Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farkdanadi




Download 1,24 Mb.
bet20/92
Sana05.12.2023
Hajmi1,24 Mb.
#111254
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92
Bog'liq
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya (2)

Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farkdanadi.
1. Verbal ta’sir — bu so’z va nutkimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar suzlardir. Ma’lumki, nutq —bu so’zlashuv, o’zaro muomala jarayoni bo’lib, uning vositasi — so’zlar xisoblanadi. Monologik nugqtsa ham, dialogik nutqda ham odam o’zidagi barcha so’zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so’zlarni topib, sherigiga ta’sir ko’rsatishni xohlaydi.
2. Paralingvistik ta’sir — bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to’xtashlar, dudukdanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do’stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo’lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.
3. Noverbal ta’sirtng m&’nosi «nutqsiz»dir. Bungas uhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqotjarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o’rtog’ingaz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko’rganimdan biram xursandman», desa, ishonasizmi?
Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir-birlarigata’sir ko’rsatmoqchi bo’lishganda, dastavval nima deyish, qanday so’zlar vositasida ta’sir etishni o’ylar ekan. Aslida esa, o’sha so’zlar va ular atrofidagi harakatlar muhim rol o’ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko’ra, birinchi marta ko’rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo’lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal harakatlar 58% gacha ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o’zgarishi mumkin albatta, lekin xalq ichida yurgan bir maqol to’g’ri: «Ust-boshga qarab kutib olishadi, akdga qarab kuzatishadi». ;
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko’proq ta’sirga ega bo’lishi sheriklarning rollariga ham bog’liq. Ta’sirning tashabbuskori — bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko’rsatish maqsadi bo’ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Agar boshliq ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u o’rnidan turib kutib oladi, iltifot ko’rsatadi, hol-ahvolni ham quyuqroq so’raydi va so’ngra gapning asosiy qismiga o’tadi.
Ta’sirning adresatpi — ta’sir yo’naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo’lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo’lsa, u tashabbusni o’z qo’liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo’ladi.

Download 1,24 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92




Download 1,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farkdanadi

Download 1,24 Mb.