• Ilmiy talablar
  • O‘quv-laboratoriya xonasi jihozlariga qo‘yiladigan umumiy talablar




    Download 196 Kb.
    bet11/27
    Sana23.07.2021
    Hajmi196 Kb.
    #15742
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
    1.2. O‘quv-laboratoriya xonasi jihozlariga qo‘yiladigan umumiy talablar

    Pedagogik talablar

    O‘quv-laboratoriya xonalari, undagi jihoz va didaktik vositalar o‘rganiladigan dars mazmunini yoritishga, o‘quvchilarni ob’yektlarning tuzilishini to‘liq tasavvur etishlariga yo‘naltirilishi, olingan nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llashga yordam berishi, biologik ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilik prinsipini amalga oshirish, shuningdek, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarning biologiya fani asoslarini puxta o‘zlashtirishlari uchun o‘quv va amaliy ko‘nikmalarni tarkib toptirishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash hamda kasb tanlashlariga yordam berishi lozim.

    O‘quv-laboratoriya jihozlari biologiyani o‘qitishning vazifalari va mazmuniga mos ravishda bo‘lishi kerak. Bu jihozlar foydalanish uchun soddaroq bo‘lib, o‘rganiladigan qonuniyatlar va tabiiy hodisalar mohiyatini atroflicha tushunishga va o‘quvchilarning yoshiga va imkoniyatlariga mos holda tanlanishi kerak.

    Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi va tibbiyot, dorishunoslikning barcha tarmoqlarini rivojlantirishda mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilishda biologiya fanini o‘qitishning amaliy mohiyatiga e’tibor kuchaymoqda. Zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan o‘quv laboratloriya xonasi o‘quvchilarni qisloq xo‘jaligi va tibbiyotning barcha sohalarida erishilayotgan yutuqlar bilan tanishtirishda, ularning biologiya fani bilan bog‘liq kasb -hunarlarga nisbatan qiziqishlarini uyg‘otish, ularni har xil kasbga yo‘naltirish kabi dolzarb masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan bo‘lishi lozim.

    Zamonaviy ko‘rgazmali materiallar o‘rganilayotgan mavzuning mazmunini ochib berishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning yoshi o‘ziga xos, umumiy tayyorgarligiga, saviyasiga mos keladigan bo‘lishi lozim. Ta’lim jarayonida belgilangan ko‘rgazmali materiallardan unumli foydalanish uchun zarur bo‘lgan ta’lim usullarini to‘g‘ri tanlash muhimdir.

    Biologiya darslarida olingan nazariy bilimlarning amaliy tajriba o‘tkazishda sinalishi, nazariya bilan amaliyotning uyg‘unligi o‘quvchilarda bilim va tushunchalarning mutanosibligiga olib keladi, ularda tabiatga, tibbiyotga, barcha tirik organizmlarga bo‘lgan munosabatlarini, dunyoqarashlarini shakllantirishga yordam beradi. Tiriklik tabiatning tuzilish darajasi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish bilan birga o‘quvchilarda turli sohalarda yangiliklar yaratish hissini tarkib toptirishda biologiya fanidan o‘quv dasturidagi laboratoriya ishlarining katta amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatish mumkin.


    Ilmiy talablar
    O‘quv-laboratoriya jihozlari va ko‘rgazma vositalari:

    - fan ilmiy asoslarining yoritilishi va uning rivojlanish darajasi hamda yutuqlarini aks ettirish, ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik;

    - o‘quvchilar tomonidan biologik bilimlarni o‘zlashtirish qonuniyatlariga mos bo‘lishi;

    - biologiya fani rivojiga hissa qo‘shgan olimlar ishlarining targ‘ib etilishi;

    - nazariy bilimlar bilan birga amaliyotning (laboratoriya, amaliy va tajriba-sinov ishlarining) uyg‘unligi;

    - o‘quv-laboratoriya xonasidagi jihozlar va ko‘rgazmali vositalardan unumli foydalanishlari;

    - o‘quvchilar tajribalar bajarish jarayonida biologik qonuniyatlarning to‘g‘ri ilmiy asoslanganligiga ishonch hosil qilishlari;

    - fanning ilmiy-nazariy asoslarini yoritishi, uning rivojlanish darajasi va yutuqlarini to‘liq aks ettirishlari;

    - biologiya fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimlarning ishlarini chuqur mushohada qilishlari hamda uni targ‘ib etishlari;

    - o‘quvchilarning fan asoslarini puxta o‘zlashtirishlari uchun kuzatish, laboratoriya mashg’uloti va tajriba o‘tkazish hamda mustaqil izlanishlariga zamin yaratishlari lozim.




    Download 196 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




    Download 196 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quv-laboratoriya xonasi jihozlariga qo‘yiladigan umumiy talablar

    Download 196 Kb.