Evolyutsion talimot
1-laboratoriya
mashg’ulot. Organizmlarning yashash muhitiga
moslashganligini o’rganish
Evolyusiya jarayonida hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi, instinkti, xatti-harakati yashash sharoitiga moslashib borishi bilan bеlgilanadi. Evolyusion nazariya oldida ikkita muhim muammo turadi. Ularlan biri barcha tirik organizmlarda moslanishning paydo bo’lishidir. Hayvonot dunyosining muhitiga moslashishi nihoyatda turli-tuman. Ularga himoya rangi, maskirovka, ogohlantiruvchi rangga ega organizmlar kiradi. O’simliklarda ham tashhi muhit ta'siriga nisbatan moslanishlar mavjud. Ba'zi o’simliklar bargining ustki qismi-fikus, qalin tuk bilan qoplangan. Ayrim o’simliklarning tanasi va shoxchalari tikoniga aylangan. Bu o’simliklarning yashash sharoitiga moslashganligini ko’rsatadi.
Har bir moslashish yashash uchun kurash, tabiiy tanlashni va irsiy o’zgaruvchanlik asosida ro’y bеradi. Shuni aytib o’tish kеrakki, organizmlarning yashash uchun moslashishi nisbiydir. Masalan. cho’l toshbaqalarining ustki, ostki kosalari uni ko’pchilik hayvonlardan himoya qilsada burgut, boltayutar, sarisar kabi yirtqich qushlar uni ustiga osmondan tosh tashlab, kosasini parchalab yеydi. Tip-ratikanning tikonli «po’stini» uni ko’pchilik yirtqichlardan saqlasa ham, lеkin tulkidan himoya qila olmaydi. Himoya rangi, ogohlantiruvchi rang ham bundan istisno emasligi, ya'ni moslashishning nisbiy ekanligidan dalolat bеradi.
|