• ASOSIY QISM I. I. Akademik litseylar va tibbiyot kasb-hunar kollejlari MODDIY-TEXNIK BAZASI 1.1. O‘quv-laboratoriya jihozlaridan foydalanishning didaktik asoslari
  • Guliston davlat universiteti tabiy fanlar fakulteti «biologiya» kafedras I




    Download 196 Kb.
    bet10/27
    Sana23.07.2021
    Hajmi196 Kb.
    #15742
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
    BMI ning tuzilishi.

    BMI kirish qismi, yerda hayotning paydo bo’lishi fanini o’qitishda amaliy va o’quv-laboratoriya madshg’ulotlarini otkazish metodikasini yanada takomillashtirish ‘ yo’lga qo’yishning dolzarbligi, maqsad va vazifalar, ilmiy-metodik yangiliklar, erishilgan amaliy natijalar, amaliy ahamiyatidan, adabiyotlar tahlili, asosiy qism, nazariy qism, namuna sifatida ya’ni 7 ta o’quv- laboratoriya mashg’uloti, xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat.




    ASOSIY QISM
    I. I. Akademik litseylar va tibbiyot kasb-hunar kollejlari MODDIY-TEXNIK BAZASI
    1.1. O‘quv-laboratoriya jihozlaridan foydalanishning didaktik asoslari
    Barcha turdagi ta’lim muassasalari biologiya o‘quv-laboratoriya xonalari zamonaviy, eng so‘nggi asbob va jihozlar bilan ta’minlanmoqda. Bunda, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalangan holda, o‘quv dasturlari bilan belgilangan laboratoriya va namoyishli tajriba ishlarnini samarali o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    O‘quv-laboratoriya jihozlari quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan:



    • ta’lim samaradorligini oshirish;

    • fanni o‘qitishda ko‘rgazmalilikni ta’minlash;

    • o‘qitishda texnik vositalardan foydalanish;

    • biologiya fani bo‘yicha dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazishda zaruriy jihozlar bilan ta’minlash.

    O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari tabiiy fanlar qatorida turgan biologiya fani o‘quv-laboratoriya xonasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash orqali o‘quvchilarda DTS talablariga mos holda nazariy bilimlar berish, amaliy ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirishda o’qituvchilarga metodik yordam bo’ladi, degan ma’noda ushbu mavzudagi BMIga qo’l urildi.

    Davlat ta’lim standartlari talablarini ta’lim-tarbiya jarayoniga to‘la tatbiq etish, o‘quvchilar bilimini baholashda reyting tizimini joriy etish, o‘qitish jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish va pirovard natijada mustaqil fikrlovchi, ijodkor, barkamol shaxsni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishda muhim omildir. Qo‘yilgan ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda ta’lim muassasalarida o‘quv-laboratoriya ishlarini o‘tkazishning to‘g‘ri tashkil qilinishi juda katta rol o‘ynaydi. Shu o‘rinda o‘quv-laboratoriya jihozlarining o‘quv metodik talablarga mos kelishi muhim ahamiyat kasb etadi.

    O‘quv-laboratoriya jihozlari o‘quv mavzularini to‘liq qamrab olib, tabiat qonunlarini, tiriklikning hujayraviy tuzilishi, uning rivojlanish bosqichlarini namoyon etishga xizmat qiladi. O‘quv-laboratoriya ishlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan jihozlar fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlari darajasida bo‘lishi, tuzilishi bo‘yicha sodda va pishiq, texnik jihatdan estetik, xavfsizlik texnikasi, mehnat gigiyenasi talablariga to‘liq javob berishi o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan ishlatilishi qulay bo‘lishi kerak.


    Download 196 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




    Download 196 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti tabiy fanlar fakulteti «biologiya» kafedras I

    Download 196 Kb.