|
Guruh: Bajardi : Tekshirdi
| bet | 6/6 | Sana | 19.09.2024 | Hajmi | 16,98 Kb. | | #271672 |
Bog'liq Mavzu O\'zbekiston Respublikasi prezidenti sh. Mirziyoyevning ol-muhaz.orgIqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur. -
Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur.
-
Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oʻstirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar oʻtkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda.
-
Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish zarur.
-
Ikkinchidan, iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti boʻlgan faol investitsiya siyosatini izchil davom ettiramiz.
-
2019 yilda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion soʻmlik yoki 2018 yilga nisbatan 16 foiz koʻp investitsiyalarni oʻzlashtirish moʻljallanmoqda.
-
Bu borada toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar miqdori joriy yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshirilib, 4,2 milliard dollarga yetkaziladi. Natijada 142 ta zamonaviy korxona ishga tushiriladi.
-
Bugungi kunda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijasi jahondagi yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan eʼtirof etilayotganini alohida taʼkidlash lozim.
-
Masalan, dunyodagi nufuzli “Fitch Ratings” va “Standart & Pooʻrs” reyting agentliklari birinchi marta mamlakatimizning xalqaro suveren kredit reytingini belgiladi.
-
Ana shu reyting baholari “Barqaror” prognoziga ega boʻlib, bu yaqin 12-18 oy davomida ushbu koʻrsatkichning pasayish ehtimoli kamligini bildiradi.
-
Oʻzbekiston erishayotgan bunday reyting baholari koʻpgina rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan yuqori ekanini qayd etish lozim.
-
Ushbu reyting agentliklari Oʻzbekistonda valyuta, savdo va narx siyosati erkinlashgani, davlat boshqaruvidagi institutsional oʻzgarishlar, mamlakat oltin-valyuta va byudjet zaxirasi yetarli ekani, davlat qarzining kamligi singari omillarga alohida eʼtibor qaratmoqda.
-
Kelgusi yilning birinchi choragida yurtimiz tarixida ilk marta Oʻzbekistonning suveren davlat obligatsiyalarini xalqaro moliya bozorlariga chiqaramiz.
-
www.ziyonet.
-
www.fayllar.org
-
www.myslede
-
www.arxiv.uz
http://muhaz.org
|
| |