• Izolyatsiyalovchi himoya vositalari
  • Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari
  • Elektr himoya vositalarining turlari, ularga qo’yiladigan talablar va foydalanish qoidalari elektr himoya vositalari. Umumiy talablar




    Download 20,67 Kb.
    bet3/4
    Sana13.02.2024
    Hajmi20,67 Kb.
    #155525
    1   2   3   4
    Bog'liq
    ELEKTR HIMOYA VOSITALARINING TURLARI

    Dielektrik qalpoqlar.
    Elektr tokiga ulab yuborishning oldini olish uchun, qalpoqlarni bir qutbli ajratgich pichoqlariga kiygiziladi.
    Qalpoqlar elektr xavfsizligi shartlari bo’yicha, ko’chma yerga ulagichni o’rnatishning iloji bo’lmagan elektr uskunalarining ulangan joylarida qo’llaniladi.
    Qalpoqlar ajratgich pichoqlariga bemalol kiygizilishi va unda mustahkam turishi kerak.
    Qalpoqlar rezinadan yoki plastmassadan tayyorlanadi. Ularni o‗rnatish va yechib olish asosiy himoya vositalarini qo‗llagan holda, amalga oshirilishi zarur.
    Qalpoqlarda yoriqlar, darz ketgan joylar, begona jismlar mavjudligi va boshqa buzilishlarning yo‗qligini har 12 oyda bir marta tekshirilishi lozim.
    Izolyatsiyalovchi himoya vositalari
    Izolyatsiyalovchi qoplamalar.
    Izolyatsiyalovchi qoplamalarni 20 kV kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalarida, tok o‗tkazuvchi qismlarga bexosdan tegib ketishining oldini olish uchun, ish joyini to‗siqlar bilan ajratish imkoni bo‗lmagan hollarda, qo‗llashga ruxsat etiladi.
    1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalarda, izolyatsiyalovchi qoplamalar uzgichlarni yanglishib ulab yuborishga yo‗l qo‗ymaydigan vosita sifatida ham qo‗llaniladi.
    Kuchlanish ostida bo‗lgan va kuchlanishi olingan tok o‗tkazuvchi qismlar orasidagi (masalan, qo‗zg‗almas kontaktlar va ajratgich pichoqlari o‗rtasida) izolyatsiyalovchi qoplamalar mexanik mustahkam, tuzilishi va o‗lchami tok o‗tkazuvchi qismlarni to‗liq yopadigan bo‗lishi zarur. Qoplamalarni bevosita tok o‗tkazuvchi qismlar ustiga o‗rnatish mumkin.
    Kuchlanishi 20 kV gacha bo‗lgan elektr uskunalarida qattiq elektr izolyatsiyalovchi materiallar (getinaks, shishatekstolit va boshqa) dan yasalgan qoplamalar ishlatiladi.
    Kuchlanishi 1000 V gacha bo‗lgan elektr uskunalarida dielektrik rezinadan yasalgan qalinligi 5 mm dan kam bo‗lmagan elastik qoplamalarni ishlatish mumkin. Kuchlanishni olmasdan ular bilan ishlashda, tok o‗tkazuvchi qismlar yopiladi.
    Konstruksiyasida, izolyatsiyalovchi dastak yoki tutqich ko‗zda tutilmagan
    146
    tok o‗tkazuvchi qismlar ustiga, qoplamalarning asosiy himoya vositalaridan foydalangan holda o‗rnatish zarur.
    Izolyatsiyalovchi qoplamalarni ishlatishdan oldin, ularning changini artish, yuzasida yoriq va darz ketgan joylari yo‗qligini, lak qoplamasi buzilmaganligi va boshqa kamchiliklar yo‗qligini tekshirish zarur. Izolyatsiyalovchi qoplamalarni namlanish va ifloslanishidan saqlash lozim.
    Izolyatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari.
    Izolyatsiyalovchi dastakli asboblar, 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalarida, kuchlanish ostida ishlash uchun asosiy himoya vositasi sifatida qo‗llaniladi.
    Faqat «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari» talablari asosida tayyorlangan izolyatsiyalovchi dastakli asboblarni ishlatishga ruxsat etiladi.
    Izolyasiyalovchi dastaklar g‗iloflar shaklida yoki tayanch bilan mahkamlangan, nam o‗tkazmaydigan, moy va benzin ta‘siriga chidamli, mo‗rt bo‗lmagan, elektr izolyatsiyalovchi materialdan yasalgan, yechilmaydigan qoplama shaklida tayyorlanadi.
    Izolyatsiya dastakni batamom qoplashi va uning halqa-tayanch o‗rtasigacha bo‗lgan uzunligi 100 mm dan kam bo‗lmasligi kerak. Buragich (отвертка) o‗zagining izolyatsiyasi, uning uchiga 10 mm qolgunga qadar davom etishi lozim.
    Izolyatsiyalovchi dastaklar yuzasi va qalinligi nuqsonsiz bo‗lishi, hamda g‗ovaklar, singan va shishgan joylari bo‗lmasligi shart.

    Download 20,67 Kb.
    1   2   3   4




    Download 20,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr himoya vositalarining turlari, ularga qo’yiladigan talablar va foydalanish qoidalari elektr himoya vositalari. Umumiy talablar

    Download 20,67 Kb.