Mavzuning dolzarbligi.
Bugungi kunda barcha akademik litseylar biologiya kabinetlari yetarli miqdordagi o’quv laboratoriya jihozlari(asbob-uskunalar, didaktik tarqatma materiallar, plakatlar, proyeksion ko’rgazma metodik qo’llanmalar, texnik vositalar) bilan ta’minlangan. Shunday ekan ulardan samarali foydalanishni tashkil etish mukammal o’quv-metodik adabiyotlarning yaratilishiga bog’liq.
Uzluksiz ta’lim tizimining tubdan isloh qilinishi, ta’lim mazmunining yaxshilanishi o‘qitish vositalarini takomillashtirishni taqozo etadi. Mazkur vazifalar asosida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida biologiya fanining o‘qitilishi o‘quv moddiy texnik bazasining asosi bo‘lgan o‘quv-laboratoriya xonasinig jihozlari va unga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini keltirib chiqaradi.
BMI akademik litseylar va tibbiyot kasb-hunar kollejlari biologiya kabineti, unda o’qituvchi vazifasi, biologiya fani o‘quv dasturi asosida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o’quv- laboratoriya mashg’ulotlari uchun zarur jihozlarini tizimlashtirish, ulardan samarali foydalanish orqali yerda hayotning paydo bo’lishi fanidan amaliy va o’quv-laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish metodikasiga bag’ishlangan. Hozirgi kunda fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida o‘qitish – kompyuter, multimedia, audio-videotexnika, masofadan o‘qitishda internet tizimidan foydalanish kabi bir qator yangi texnologiyalar asosida olib borilishi bilan bir qatorda amaliy va o’quv-laboratoriya mashg’ulotlari o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.
Shunday ekan, biologiya fani bo‘yicha Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi talablari darajasida ta’lim samaradorligini oshirishga erishish maqsadida, darsda foydalanish lozim bo‘lgan o‘quv-laboratoriya jihozlari hamda ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlashni davom ettirish qanchalik zarur bo’lsa, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish ham muhimdir.
Mazkur BMI ushbu maqsadga qaratilgan bo‘lib, unda o‘ziga xos xulosalar va tavsiyalar mujassamlashgan.
|