Tur-evolyutsiyaning asosiy bosqichi
4.9-mashg’ulot. Turning morfologik mеzonlari
Tur deganda morfologik, fiziologik, biokimyoviy xossalari bilan o’xshash, oson chatishib nasl beruvchi, yashash sharoitiga moslashgan hamda tabiatda ma’lum areallarga ega organizmlar yig’indisi tushuniladi.
Turlarning paydo bo’lishini tushuntirishda ikkita qiyinchilik uchraydi: ulardan biri tur paydo bo’lishining uzoq muddatli ekanligini va tajribada o’rganishning qiyinchilikgi bo’lsa, ikkinchisi esa tur paydo bo’lishining har xil organizmlarda turlicha bo’lishi bilan bog’liq. Bir turga mansub organizmlarning yashash sharoitining o’zgarishi bilan tabiiy tanlanish tufayli individual farqlar tobora ortib borib, tur doirasida belgilarning ajralishi divergensiyaga sabab bo’ladi. Natijada bir tur doirasida bir-biridan belgi va xossalari jihatidan farq qiluvchi bir necha guruhlar hosil bo’ladi. Albatta, yashash uchun kurash ko’pgina hollarda oraliq formalarni asta-sekin kamayib, qirqilib ketishiga, o’zgargan muhitga moslashganlarining yashab qolishiga sabab bo’ladi.
Bu tur doirasidagi organizmlarning har xil sharoitga moslashishi divergensiya asosini tashkil etadi. Turga xos xossalar yig’indisi tur mezonlari deb ataladi. Tur mezonlariga: morfologik, fiziologik, geografik, ekologik, genetic mezonlar kiradi.
Turning morfologik mezoni bir turga kiruvchi individlarning tashqi, ichki tomondan o’xshashligini ifodalaydi. Qora qarg’a bilan olaqarg’a har xil turlarga mansub, ularni tashqi tomondan farqlash mumkin. Tashqi tomondan bir-biriga juda, o’xshash, lekin o’zaro chatishmaydigan turlar qiyofadosh turlar deyiladi.
|