C) Kimyoviy reaktivlar bilan ishlash jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalari




Download 196 Kb.
bet14/27
Sana23.07.2021
Hajmi196 Kb.
#15742
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
C) Kimyoviy reaktivlar bilan ishlash jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalari

Biologiya fanidan ayrim tajribalarni o‘tkazish va namoyishli tajriba ko‘rsatishda kislota, tuz, ishqorlarning suvdagi eritmalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

Bu moddalarning ayrimlari kuydirishi, zaharlashi va boshqa salbiy ta’sirlar ko‘rsatishini esda tutish kerak. Shunday hol ro‘y bermasligi uchun quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish zarur:

1.O‘quvchilarning kuchli kislota va o‘yuvchi ishqor eritmalari bilan ishlashlari qat’iyan man etiladi.

2. Moddalarni hididan aniqlashda idishning og‘ziga juda yaqin engashib, bug‘ yoki ajralib chiqayotgan gazni hidlash mumkin emas. Buning uchun, kaftni engilgina harakatlantirish bilan bug‘ yoki gazni burunga yo‘naltirish va ehtiyotkorlik bilan nafas olish kerak. Moddalarning ta’miga qarab aniqlash mutlaqo mumkin emas.

3. biologiya o‘quv-laboratoriyasida kimyoviy reaktivlarni qulf bilan yopiladigan qutilarda, shkaflar (seyf) da saqlash kerak, kislotalar biologiya xonasida ishqor va boshqa reaktivlardan ajratilgan xolatda saqlanadi.

4. O‘quv-laboratoriya xonasida foydalaniladigan barcha reaktivlar tiqin bilan berkitiladigan plastmassa, shisha yoki sopol idishlarda saqlanishi kerak. Idishlarga moddalarning nomi va eritmalarning kontsentratsiyasi, yozilgan qog‘ozlar yopishtirib qo‘yilishi shart. Zaharli moddalarga “Zahar!”, oson yonuvchi moddalarga “O‘tdan saqlan!” so‘zlari yozib qo‘yilishi shart.

5. Kislota eritmalarini tayyorlashda suvga kislotani quyish kerak. Kislota va ishqor eritmalarini idishga voronka yordamida sekin quyish kerak.

6. Ishlatishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy reaktivlarni suv rakovinasiga to‘kish aslo mumkin emas.

7. Odamning terisiga yoki kiyimiga tekkan kislotalarni soda, nashatir spirti bilan, o‘yuvchi ishqorlarni eritilgan sirka kislotasi bilan zararsizlantiriladi. Xonada hamma vaqt neytrallashtiruvchi moddalar zahirasi bo‘lishi kerak.


O‘quv-laboratoriya jihozlari sifatiga qo‘yiladigan talablar

-hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyotiga mos kelishi;

- sodda, qulay, qo‘llanilishi bo‘yicha ishonchli bo‘lishi;

- asbobdan foydalanayotganda estetik talablarga javob berishi;

- xavfsizlik texnikasi qoidalari, gigienik talablarga to‘liq javob berishi;

- namoyishli tajriba o‘tkazishda foydalaniladigan o‘quv-laboratoriya jihozlari o‘quvchilarga yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi;

- katta hajmli asboblarning barcha qismlari ranglarga bo‘yalgan bo‘lishi;

- namoyishli tajriba o‘tkazishda ishlatiladigan asboblarning sezgirligi katta va aniqlik darajasi yuqori bo‘lishi, mexanik kuchlanishga chidamli hamda mustahkam bo‘lishi;

-tajribaning necha marta takrorlanishidan qat’iy nazar bir xil natijaga ega bo‘lishligi;

- ishlatayotgan paytda asboblarni sozlash yoki ta’mirlashga zarurat bo‘lmasligi;

namoyish qilinadigan o‘lchov asboblari aniq ko‘rinadigan shkalaga yoki raqamli tabloga ega bo‘lishi hamda ularning yorug‘ joyda turishlari zarur.


Download 196 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Download 196 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



C) Kimyoviy reaktivlar bilan ishlash jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalari

Download 196 Kb.