Guliston davlat universiteti tabiy fanlar fakulteti «biologiya» kafedras I




Download 196 Kb.
bet5/27
Sana23.07.2021
Hajmi196 Kb.
#15742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Foydalanilgan adabiyotlar -----------------------------------------------------------

Kirish

XX asr oxirlarida mavjud bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimi mamlakatimizda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlar va ta’lim islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o‘quv jarayonining moddiy-texnik va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar hamda didaktik materiallarning tanqisligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida samarali integratsiya va hamkorlik yo‘qligi - mutaxassislar tomonidan tayyorlangan tahlillarida mazkur tizimning jiddiy kamchiliklari qatorida ko‘rsatilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida yangi mazmun-mohiyat va shakl joriy etishda huquqiy-me’yoriy asos bo‘lgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga tayangan holda keng ko‘lamli islohotlar jarayoni amalga oshirilayotganligini ta’kidlash joiz. Xususan, ta’limning asosiy me’yoriy talablarini ifoda etuvchi ta’lim turlari mazmuniga qo‘yilgan Davlat ta’lim standartlari hamda kadrlar tayyorlash milliy modelining qabul qilinishi ta’lim sohasida erishgan yutuqlarni mustahkamlashga, islohotlarni chuqurlashtirishga, ta’lim jarayonida samarali natijalar olishga imkon yaratdi.

Uzluksiz ta’lim tizimining tubdan isloh qilinishi, ta’lim mazmunining yaxshilanishi o‘qitish vositalarini takomillashtirishni taqozo etadi. Mazkur vazifalar asosida ta’lim muassasalarida biologiya fanining o‘qitilishi o‘quv moddiy texnik bazasining asosi bo‘lgan o‘quv laboratoriya xonasi jihozlari va unga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini keltirib chiqaradi.

Akademik litseylari o‘quv dasturlari biologiya fani bo‘yicha eng oxirgi yutuqlarni aks ettirganligi tufayli umumiy biologiya oquv fani barcha bo‘limlarining ilmiylik darajasi ortishi bilan laboratoriya mashg’ulotlari miqdori va sifati o‘zgardi. Bu, o‘z navbatida, olingan bilimlarni amaliyotda sinab ko‘rish, tajribalar vositasida mustahkamlash kabi vazifalarni ilgari suradi. Albatta, tajribalarni maxsus jihoz va o’quv-laboratoriya asboblarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

O‘qitish jarayonida ko‘rgazmalilik usulidan foydalanishning muhimligi o‘qituvchining o‘rganilayotgan tabiiy ob’yekt va hodisalarni hissiy idrok etishga, ularni kuzatib, mushohada qilishga o‘quvchini undash, amaliy va nazariy bilimlarning uzviyligiga ishonch hosil qilishga va nihoyat, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash malakalarining hosil bo‘lish darajasi bilan izohlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 25 avgustdagi 315 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Akademik liseylarda biologiya fanidan namunaviy o’quv dasturi asosida Tabiiy yunalishdagi ALda biologiya fanlaridan amaliy va o’quv laboratoriya mashulotlarini qayta ko’rib chiqish va mukammal darajadadagi uslubiy ishlanma yaratishni taqoza etadi.

Ta’lim muassasalarida ta’lim berish, Tabbiy yo’lishdagi frfdemik liseylarda Tarmoq ta’lim standartlari, o‘quv reja, fan dasturi va rejasiga binoan amalga oshirilib, uning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish, nazariy bilimlar berish, tajribalar o‘tkazish, namoyishli tajribalar ko‘rsatish, amaliy va o’quv-laboratoriya mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim jarayonining samaradorligi darsda qo‘llaniladigan o‘quv vositalari, ko‘rgazmalar tizimining mukammalligi ularning yosh avlod ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liqdir.

Bugungi kunda ta’lim muassasalari biologiya fan xonalari o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi. Albatta, o‘qituvchi avvalambor, o‘zi ularning nomlanishini, didaktik maqsad va vazifalarini, ishlatilish usullarini bilib, darsga puxta hozirlik ko‘rishi lozim, chunki, har bir yangi o‘quv-laboratoriya jihozi - yangi pedagogik texnologiyalarning joriy qilinishini taqozo etadi.

Ma’lumki, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan o‘quv-ko‘rgazmali vositalar va o‘quv-laboratoriya jihozlari ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki o‘quvchilar o‘quv materialini amaliyotda ko‘rish orqali idrok etadilar va tajribalar o‘tkazish orqali puxta bilim olishiga asos solinadi, tabiatdagi kuzatishlar esa ularning zehnini mustahkamlaydi va diqqatini barqarorlashtiradi.

Biologiya o‘quv laboratoriya xonasi imkoniyatlaridan darsdan tashqari va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish va o’tkazishda foydalanishlari mumkin.




Download 196 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 196 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guliston davlat universiteti tabiy fanlar fakulteti «biologiya» kafedras I

Download 196 Kb.