|
Elektr himoya vositalarining turlari, ularga qo’yiladigan talablar va foydalanish qoidalari elektr himoya vositalari. Umumiy talablar
|
bet | 1/4 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 20,67 Kb. | | #155525 |
Bog'liq ELEKTR HIMOYA VOSITALARINING TURLARI
ELEKTR HIMOYA VOSITALARINING TURLARI, ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR VA FOYDALANISH QOIDALARI
Elektr himoya vositalari. Umumiy talablar
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida ishlatiladigan himoya vositalarining izolyatsiyalovchi qismi, dastak tomonidan elektr izolyatsiyalovchi materialdan tayyorlangan ajratgich halqa yoki tirgovich bilan ajratiladi.
Ajratgich halqaning tashqi diametri, dastakning tashqi diametridan kamida 10 mm ga ortiq bo‗lishi kerak. Izolyatsiyalovchi qism bilan dastak chegarasini, faqat bo‗yoq bilan ajratib qo‗yish man qilinadi. Ajratgich halqa esa, izolyatsiyalovchi qismning bir bo‗lagi hisoblanadi.
1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalarida ishlatiladigan himoya vositalaridagi tirgovichning balandligi texnik shartlarda keltirilgan talablarga mos kelishi lozim. Himoya vositalarini ishlatish jarayonida ularning ajratgich halqa yoki tirgovichni tashqarisidagi izolyatsiyalovchi qismiga tegish man qilinadi.
Elektr izolyatsiyalovchi trubkadan tayyorlangan himoya vositalari konstruksiyasida, trubka ichiga chang va suv kirishiga qarshi chora ko‗rilgan bo‗lishi zarur. Ushbu talab izolyatsiyalovchi chang tortuvchi shtangalarga taalluqli emas.
Shtanga va kuchlanish ko‗rsatgichlarining konstruksiyasi va ishchi qismining o‗lchamlari, uskunalarning fazalari orasida, hamda ularni yerga ulangan qismiga nisbatan tutashuviga imkon bermasligi lozim.
Izolyatsiyalovchi himoya vositalarining laklangan yuzasida buzilgan yoki boshqa nosozliklar aniqlangan taqdirda, ularni ishlatish man qilinadi.
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida izolyatsiyalovchi shtangalarni (o‗lchov shtangalaridan tashqari) yerga ulash uchun, izolyatsiyalarni changdan tozalash uchun izolyatsiyalovchi qisqichlar, elektr o‗lchovchi va kuchlanish ko‗rsatgichlarini ishlatish jarayonida, dielektrik qo‗lqopdan foydalanish zarur. O‗lchov shtangalari bilan ishlaganda dielektrik qo‗lqopdan foydalanish zarur
emas.
Dielektrik himoya vositalari
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Elektr himoya vositalarining turlari, ularga qo’yiladigan talablar va foydalanish qoidalari elektr himoya vositalari. Umumiy talablar
|