|
Muloqot va unga o’rgatish muammolari
|
bet | 21/92 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 1,24 Mb. | | #111254 |
Bog'liq Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya (2)Muloqot va unga o’rgatish muammolari
Oxirgi yillarda «professionalizm» tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo’lib qoldi. Chunki, jamiyatda tub islohog’larni amalga oshirish, mehnat unumdorligini «insots omili»ni takomillashtirishhisobiga oshirish davr talabi bo’lib qoldi. Ayniqsa,odamlarni boshqarish sohasidagi professionalizmga katta e’tibor qaratilmoqda. Juda qo’pchilik mutaxassislar barcha bajaradigan funktsiyalari orasida odamlar bilan til topishish, ularga ta’sir ko’rsatish, ular faoliyatini to’g’ri tashkil qilish va boshqarish eng murakkablaridan ekanligini e’tirof etmoqtsalar.
Odamlar bilan normal munosabatlarni o’rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida sheriklarning holatlari, kushshlarini aniqlay olmaslik, o’z nuqtai nazariga o’zgalarni professional tarzda ko’ndira olmaslik, «birov»ni, uning ichki kechinmalari va o’ziga bo’lgan munosabatini aniqtasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ uquvsizlik, yoki diskommunikatsiya holatini keltirib chiqaradi. Bunda odamlar oddiy til bilan aytganda, bir-birlarini tushunolmay qoladilar, shuning oqibatida pishib turgan loyiha yoki yaxshi reja amalga oshmasligi, bir necha oylarga cho’zilib ketishi mumkin.
Shuning uchun ham hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining tatbiqiy yo’nalishida, boshqaruv psixologiyasida katga yoshli odamlarni kommunikativ bilimdonlikka o’rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqtsa. Har bir korxona, xususiy firma yoki davlat muassasasini boshqaruvchi menejer, rahbar tayyorlash muammosi ana shu rahbarlarni, boshqaruvchilarni psixologik jihatdan odamlar bilan ishlashga o’rgatish muammosini chetlab o’tolmaydi. Umuman, hozirgi davrda har qanday mutaxassis — vrach, muhandis, o’qituvchi, iqtisodchi, agronom, quruvchi, jurnalist, madaniyatshunos yoki boshqalar ham kommunikativ malakalarga ega bo’lmaguncha, bozor munosabatlari sharoitida tezda jamoaga kyrishib, ko’pchilik bilan til topishib, o’z professional mahoratini ko’rsata olmaydi.
Har bir ziyoli inson boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va san’atiga ega bo’lishi kerak.Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o’rgatishni har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ymoqda. To’g’ri, muloqotga kirishish-ijtimoiylashuv jarayonida barcha sifatlardan oldinroq shakllanadigan qobiliyatlardan, u tabiiy va haetiy narsa. Bola tili juda yaxshi chiqib ulgurmay, atrofidagilar bilan aktiv muloqotga kirisha boshlaydi. Lekin masalaning paradoksal tomoni ham shundaki, yillar o’tgan sari ongli, aqlli odam har bir gapini o’ylab gapiradagan, har bir qadamini o’ylab bosadigan bo’lib qoladi, bu uning jamiyatdagi mavqeini belgilovchi vositadir. Bu muloqotga kirishishga ruhan tayyorlanishning ahamiyatini ham odam anglashini taqozo etadi. Shunday qilib, ana shu eng tabiiy va bir qarashda oddiy inson faoliyati shu qadar murakkab va serqirraki, uning mexanizmlarini o’rganish, guruhlarda to’g’ri munosabatlarni tashkil etish va odamlarni samarali muloqatga o’rgatish muammosi bugungi ijtimoiy psixologiyaning muhim masalalaridandir.
Ma’lumki, gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o’zaro mosligi, bir-birini to’ldirishiga bog’liq ekan. Noto’g’ri tasavvurlardan biri shuki, odamni muomala yoki muloqotga o’rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so’zlardan foydalanib, ta’sirchan gapirishga o’rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni — tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi «Yaxshi suhbatdosh — yaxshi gapirishni biladigan emas,balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir» deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo’lishini nazarda tutgan edi.
