Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni




Download 1,24 Mb.
bet19/92
Sana05.12.2023
Hajmi1,24 Mb.
#111254
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92
Bog'liq
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya (2)

Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insonby qiyofasi, fazilatlari, hattoki, nuqsonlari ham Mulaqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lgan odam o’zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo’lolmaydi. Shu-ning uchu muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funktsiyalarini, bizning haetimizda bajaradigan vazifalarini tahlil qilamiz.
Har qanday muloqotning eng elementar funktsiyasi — suhbatdoshlarning o’zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir.
Bu o’zbeklarda samimiy salom-alik, suhbatdoshni ochiqyuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O’zbek xalqining eng nodir va buyuk hislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko’rishadi, so’rashadi, hol-ahvol so’raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog’da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va xalqlarda ham bor, ya’ni bu jihat milliy o’ziga xoslikka ega.
Uning ikkinchi muhim funktsiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o’ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o’g’rilanib ketilishi,so’ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo’lishi faktlari shuni ko’rsatganki, «mauglilar» biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday holat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko’plab psixologik eksperimentlarda o’z isbotini topdi.
Muloqotning yana bir muhim vazifasi — u odamni u yoki bu faoliyatgahozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzokdashgan, ular nazaridan qolgan odamnyng qo’li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o’zigagina manfaat keltiradbgan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko’plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya’ni odamni yolg’izlatib qo’yishni uning ruhiyatiga ta’siri o’rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo’lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy holatlarning buzilishi qaydetilgan. Lekin ataylab emas, taqtsir taqozosi bilan yolg’izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o’zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o’zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o’rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg’izlik va muloqotning etishmasligi odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, hadiksirash, havotirlanish, o’ziga ishonchsizlik, qayg’u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg’izlikka mahkum bo’lganlar ma’lum vakt o’tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko’rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo’lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo’lar ekan. Masalan, bir M.Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun kun g’or ichida yashagan ekan. Uning keyiyachayaik yozishicha, bir necha 63kun o’tgach, u turgan erda bir o’rgimchakni ushlab oladi va u bilan.dialouu boshlanadi. «Biz, deb yozadi u, shu hayotsiz yur ichidaga tanho tarik mavjudotyaar edik. Men o’rgimchak bilan gaplasha boshyaadim, unint taqdiri uchun qayg’ura boshladim...»
Shaxsning muloqotga bo’lgan ehtiyojining to’la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir ko’rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o’zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko’pincha odamning ishlash qobiliyatini ham oshirarkan, ayniqsa, gagshashib o’tirib qshshnadigan ishlar, birgalikda yonma-yon turib bajariladigan operatsiyalarda odamlar o’z oldida turgan hamkasbiga qarab ko’proq, tezroqishlashga quch va qo’shimcha iroda topadi. To’g’ri, bu hamkorliqda o’sha yoiidaga odam unga yoqsa, ular o’rtasida o’zaro simpatiya hissi bo’lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan bo’lib qoladi. Shuninguchuya ham amerikalik sotsioyaog hamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning unumdorlikka bevosita ta’sirini o’rganib, sotsiometrik texnologayani, ya’ni so’rovnoma asosida bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qkluvchilarni aniqlagan va sotsiometriya metodikasiga asos solgan edi.
Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o’zaro hamkorlikdaga faoliyatlarining ichki psixologikmexanyzmini tashkil etadi. Qrlaversa, hozirgi yanga demaqratikmunosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas,balki kollegial — birgaliqda chiqarish ehtiyoji paydo bo’lganligini hisobga olsak, odamlarning muomalamadaniyati, va muloqat texkikasi mehnat unumdorligi va samaradorlikning muhim omillaridandir.
Insoniy muomala va muloqotningpsixologak vositalari
Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko’zlagan maqsadshridan biri — o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatish, ya’ni fikr-g’oyanariga ko’ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o’zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir — bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir ko’rsata olishdir.

Download 1,24 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92




Download 1,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni

Download 1,24 Mb.