• Uzoqlashtirilgan startda
  • 4-rasm. Start tirgaklarining joylashtirilishi
  • 5-rasm. Start tirgaklari burilishda joylashishi
  • Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




    Download 24,48 Mb.
    bet45/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    Oddiy startda start chizig’idan birinchi oyoq tirgakkacha bo’lgan masofa 1,5-2 oyoq kaftiga teng, birinchi tirgakdan ikkinchisigacha bo’lgan masofa ham xuddi shunday. Endi shug’ullanayotgan sportchilar uchun boldir uzunligiga qarab joylashtirishni qo’llash mumkin, ya’ni birinchi tirgakkacha bo’lgan masofa boldir uzunligiga teng.
    Uzoqlashtirilgan startda start chizig’idan birinchi tirgakkacha bo’lgan masofa 2 dan 3 oyoq kaftigacha, birinchi tigakdan ikkinchisigacha 1,5 dan 2 oyoq kaftigacha uzaytirilgan.
    Yaqinlashtirilgan startda start chizig’idan birinchi tirgak kacha 1,5 kaft, birinchi tirgakdan ikkinchisigacha bo’lgan masofa – 1 oyoq kaftiga teng. Tor startda start chizig’idan birinchi tirgakkacha bo’lgan masofa o’zgarmaydi, birinchi tigakdan ikkinchisigacha bo’lgan masofa o’zgaradi – 0,5 oyoq kaftidan boshlab to undan kamroq masofagacha.



    4-rasm. Start tirgaklarining joylashtirilishi:
    a – oddiy start uchun; b – uzaytirilgan start uchun; v– yaqinlashtirilgan start uchun

    Aytib o’tganimizdek, startni qo’llash har bir sportchining individual imkoniyatlariga, birinchi navbatda, oyoqlar mushaklariga va sportchining signalga nisbatan reaksiyasiga bog’liq. Uzunasiga o’q bo’ylab tirgaklar o’qlari o’rtasidagi masofa 15 dan 25 sm gacha o’rnatiladi. Start tirgaklari burilishda joylashishi 5-rasmda ko’rsatilgan.





    5-rasm. Start tirgaklari burilishda joylashishi
    -Startga buyrug’i bilan sportchi oyoq kaftini tirgakka tiraydi, qo’llarini start chizig’iga qo’yadi, orqada turgan oyoq tizzasini yerga qo’yadi, ya’ni beshta tayanchli holatni egallaydi. Bosh gavdaning vertikal holatini davom ettiradi, orqa tekis yoki biroz egikroq, tirsak bo’g’imlaridan tekislangan qo’llar yelkadan sal kengroq yoki ikki yelka kengligi atrofida joylashadi. Nigoh start chizig’idan 1 m nariga qaratiladi. Qo’l panjalari bosh va ko’rsatkich barmoqlariga tayanadi, panja start chizig’iga parallel turadi. Oyoq kaftlari tirgakning yuziga shunday tayanib turadiki, tikanli oyoq kiyimining uchi yo’lka ustiga tegib turishi lozim (6,a-rasm).
    - Diqqat buyrug’I bilan yuguruvchi tosni ko’tarib, orqada turgan oyoq tizzasini tayanchdan oladi. Odatda, tosni ko’tarish balandligi elka sathidan 7-15 sm ga yuqoriroq turadi.Elka birmuncha oldinga, start chizig’idan nariga chiqariladi. Yuguruvchi qo’llariga va tirgaklarga tayanadi. Sportchi startga beriladigan buyruqni kutayotib, tirgakni kuch bilan bosib turishi juda muhim (6, b-rasm).


    Download 24,48 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

    Download 24,48 Mb.