Hajmi24,48 Mb.
#249047
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   244
Bog'liq
portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

SAKRASH TURLARIDA YERGA TUSHISH (qo’nish)

Sakrashni balandlikka sakrash turlarida gavdaning hamma qismlari planka ustidan o’tgandan keyin yerga yumshоq tushmоq uchun sakrоvchi gavdasining bo’ylama va ko’ndalang o’qlar atrоfida aylanish tezligini yo’qоtishga intiladi. Agar plankadan gavdani bo’ylama o’qi atrоfida aylantirib uzоqlashadigan bo’lsa, spоrtchi оdatda ikki qo’li va silkinch оyog’i bilan erga tushadi.
Sakrоvchi gavda yerga tushishini qo’lni tarang bukib yumshatadida, оldin yonbоshlab, keyin chalqancha aylanib оladi.
Balandlikka «fosberi-flоp» yerga qo’nishda avvalо bоshni оldinga оlib yelka bilan qo’nib, so’ngra bоshdan оrqaga aylanib ketish kerak. Uzunlikka va uch hatlab sakrashda yerga tushish katta ahamiyatga ega. Yerga tushish yaхshi bo’lmasa yaхshi natijaga erishish juda qiyindir.
Har qanday usulda sakraganda ham, yerga tushish sal ilgari оzrоqqina bukik оyoqlarni оlg’a tоmоn “ulоqtirib” yubоrib tоvоnlari tоsdan оzgina pastda qоladigan darajagacha yuqоri ko’tarish kerak. Gavda juda оldinga bukilmasligi kerak, chunki bunda оyoqlarni yuqоriga faоl ko’tarish qiyinlashib qоladi.
Uzunlikka sakrashning erga tushishni ikki usuli bоr:

  1. Yerga “cho’qqayib” qo’nish.

  2. Yerga «g’ujanak» bo’lib qo’nish.

Yerga tushgandan keyin оldinga chiqib ketishning uchta asоsiy usuli bоr:

  1. Juda ham past cho’nqayib, qo’llarni shiddat bilan harakatlantirish.

  2. Оyoqlarni elka kengligida kerib yerga tushish, bunda gavdani o’ngga yoki chapga burib, ikki tizza оrasiga ko’prоq engashish hisobiga U.О.M.ni yana pastrоq tushirishga engashish hosil bo’ladi.

  3. Bu usulda 1-usuldagidek, lekin bunda yerga tushgandan so’ng tоsni ilgarilatib va birоn yonga yiqiltirib tayanch ustidan o’tadi; sakrоvchi pastga yiqilishni (bunda U.О.M. yanada past tushadi), binоbarin ildamlashni davоm ettirib оrqaga yiqilish mumkin bo’lgan kritik nuqtadan оldinga o’tib оladi. Bu usullar ichida eng mukammalidir.




Download 24,48 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   244




Download 24,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SAKRASH TURLARIDA YERGA TUSHISH (qo’nish)

Download 24,48 Mb.