Tinglash mahorati
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan odamlar vaqtining 45%i kimlarnidir tinglashga sarf qilar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda bo’ladiganlar — savdo xodimlari, aloqachilar, rahbarlar, muxbirlar va boshqalar 35-40 % oylik maoshlarini odamlarni «tinglaganlari» uchun olarkanlar. Bunda»shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko’proq foyda keltirarkan.
Shuning uchun bo’lsa kerak, nemis faylasufi A. Shopengauer «Odamlarni o’zingiz to’g’ringizda yaxshi fikrga ega bo’lishlarini xohlasangiz, ularni tinglang» deb yozgan ekan. Darhaqiqat, agar siz kuyunib gapyrsangizu, suhbatdoshingiz sizni tinglamasa, boshqa narsa bilan ovora bo’laversa, undan ranjiysiz, nafaqat ranjiysiz, balki u bilan aloqani ham uzasiz. O’qituvchi gapirayotgan paytda uni tinglamaslik.odobsizlikning eng keng tarqalgan ko’rinishi deb baholanishini bilasizmi?
Nima uchun biz ko’gogacha yaxshi gapiruvchi, so’zlovchi bo’la olamiz-u, yaxshi tinglovchi bo’la olmaymiz? Psixologlarning fikricha, asosiy xalaqit beruvchi narsa — bu bizning o’z fikro’ylarimiz va xohishlarimiz og’ushida bo’lib qolishimizdyr. Shuning uchun ham ba’zan rasman sherigimizni tinglayotganday bo’lamiz, lekin aslida xayolimiz boshqa erda bo’ladi. Tinglashning ham xuddi gapirishga o’hshash texnikasi, usullari mavjud. Ularning turi ham ko’p, lekin asosan biz kundalik hayotda uning ikki usulini qo’llaymiz: so’zma-so’z qaytparish va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdosh so’zlarining bir qismini yokyaxliticha qaytarish orqali, sherikni ko’llab-quvvati lashni bildiradi. Ikkinchi usul esa — sherigimiz so’zlarini tinglab undagi asosiy g’oyani muxtasar, o’zimizning talqinimizda ifoda etish. ykkala usul ham sherik uchun muhim, chunki u sizning tinglayotganingizni, hattoki, undagi g’oyalarga qarshi emasligingizni bildiradi. Bundan tashqari, biz yaxshi tinglayotgak bo’lib, «Yo’g’-e?», «Nahotki?», «Qara-ya?», «Yasha!» luqmalari bilan ham suhbatdoshimizni gapirishga, yanayam o’z fikrlarini oydinlashtirishga chaqirib turamiz.
Demak, aslida bizdagi g’apirayotgan shaxs etakchi, u suhbatning mutloq hokimi, degan tasavvur unchalik to’g’ri emas. Yaxshi tinglashda ham shunday kuch borki, u suhbatdoshni Sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug’diradi. Chunki, muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa — bu axborotning o’zi. Tinglayotgan odam ma’nili, yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali me’lumot oladi.
Gapirgan esa aksincha, o’zidagi borini berib, gapkriaydigan suhbatdoshdan «teskari aloqani» olib ulgurmay, hech narslsg’z qolishi ham mumkin. Shuning uchun muloqotga o’rgatishning muhim yo’nalishlaridan biri — odamlarni faol tinglaipa, bunda barcha paralingvistik va noverbal omillardan o’rinli foydalanishga o’rgatishdir.
Professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
*« aktiv holat. Bu — agar kreslo yoki divan kabi mebel bo’lsa, unga bemalol yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so’ziga qiziqayotganligingiznibildirishni nazarda tutadi;
*suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o’ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o’zaning har bir so’ziga uni ham ko’ndirishning samaraln yo’lkdir.
• o’ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paitda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o’zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo’li.
Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak,bu bilan biz unda o’z-o’ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak,tinglash jarayoni ko’pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali bo’lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki, tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g’oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ma’ruzgchi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomoni-dan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.
|
| |