Estetik talablar
- har bir jihoz, shuningdek ularning elementlari va umumiy ko‘rinishi chiroyli estetik did bilan bezatilishi;
- ularni saqlash va joylashtirishda ma’lum tartib-qoidalarga rioya qilinishi;
- o‘quvchilarning badiiy didini tarbiyalashi va ularda estetik zavq bag‘ishlashi;
- o‘quvchida ham, o‘qituvchida ham qoniqish hissini hosil qilishi kerak.
Texnik talablar
O‘quv-laboratoriya xonasida o‘quvchilar quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilishlari shart:
-laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘qituvchi ruxsatisiz o‘quv-laboratoriya jihozlaridan foydalanish qat’iyan man etilishi;
-mashg‘ulot boshlanishidan oldin o‘quvchilar topshiriqlarni sinchiklab o‘rganishlari, u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xavfsizlik texnikasi qoidalari, o‘quv-laboratoriya jihozlari va boshqa qo‘shimcha materiallar bilan tanishishlari hamda ularni ishlatish tartiblari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari;
-o‘quv-laboratoriya xonasidagi mebel va o‘quv-laboratoriya jihozlarining xavfsiz va sifatli saqlanishlarini ta’minlashlari;
-o‘quv-laboratoriya xonasidagi elektr simlari izolyatsiya qilingan bo‘lishi hamda elektr tarmog‘idan 42 V li rozetkalardan foydalanishlari;
- o‘quv-laboratoriya xonasida noxush hodisalar yuz berganda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot qutichasi bo‘lishi shart (yod, paxta, nashatir spirti, bor vazelini, ichimlik sodasi, valerian tomchisi, leykoplastir, kuyganga qarshi ishlatiladigan mazlar);
- o‘quv-laboratoriya xonasida o‘t o‘chirish moslamasi bo‘lishi shart.
Biologiya o‘quv-laboratoriya xonasidagi o‘quv-laboratoriya jihozlarining barchasi ta’limning texnik vositalari, mehnat intizomi, sanitariya-gigiena hamda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga javob berishi lozim. Buning uchun o‘quv-laboratoriya xonasida o‘quv-laboratoriya jihozlarini ishlatish va ularni saqlash qoidalari yozilgan “yo‘riqnomalar”, “Xavfsizlik texnikasi qoidalari” bo‘lishi lozim. Xavfsizlik texnikasi va gigiena talablariga to‘liq rioya qilish- baxtsiz hodisalar va ularning salbiy oqibatlarini oldini olishning ishonchli garovidir.
O‘quv-laboratoriya xonasi quyidagi sanitariya-gigiena talablariga javob berishi maqsadga muvofiq:
- o‘quv-laboratoriya xonasidagi yoritilganlik eng kamida 300 lk.(lyuks) ni tashkil etishi;
- tabiiy yorug‘lik o‘quvchilarning chap tomonidan tushib turishi;
- pollari zich, yoriqlarsiz, issiqlikni saqlash uchun linolium yoki taxta bilan qoplanishi;
- eshik va deraza romlari devor rangiga mos bo‘lishi;
- xona harorati 18-21o C, havo namligi 40-60 % ni tashkil etishi;
- laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng xona derazalarini ochib, shamollatib turilishi;
- xonaning elektr toki bilan ta’minlanishi xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga qat’iy amal qilinishi zarur.
|