• Dielektrik etik va kalishlar.
  • Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari
  • Dielektrik rezinali gilamlar va izolyasiyalovchi tagliklar.
  • Elektr himoya vositalarining turlari, ularga qo’yiladigan talablar va foydalanish qoidalari elektr himoya vositalari. Umumiy talablar




    Download 20,67 Kb.
    bet2/4
    Sana13.02.2024
    Hajmi20,67 Kb.
    #155525
    1   2   3   4
    Bog'liq
    ELEKTR HIMOYA VOSITALARINING TURLARI

    Rezinali dielektrik qo‘lqoplar.
    Elektr uskunalarida ishlash mobaynida texnik shartlar talabi bilan tayyorlangan maxsus dielektrik qo‗lqoplardan foydalanishga ruxsat etiladi
    Kuchlanishi 1000 V gacha bo‗lgan elektr uskunalarida dielektrik qo‗lqoplar asosiy himoya vositasi sifatida, 1000 V dan yuqori bo‗lgan elektr uskunalarida esa, qo‗shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi.
    Qo‗lqopning uzunligi 350 mm dan kam bo‗lmasligi lozim. Ish jarayonida dielektrik qo‗lqopni shimarib qo‗yish man etiladi. Qo‗lqopni yeng ustidan kiyish zarur. Foydalanilgan qo‗lqoplar (mahalliy sharoit bo‗yicha) sovunli yoki sodali suyuqlik bilan davriy tozalash (дизинфекция) dan o‗tkazib turilishi lozim. Sovuq ob-havo sharoitlarida binodan tashqarisida dielektrik qo‗lqoplar ishlatilganda, yupqa jun yoki ip-gazlama qo‗lqop ustidan kiyishga ruxsat etiladi.
    Dielektrik etik va kalishlar.
    Dielektrik etik va kalishlar yopiq joylarda, hamda yog‗ingarchilik bo‗lmaganda ochiq joyda joylashgan elektr uskunalarida qo‗shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi
    Dielektrik etik va kalishlar, ishlayotganlarni qadamlar orasidagi kuchlanishdan saqlaydi. Elektr uskunalarida, faqat «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari» talablariga asosan tayyorlangan dielektrik etik va
    kalishlarni ishlatishga ruxsat etiladi.
    Dielektrik etik va kalishlar tashqi ko‗rinishiga (rangi, maxsus belgi yoki laklanmaganligiga) qarab boshqa maqsadlar uchun mo‗ljallangan etik, hamda kalishlardan farq qilishi zarur.
    Elektr uskunalari, har xil o‗lchamli dielektrik oyoq kiyimlari bilan jihozlanishi lozim.


    Dielektrik rezinali gilamlar va izolyasiyalovchi tagliklar.
    Dielektrik rezinali gilamlar o’ta zax xonalardan tashqari, boshqa barcha yopiq joylarda joylashgan 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida qo’shimcha himoya vositasi sifatida ishlatiladi.
    Gilamlarning vazifasi va ishlatish sharoitiga qarab, «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari» talablariga asosan quyidagi 2 guruhda
    tayyorlanishi zarur:
    - 1-guruh, oddiy tayyorlangani -15°S dan +40°S gacha haroratda ishlatish uchun;
    - 2-guruh, moy va benzinga chidamli -50°S dan +80°S gacha haroratda ishlatish uchun.
    Gilamni ishlatishda, uning pasport ma‘lumotiga ahamiyat berish lozim. Ko’zga tashlanadigan, mexanik ravishda yirtilgan joylari bo‗lsa, uni, albatta chiqitga chiqarish zarur.
    Zax va tez ifloslanuvchi xonalarda izolyatsiyalovchi tagliklarni qo‗llash zarur.
    Izolyatsion taglik balandligi 70 mm dan kam bo‗lmagan izolyatorlarga o‗rnatilgan to‗shamadan tashkil topgan.
    Tagliklar uchun maxsus ishlab chiqarilgan, СН-6 turdagi izolyatorlarni ishlatish tavsiya qilinadi.
    To‗shama o‗lchami 50x50 sm bo‗lgan, qalinligi 30 mm dan kam bo‗lmagan quruq, ko‗zsiz, buralmagan yog‗och taxtachalardan yasalishi zarur. Qirqilgan taxtachalar oralig‗i 3 sm dan oshib ketmasligi lozim.
    Yaxlit to‗shamalarni ishlatish tavsiya qilinmaydi, chunki ular izolyatorlarda tasodifiy shuntlanishni yo‗qligini tekshirishni qiyinlashtiradi.
    To‗shama hamma tomonidan bo‗yalgan bo‗lishi lozim.
    Izolyatsiyalovchi tagliklar mustahkam va barqaror bo‗lishi zarur. Olib qo‗yiladigan izolyatorlar ishlatilganda, tushamani izolyator bilan ulanganda, uning sirg‗anib ketishini bartaraf etish kerak.
    Taglik ag‗darilib ketmasligi uchun to‗shama chetlari izolyatorning tayanch yuzasidan tashqariga turtib chiqmasligi zarur.

    Download 20,67 Kb.
    1   2   3   4




    Download 20,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr himoya vositalarining turlari, ularga qo’yiladigan talablar va foydalanish qoidalari elektr himoya vositalari. Umumiy talablar

    Download 20,67 Kb.